Mavzu: Nomoddiy aktivlarni qabul qilish, yaratish, ulardan foydalanish va hisobdan chiqarish auditi Reja


Nomoddiy aktivlar harakatining analitik hisobini tekshirish


Download 72.51 Kb.
bet11/16
Sana18.06.2023
Hajmi72.51 Kb.
#1562820
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Номоддий ативлар аудити

3. Nomoddiy aktivlar harakatining analitik hisobini tekshirish.

Nomoddiy aktivlar tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi.


Agar nomoddiy aktivlar pul o’tkazish yo’li bilan sotib olinsa yoki korxonaning o’zida yaratilsa, «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma» №21-Buxgalteriya hisobining milliy standartiga muvofiq 0830-«Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo’llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo’shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur ob’ektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
№21 - BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog’liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qat’iy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h. k). 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko’rilsa - 9220 - schyot kreditidan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyotining debetiga, agar foyda olinsa - 9220 - schyot debeti va 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyotining kreditida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirishning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tekshiradigan jadval-test quyidagi jadval ko’rinishida bo’lishi mumkin.
4-jadval
Nomoddiy aktivlarni kirim qilishga doir muomalalar to’g’riligini tekshirish

Muomalalar mazmuni

№21-BHMS bo’yicha

Korxonada tuzilgani




Schyotlar bog’lanishi

yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar

Schyotlar bog’lanishi

Yozuvlarni tasdiqlovchi hujjatlar




Dt

Kt




Dt

Kt




1. Nomoddiy aktivlar dastlabki qiymati bo’yicha (haqiqiy tannarxi bo’yicha) sotib olinganida

0410-0490

0830

Oldi-sotdi shartnomasi qabul qilish-berish dalolatnomasi

04

76

Nakladnoy, ish vaqtini hisobga olish tabeli

2. Korxonaning o’zida yaratilgan nomoddiy aktivlarni haqiqiy tannarxi bo’yicha kirimga olish

0410-0490

0830

Ilmiy-tadqiqot ishlanmalar dasturlari, loyiha-smeta hujjat. NA qa-bul qilish-top-shirish dalolat.

04

23

Ishbay ish uchun naryad, tabel, dalolat-
noma

3. Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki obuna bo’lingan aktsiya qiymatini to’lash hisobiga olingan nomoddiy aktivlar-ni kirim kilish

0410-0490

4610

Ta’sis shartnomasi, qabul qilish topshirish dalolatnomasi

04

85/3

Dalolatnoma, bux. ma’lu-motnomasi

4. Ekspert bahosi bo’yicha tekinga yoki hukumat organining subsidiyasi sifatida olinganda

0410-0490

8530

Tekinga berish to’g’risida shart-noma, Q. Q-T dalo-latnomasi, NA qayta baholash dalolatnomasi

04

85/3

Shartnoma, bux. ma’lu-motnomasi

Tekshiruv jarayonida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq muomalalar buxgalteriya hisobiga doir me’yoriy hujjatlar va soliqqa tortishga doir qonunchilik talablariga muvofiq hisobga olinganligi aniqlanadi.


Nomoddiy aktivlar kirimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubi ularning olinish manbalariga bog‘liq.
Agar nomoddiy aktivlar pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olinsa yoki subyektning o‘zida yaratilsa, 21-son BHMS6 ga muvofiq, 0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» schyoti qo‘llaniladi. Nomoddiy aktivlar inventar qiymatiga qo‘shiladigan xarajatlar tarkibi, ularning mazkur obyektni yaratishga aloqadorligi tekshiriladi.
Nomoddiy aktivlarning hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq muomalalarni hisobda aks ettirish uslubini tekshirish yoppasiga amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
21-sonli BHMS talablariga muvofiq nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bilan bog‘liq barcha muomalalar hisobdan chiqarilish sabablaridan qatiy nazar (sotilishi, tekinga berilishi, yaroqsizligi va h.k) 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotida aks ettiriladi. Aniqlangan moliyaviy natija, agar zarar ko‘rilsa:
- Debet 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar»,
- Kredit 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi».
Agar foyda olinsa:
- Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi»,
- Kredit 9320 - «Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» buxgalteriya o‘tkazmalari bilan aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar kirimi va chiqimini soliqqa tortishning to‘g‘riligini tekshirish. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va boshqa tegishli me’yoriy hujjatlarga muvofiq nomoddiy aktivlarning ayrim turlari qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) dan ozod etilgan. Auditor bunga alohida e’tibor berishi zarur.
Sotib olingan nomoddiy aktivlar bo‘yicha QQS summasi quyidagi hollarda budjetga o‘tkaziladi.
- sotib olingan nomoddiy aktivlar qiymati mol yetkazib beruvchilarga to‘langanida;
- nomoddiy aktivlar hisobga qabul qilinganida;
- nomoddiy aktivlar ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatilganida.
Agar dastlabki hujjatlarda QQS summasi ajratib ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u holda hisob-kitob hujjatlarida QQS ajratib ko‘rsatilmaydi.
Nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilganda dastlabki qiymatiga 0410-0490 schyotlar kredit va 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqimi» schyoti debetlanadi. Hisoblangan eskirish summasiga esa 0510-0590 schyotlar debet va 9220 schyot kreditlanadi. Hisobdan chiqarish natijasi (foyda yoki zarar 9220 schyotdan 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija (daromadlar va xarajatlarni jamlash)» schyotiga o‘tkaziladi. Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi, foyda, budjet bilan hisob-kitob ko‘rsatkichlari, shuningdek xususiylashtirilayotgan davlat subyektlari mulklarini baholashning asoslanganligi ko‘p jihatdan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va baholanishi, ular eskirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga bog‘liq.
Shunga ko‘ra, nomoddiy aktivlarni hisobda ro‘yxatga olishning texnik jihatlarini tekshirish juda muhim hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar o‘z nomiga ko‘ra moddiy negizga ega bo‘lmaganligi uchun subyektda u yoki bu obyektning haqiqiy kirimi va ishlatilishi ustidan buxgalteriya nazoratini tashkil etish muammosi tez-tez vujudga keladi.
Nomoddiy aktivlarning chiqimiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish bo’yicha schyotlar bog’lanishining to’g’riligi quyidagi ko’rinishdagi jadval - test yordamida tekshiriladi.

Download 72.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling