Мавзу: Noorganik kimyoning rivojlanish tarixi


Download 1.63 Mb.
bet2/3
Sana21.09.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1684029
1   2   3
Bog'liq
Noorganik kimyoning rivojlanish tarixi

4-Ilova
5-Ilova
6-Ilova
XX asr kimyosining to`rtinchi yana bir muxim belgisi shundaki anorganik sintez juda yuqori xaroratlarda amalga oshirilmoqda. Davriylik qonuniyati, koordinatsion birikmalar nazariyasi, atom-molekulyar ta`limotning aniq shakllanishi anorganik kimyo rivojiga juda katta xissa qo`shdi. Anorganik va organik kimyo ancha qo`shilib ketdi, endi kun tartibida elementorganik birikmalar va koordinatsion birikmalar kimyolari bo`linishi dolzarb yo`nalish bo`ldi. Bir necha o`n ming yangi moddalar yaratildiki, ularni aniq qilib anorganik yoki organik birikma deb aytib bo`lmaydi (sendvichlar, klatratlar, kompleks birikmalar va xokazo)
7-Ilova
XX asr kimyosining eng muxim beshinchi belgisi uning boshqa tabiiy fanlar bilan xamkorligidir bir qator dolzarb va yangi kashfiyotlar bir necha fan chegarasida olinmoqda va ularning to`g`riligi o`z isbotini topayapti. Buning moxiyatini tushunish uchun fizikaviy kimyo fani va vazifalarini to`g`ri tasavvur etishimiz lozim. Fizik kimyo fanlarning birinchi yirik gibridlanish jarayonini akс etuvchi aniq fan xisoblanadi. Bizning davrimizda fizik kimyodan boshqacharoq kimyoviy fizika yo`nalishi xam e`tirof etiladi. Bu aloxida fan yutuqlari 1930 yili nemis olimi Э. Arnol'd (1884-1950 yy.) tomonidan e`tirof etildi. Xozirgi davrda fizik kimyo va kimyoviy fizika o`zaro ancha qo`shilib ketdi. XX asrning ilmiy taraqqiyotida, shuningdek kimyoda xam aloxida fanlarning integrallanishi kuchaydi. (biokimyo, geokimyo, ularning yangi gibridi biogeokimyo, kosmik kimyo va xokazo).
8-Ilova
9-Ilova
Kimyoviy toza moddalarning sun`iy olinish usullari,
XX asr boshida (1900 yil) M. Plank kvant nazariyasiga asos soldi, energiya kvantlari xaqida tushuncha kiritdi. Ipat'ev V.N. (1867-1952 yy.) geterogen katalizi jarayonida yuqori bosimni (400-500 va undan katta atmosfera bosimi) qo`lladi, 1901 yilda V.F. Ostval'd (1853-1932 yy.) Gamburgda kataliz xaqida ma`ruza bilan chiqib, katalizatorning vazifasini aniq izoxlab berdi. 1902 yilga kelib ingliz fizigi Э. Rezerford (1871-1937 yy.) va ingliz radiokimyogari F. Soddi (1877-1956 yy.) radioaktiv parchalanish nazariyasining asosiy moxiyatini ochib berdilar. Yangi radioaktivlik ta`limining mevasi radioaktiv element Radiy-224 (Toriy-X) ni kashf etdilar, radon-220 va radon-222 radioaktiv gazlarning kimyoviy inertligini isbotladilar. 1902 yili nemis olimi Ostval'd ammiakning katalitik oksidlab nitrat kislota olish usulini yaratdi va kimyoviy termodinamika, kinetika, kataliz tushunchalarini uzviy bog`liq ekanligini isbotladi. SHu yili frantsuz P. Sabat'e (1854-1941 yy.) katalizni is gazi va vodorod aralashmasi (sintez gaz)dan metan sintezini amalga oshirdi va J.B. Sandersen (1856-1937 yy.) bilan xamkorlikda nodir metallar o`rniga Ni, Co, Cu, Fe kabi metallarni katalizator sifatida qo`llashni yo`lga qo`ydilar.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling