Mavzu: Nomoddiy aktivlarni qabul qilish, yaratish, ulardan foydalanish va hisobdan chiqarish auditi Reja
-jadval Nomoddiy aktivlarni baholash
Download 72.51 Kb.
|
Номоддий ативлар аудити
3-jadval
Nomoddiy aktivlarni baholash usullari
Nomoddiyaktivlarnibaholashularningtegishlishartnomaqiymativarejalashtirilganmaqsadlardafoydalanishuchunyaroqliholgakeltirishxarajatlariniqo’shishtartibidankelibchiqibaniqlanadi. «Nomoddiy aktivlar» nomli №7 BHMS 11 bandiga muvofiq nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati - bu aktivni sotib olishda haqiqatda to’langan pul mablag’lari yoki uning ekvivalentlari yoki ishlab chiqarishda qilingan haqiqiy xarajatlar qiymati. Haqiqiy xarajatlar tarkibiga jumladan, nomoddiy aktiv ob’ektining o’zini sotib olish xarajatlari, sotib olishda berilgan tijorat krediti bo’yicha to’lanadigan foizlar, tashqi iqtisodiy va boshqa tashkilotlarga to’lanadigan komission to’lovlar (xizmatlar qiymati), nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar kiradi. Nomoddiy aktivlarning korxonada haqiqatan mavjudligi va ular ustidan ichki nazoratni amalga oshirish uchun nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilish lozim. Bunda auditor №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» nomli BHMS (O’zR. Adliya Vazirligida 2 noyabr 1999 y ro’yxatga olingan №833) va «Inventarizatsiya natijasida aniqlangan mulklar kamomadi va oshiqcha chiqishini buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliqqa tortish to’g’risidagi NIZOM» O’zR Adliya Vazirligida – 2001 yil ro’yxatga olingan №1054) talablariga rioya qilinganligini sinchiklab tekshirishi zarur. Xususan, auditor inventarizatsiyada aniqlangan nomoddiy aktivlar kamomadi buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishini va soliqqa tortilishini aniqlaydi. Masalan: aniqlangan kamomadlarning balans summasi hisobdan o’chirilganda; a) Debet 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti Kredit 0400-«Nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan schetlar» (0410-0490) b) Kam chiqqan nomoddiy aktivlar ob’ekti bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi hisobdan o’chirilganda; Debet 0500-«Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oladigan schetlar» (0510-0590) Kredit 9220- «Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti v) kam chiqqan nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatiga Debet 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti Kredit 9220-«Boshqa aktivlarning chiqimi» scheti. Agar baholash natijasida nomoddiy aktivning bozor qiymati (undiriladigan summa) qoldiq qiymatidan yuqori bo’lsa, olingan daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4730 – «Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzlari» scheti aybdor shaxslar yoki moddiy javobgar shaxslardan undirilishi lozim bo’lgan bozor kiymatiga Kredit 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» scheti – nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymatiga Kredit 9310-«Boshqa aktivlarning chiqimidan olingan foyda» schyoti – aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan bozor qiymati va qoldiq qiymati o’rtasidagi farq summaga (olingan daromad). Bunda auditor aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim bo’lgan summalarni aniqlashning asosliligini tekshirishi lozim. Chunki, olingan daromad summasi yuqorida nomi qayd qilingan NIZOMga muvofiq umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Inventarizatsiya vedomostining ma’lumotlariga asosan inventarizatsiya ro’yxatlarini rasmiylashtirishning to’g’riligi, korxonaning ko’rsatilgan nomoddiy aktivlardan foydalanish uchun huquqini tasdiqlaydigan dastlabki hujjatlar mavjudligi, sintetik va analitik hisob registrlarida hamda Bosh daftarda nomoddiy aktivlarni aks ettirishning to’g’riligi va o’zaro mosligi tekshiriladi. Ko’rib chiqish usulini qo’llash yo’li bilan auditor quyidagilar tengligini tekshiradi: nomoddiy aktivlarga doir hisobot shakllarining ko’rsatkichlari; hisobot ma’lumotlari va bosh daftar; hisob registrlarining ko’rsatkichlari. Bunday tekshiruvni amalga oshirish uchun «Buxgalteriya balansi» (1-shakl), nomoddiy aktivlar schyotlari (0410-0490) va nomoddiy aktivlar eskirishi schyotlari (0510-0590) bo’yicha sintetik hisob registrlari, nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan kartochkalar (NMA-1 shakl) dan foydalaniladi. Yuqorida bayon qilinganlar asosida nomoddiy aktivlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning umumiy chizmasini quyidagicha aks ettirish mumkin.
Download 72.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling