Мавзу: Noorganik kimyoning rivojlanish tarixi
Download 1.63 Mb.
|
Noorganik kimyoning rivojlanish tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-Ilova 12-Ilova
- 13-Ilova E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
10-Ilova
Kimyoviy toza moddalarning sun`iy olinish usullari, Sovet kimyogar-texnologi akad. P.P. Fedot'ev (1864-1934 yy.) mineral moddalar olish texnologiyasi, texnik elektrokimyo va elektrometallugiya soxalarida faol ish olib bordi, Sol've usulida ammiak-soda jarayonining fizik-kimyoviy nazariyasiga asos soldi. 1911 yilda kriolit suyuqlanmasidan elektrolitik usulda alyuminiy ishlab chiqarishning fizikaviy kimyosini asosladi. Xlor ishlab chiqarish bilan shug`ullandi. 1924 yilda kumush buyumlarning elektrolitik rafinatsiyasini asosladi. 1934 yili ital'yan fizigi Э. Fermi betta-parchalanish nazariyasini yaratdi. SHu yili frantsuз fizigi Iren Jolio-Kyuri (1897-1956 yy., radiokimyogar va jamoat arbobi, P. Kyuri va M. Sklodovskaya-Kyuri qizi) eri Frederik Jolio-Kyuri (1900-1958 yy.) bilan xamkorlikda sun`iy radioaktivlik xodisasini kashf etdilar. Эr-xotin xamkorlikda atom yadrosi fizikasini o`rganishgan, poloniy, samariy va boshqa shu kabi elementlarning radioaktivligini o`rganishgan. Ularning aniqlashicha, alyuminiy -zarrachalar bilan bombardimon qilinganda, ya`ni nurlantirilganda radioaktiv fosfor xosil bo`ladi. Olimlar bu jarayonni amalda bajarib isbotladilar: 2713Al + 42He ( al'fa-zarracha) = 3115R 11-Ilova 12-Ilova Koordinatsion birikmalarning tuzilish nazariyasi Koordinatsion birikmalar kimyosi juda tez rivojlanayotgan fan soxalaridan biridir. Bu fan anorganik kimyo faning rivojlanishi natijasida vujudga keldi, u zamonaviy organik, taxliliy, biologik va fizik kimyo fanlari bilan uzviy bog`langan. Bu fanning yutuqlari kimyo texnologiyasida, biologiyada, tibbiyotda va sanoatning xilma-xil tarmoqlarida keng qo`lla-nilmokda. Kompleks birikmalar va koordinatsion birikmalar ko`p xollarda sinonim kabi ishlatiladi, ammo umumiy xolda kompleks birikmalar tushunchasi koordinatsion birikmalar tushunchasidan kengroq ma`noni anglatadi. 1893 yili anorganik kimyo jurnalining 3 sonida shvetsariyalik olim A. Verner(1866-1919 yy.) "Anorganik moddalarning tuzilishi xaqida" nomli maqolasini e`lon kildi. Bu maqolada u kompleks birikmalar xaqida original g`oyalar va butunlay yangi tushunchalarni e`lon qildi. 12-Ilova Koordinatsion birikmalarning tuzilish nazariyasi Bu davrga kelib koordinatsion birikmalar nazariyasi yaratilishining asosiy manbai va turtki bo`lgan fan yutuqlari quyidagilar xisoblanadi: 1. Organik kimyodagi stereokimyoviy tushunchalarning aniq-lanishi, 2. S. Arreniusning elektrolitik dissotsilanish nazariyasi kimyoda tasdiqlandi, 3. Moyillik va uning o`lchami xaqidagi ta`limot rivojlandi, 4. Co, Pt, Cr, Ir, Ni, Cu, Fe va boshqa metallarning kompleks birikmalari kimyosi xaqida juda katta ma`lumotlar ularning tarkibi va tuzilishi orasidagi bog`liqlik xaqida tushuncha berdи. A. Vernerning fikricha, kompleks birikmalar ikki sferadan tarkib topgan: birinchi (ichki), ikkinchi (tashqi). 13-Ilova E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling