Mavzu: Nomoddiy aktivlarni qabul qilish, yaratish, ulardan foydalanish va hisobdan chiqarish auditi Reja


Auditning xalqaro standartlariga asosan nomoddiy aktivlar auditi natijalarini umumlashtirish va baholash


Download 72.51 Kb.
bet15/16
Sana18.06.2023
Hajmi72.51 Kb.
#1562820
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Номоддий ативлар аудити

4. Auditning xalqaro standartlariga asosan nomoddiy aktivlar auditi natijalarini umumlashtirish va baholash.
Nomoddiy aktivlarni hisobga olishga doir muomalalarni tekshirish natijalari auditorlik hisobotida umumlashtiriladi. Har bir yo’l qo’yilgan xato-kamchilik bo’yicha: qaysi me’yoriy hujjatning qaysi talabi buzilganligi; etkazilgan zarar summasi; aniqlangan xatoning korxona faoliyati va buxgalterlik hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligiga ta’sir ko’rsatish darajasi, jiddiyligi va hokazolar aniqlanadi.
AXSasosantekshiruv natijalarini umumlashtirish quyidagi ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin:
7-jadval
Nomoddiy aktivlarni tekshirish natijalarini
umumlashtirish tartibi.



Xato-ning tavsifi

Talablari buzilgan me’yoriy hujjat nomi, bandi

Xatoni baholash

Korxona faoliyati natijalari va hisobot ishonchligiga ta’siri

summa

Balans moddasiga n-n %




Buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining buzib ko’rsatilishi va balansning «Nomoddiy aktivlar» moddasi ishonchliligini tasdiqlash imkoni yo’qligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi:


0400 - «Nomoddiy aktivlarni hisobga oladigan schyotlar» (0410-0490) da asossiz ravishda nomoddiy aktivlar qatoriga olib borilganligi, ob’ektlar tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; nomoddiy aktivlarning inventar (balans) qiymatiga ularni sotib olish yoki yaratish bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarning qo’shilganligi; analitik hisob yuritilmasligi.
MHXSbo‘yichaquyidagi faktlar korxonada ichki nazoratning past darajada ekanligidan dalolat beradi: yillik buxgalteriya hisobotini tuzishdan oldin nomoddiy aktivlar inventarizatsiya qilinmasligi, hisob siyosatida belgilangan inventarizatsiya o’tkazish muddatlariga rioya qilinmasligi; inventarizatsiya natijalari tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmaganligi; inventarizatsiya natijalari yillik buxgalteriya hisobotida o’z vaqtida aks ettirilmasligi; nomoddiy aktivlarning foydali xizmat qilish muddatlarini noto’g’ri (noqonuniy) belgilash oqibatida korxona xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari buzib ko’rsatishi; amortizatsiya hisoblanmaydigan toifaga kiruvchi nomoddiy aktivlarga ham amortizatsiya hisoblanishi; noishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan nomoddiy aktivlar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga olib borish; nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarishga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyotining buzilishi.
Nomoddiy aktivlar harakatiga doir muomalalarni hisobda aks ettirish uslubiyotiga rioya qilmaslik soliq bilan bog’liq noxush holatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan: to’lanmagan va hisobga olinmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini byudjetga taqdim qilish; nomoddiy aktivlarni sotish va shartnomaga asosan tekinga berish chog’ida QQS hisoblamaslik va noto’g’ri aniqlash; nomoddiy aktivlar hisobdan chiqarilishi natijasida ko’rilgan zararlar summasiga soliqqa tortiladigan foydaning kamaytirilishi; nomoddiy aktivlar jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganida daromad solig’i ushlamaslik.
Ishlabchiqarishusulidayillikamortizatsiyaajratmalarisummasihisobotdavridagimahsulot (ish, xizmat) larhajminingnaturalko‘rsatkichidanhamdaamortizatsiyalanadiganqiymatninomoddiyaktivningbutunfoydalixizmatmuddatidanazardatutilayotganmahsulot (ish, xizmat) larhajmiganisbatidankelibchiqqanholdaaniqlanadi.
Nomoddiyaktivlardanintensivfoydalanilganda, shuningdek, ilmiy-texnikaviyjarayonningkattata’siridanomoddiyaktivlaramortizatsiyasiquyidagiusullardahisoblanadiganjadallashtirilganamortizatsiyayo‘libilanifodalanadi:
a) ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
b) yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Auditor quyidagilarni bilishi kerak:
1. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuliga ko‘ra amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yili boshidagi nomoddiy aktivning qoldiq qiymatidan va mazkur nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
2. Yillar summasi usuliga (kumulyativ usul) ga ko‘ra har yili amortizatsiya me’yori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Auditormoddiy shaklning yo'qligiga qaramasdan, nomoddiyaktivlarsaqlanishini nazorat qilish uchun nomoddiy aktivlarni inventarizatsiya qilishzarur.
Inventarizatsiya quyidagi maqsadlarga ega:
- nomoddiy aktivlarning haqiqiy mavjudligini buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan solishtirish, buxgalteriya hisobidagi ortiqcha va kamchiliklarni aniqlash;
- nomoddiy aktivlarning buxgalteriya qiymatini tekshirish va zarur hollarda uningqayta baholash
- mezonlarga javob bermaydigan nomoddiy aktivlarni aniqlash va hisobdan chiqarishbuxgalteriya hisobinazoratqilinadi
Inventarizatsiya natijalariga ko'ra nomoddiy aktivlar hisobiga tuzatish kiritiladi. Soliq hisobida inventarizatsiya paytida aniqlangan nomuvofiqliklar amortizatsiya ajratmalarini tuzatish orqali bartaraf etiladi. Nomoddiy aktivlar hisobini takomillashtirish uchun birinchi navbatda korxona va uning aktivlari tarkibini, aktivlardagi nomoddiy aktivlarning ulushini, uning o'sish dinamikasini, nomoddiy aktivlar turlarini, buxgalteriya hisobi ob'ektlari ro'yxatini, samaradorlik ko'rsatkichlarini o'rganish kerak. nomoddiy aktivlardan foydalanish, hujjatlarning holati, amortizatsiyani hisoblash normalari va qoidalariga rioya qilish. Tahlil natijalariga ko'ra, har bir nomoddiy aktivlar guruhi uchun tashkilotning hisob siyosatiga tuzatishlar kiritiladi:
- boshlang'ich tannarxni aniqlash va qayta baholash metodologiyasiga ko'ra; - ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar xarajatlarini aniqlash;
- amortizatsiya usullari va foydali xizmat muddatini belgilash bo'yicha.
Nomoddiy aktivlarning har bir turi uchun uning qiymatini baholash va amortizatsiyani hisoblashning optimal usulini aniqlash kerak. Masalan, litsenziyalar, veb-saytlar, ma'lumotlar bazalari uchun xarajatlarni baholashning xarajat usuli tavsiya etiladi, tovar belgilari va patentlar uchun esa taxmin qilingan moliyaviy foyda bo'yicha. Savdo belgilari, ma'lumotlar bazalari va patentlar uchun ishlab chiqarish amortizatsiya usuli, litsenziyalar uchun tezlashtirilgan amortizatsiya usuli va veb-saytlar uchun to'g'ri chiziqli usul tavsiya etiladi. Amortizatsiya usulini qo'llash bo'yicha tavsiyalar uni qo'llash iqtisodiyotining asosiy omiliga muvofiq ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish amortizatsiya usuli uchun bunday omil nomoddiy aktivlardan foydalanish chastotasi, to'g'ri chiziqli usul uchun - foydali xizmat muddati, tezlashtirilgan amortizatsiya usuli uchun - nomoddiy aktivning qoldiq qiymati hisoblanadi.
XULOSA
Bugungi kunda hech bir milliy moliya bozori xalqaro moliya bozoridan ajralgan holda rivojlana olmasligi aniq holatdir. Shuning uchun yagona xalqaro standartlarni ishlab chiqish jarayonini to’xtatib bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi ham ushbu rivojlaninish jarayonidan tashqarida qolishi mumkin emas deb hisoblaymiz. Mamlakatimiz auditorlik sohasidagi amalga oshirilayotgan ishlar o’z ijobiy ta’sirini iqtisodiyotimiz rivojiga ta’sir o’tkazmay qo’ymaydi. Xalqaro auditorlik standartlarini, birinchi navbatda xalqaro kapital bozoriga chiqishning samarali instrumenti va moliyaviy axborotning yangi talab qilinayotgan kompleks yondashuvi sifatida qarash zarur.
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari o’zgargan hollarda o’zgarish sabablari o’rganilib, ularning №1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» va №7 - «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMS talablariga muvofiqligi o’rganiladi.
Nomoddiy aktivlardan qancha muddatda foydalanish va ularga eskirish hisoblash zarurati haqidagi masalaga ko’pchilik davlatlarning ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshishi bu sohadagi mavjud xalqaro standartlarga muvofiq keladi. Chunki, hisobning xalqaro standartalari komiteti yoxud ishbilarmonlik aloqalari qiymati kapitallashtirishni, yoxud birdaniga korxonaning xususiy kapitali hisobiga hisobdan chiqarishga ruxsat beradi.
Lekin, bu standartlarga muvofiq nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashning qandaydir maksimal muddati tavsiya qilinmaganligiga qaramasdan, ayrim davlatlarda ma’lum cheklashlar kiritilgan. Masalan, firma amaliy shuhrati- ”Goodwill”ning qiymati Kanada va AQSh da 40 yil, Avstraliyada 20 yil, Niderlandiya va Shvetsiyada 10 yil, Yaponiyada 5 yilda hisobdan o’chiriladi.
Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashga qarshilar: birinchidan, nomoddiy aktivlarni umuman korxona mablag’i deb hisoblamaydigan iqtisodchilar, ikkinchidan, tegishli sarflar hisobidan qo’llab-quvvatlab turilishi sababli, firmaning amaliy shuhrati, savdo belgilari, tovar markalari va boshqa nomoddiy aktivlar qiymati pasaymaydi degan fikr tarafdorlari; nihoyat firma amaliy shuhrati, savdo belgilari, tovar markalari va boshqalarga amortizatsiya hisoblash hollarida, bir tomondan, kamayayotgan qiymatni almashtirish va saqlab turish sarflari amalga oshirilayotganligi sababli takroran hisoblash sodir bo’ladi deb hisoblovchi iqtisodchilar.
Hozirgi paytda buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari komiteti (BHXS) moliyaviy hisobotlarning taqqoslanuvchanligini yaxshilash maqsadida nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblanmasdan, darrov hisobdan o’chirish metodlarini qo’llashni ta’qiqlash va agar faqat bundan uzoqroq muddat belgilash asoslanmagan bo’lmasa (ammo bu holda ham u 20 yildan oshmasligi) masalasini o’rganmoqda.
Ta’kidlab o’tganimizdek, bizning respublikamizda foydali xizmat muddatini aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlarga eskirish 5 yil muddatdan kelib chiqib hisoblanadi (ammo korxonaning faoliyat muddatidan oshmasligi kerak). Nomoddiy aktivlar auditi biz uchun yangi hisob va audit ob’ektlari hisoblanadi. Shuning uchun nomoddiy aktivlarni hisobga kirim qilish usullari, haqqoniy baholash metodlari, ular qiymatini qoplash va sh. o’. , shuningdek joriy hisobda harakatini aks ettirish masalalari jiddiy ilmiy-tadqiqotlarni talab etadi.
Shunday qilib, bozor iqtisodiyotiinnovatsion rivojlanishida nomoddiy aktivlar auditinitakomillashtirishning roli ortib boradi. Buxgalteriya hisobining zamonaviy avtomatlashtirilgan shakllari ushbu muammoni hal qilishga yordam beradi. Nomoddiy aktivlarning ishonchli hisobi korxona faoliyati natijalarini tahlil qilish sifatini oshirish va tavakkalchiliklarni minimallashtirish va nomoddiy aktivlardan optimal foydalanish bilan samarali innovatsion faoliyatni amalga oshirish chora tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi vazamonaviy iqtisodiy rivojlanishning asosibo‘libxizmatqiladi.


Download 72.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling