Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana24.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1395506
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Mavzu. Nuklein kislotaning genetik roli

Misli qon 
Tinch okeandagi Peru mamlakatiga yaqin sovuq suv oqimlarida boshoyoqli 
kalьmar (Dosidicus gigas) degan molyuskalar yashaydi. Uning sigaraga o’xshash 
tanasi va paypaslagichlari (щupalьtsa) bilan uzunligi 3,5 m,massasi esa 150 kg dan 
ortiq bo’ladi. Uning baquvvat mushaklari suvni shunday kuch bilan otadiki, xuddi 
o’t o’chiruvchilarning suvni otish quvvatiga teng bo’ladi. SHuning hisobiga kalьmar 
suzish tezligi soatiga 40 km dan ortiq. Bu bahaybat hayvonning tumshug’i 
shunchalar o’tkir mustahkamki hatto po’lat kabelni ham kesib, bo’lakchalarga 
ajratib tashlaydi. Dengizchilarning guvohligiga qaraganda bu o’ta vaxshiy hayvon 
bo’lib, juda katta baliqlarni ham bir zumda tumshug’i bilan parchalab, odam uchun 
ham o’ta xavfli hisoblanadi. 
Kalьmar energiya bilan zaryadlanishi uchun soatiga ko’p miqdorda masalan, 
50 l kislorodni yutishi kerak.Dengiz suvidan qabul qilingan kislorod kalьmaraning 
butun tanasini o’zida mis atomini tutgan maxsus oqsil-gemokianin (gemo yunoncha 
qon, kianos esa zangori, moviy) orqali ta’minlanadi. 
Yuqorida takidlanganidek,umurtqalilarning qonida kislorod gem tarkibidagi 
temir atomlari orqali “transport” qilinadi. Qizil qon tanachalari eritrotsitlar gemlarga 
boy bo’lib, ularning har biri kislorod atomini o’ziga bog’lab, a’zolarning faoliyati 
uchun zarur bo’lgan gaz atomi bilan ta’minlab turadi. 
Gemokianinning gemoglobindan farqi shundaki, mis atomlari gemokianinda 
bevosita oqsil bilan bog’langan bo’lib, hujayra tarkibiga kirmay qonda erkin holatda 
“suzib” yuradi. Gemokianinning bitta molekulasi 200 ta mis atomini bog’lay 
oladigan gigant qurilmadir. Odatda tuhim, sut va mushak tarkibidagi oqsillarninig 
molekulyar massasi olti mingdan bir milliongacha borsa gemokianin tarkibidagi 
proteinning molekulyar massasi 10 mln. ga teng. Hayvonlar ichidagi eng katta gigant 
molekula aynan shu gemokianin bo’lib, u faqat viruslarning oqsilidan molekulyar 
massasi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. 
Gemokianin qadimiy oqsil bo’lib, gemoglobinga nisbatan sodda tuzilib
samaradorligi ham yuqori emas. Lekin shunga qaramay dengiz tarkibida kislorod 
kam bo’lsa ham sovuqqonli hayvonlarni kislorod bilan qoniqarli darajada 
ta’minlaydi. Uning qon tarkibidagi kislorod miqdori dengizdagiga nisbatan 20 marta 
ko’p bo’ladi. 
Kalьmaralardan tashqari tanani kislorod bilan “zangori qon” orqali 
ta’minlaknishi o’noyoqlilar, qisqichbaqasimonlar va boshqa sovuq qonli hayvonlar 
qonida aniqlangan. Hayvonlarning harakatchanligiga qarab qondagi kislorodning 


miqdori har xil bo’ladi. Tez harakat qiladigan hayvonlar qonida kislorod miqdori 
yuqori bo’ladi. Masalan, tez harakat qiladigan osьminoga va dengizlardagi ayrim 
bo’g’imoyoqlilar qonida gemokianinning miqdori 100 ml qonda 10 g bo’ladi. Kam 
harakat qiluvchi mollyuskalarda uning miqdori 100 g qonda 0,03 g atrofida 
uchraydi. 
Ma’lumki, boshoyoqli malyuskalarning qoni ularning jabralaridan (oyquloq) 
o’tish jarayonida zangori ranga aylanadi. Qonning zangori ranga o’tish sababi, 
kislorodning mis tutuvchi oqsil bilan bo’lgan reaktsiya natijasidir. Mazkur oqsil 
kislorodni yo’qotishi bilan rangsiz holga qaytadi. Eritmaga mis ioni qo’shilsa 
gemokianing o’z rangi va faolligini tiklaydi. Gimokianning tarkibidagi misning 
oksidlanish darajasi +1 holatda bo’ladi. Muhitda kislorod bo’lmagan taqdirda 
kislorodning miqdori qonda ko’p bo’lsa metal ionlarining bir qismi oksidlanadi. 
Gemokianindagi bitta molekula kislorodga ikki molekula mis atomi to’g’ri keladi. 
SHunday qilib, gemokianing tarkibidagi kislorod mis atomini yarmisini oksidlaydi. 
Gemokianinning shu xususiyati bilan hayvonlarda keng tarqalgan gemoglobindan 
farq qiladi. M’lumki gemoglobin tarkibidagi temir atomlarining oksidlanish darajasi 
+2 bo’lib, u erkin holatida bo’ladimi, yoki kislorod bilan kompleksda bo’ladimi 
baribir temirning zaryadi +2 bo’lib qolaveradi. 
Dukkakli o’simliklar doni tarkibida qondagi gemoglobinga o’xshash oqsil 
borligi aniqlangan. Legoglobin deb ataladigan bu oqsilning asosini ham gem tashkil 
qiladi. O’simliklardagi gemoglobinga o’xshash oqsillar havodan molekulyar azotni 
o’zlashtirilishida ishtirok etishi aniqlangan. 
Nukleoproteidlar oqsil bilan nuklein kislotalarning birikishidan hosil bo’ladi. 
Ular barcha hujayralarda yadro va tsitoplazmaning asosiy qismini tashkil etadi. 
Ba’zi nukleoproteidlar maxsus zarrachalar (viruslar) holida uchrab, organizmlarda 
turli kasalliklar keltirib chiqaradi. Prostetik guruhning harakteriga qarab, 
dezoksiribonukleoproteinlar (DNP) va ribonukleoproteinlar (RNP) ga bo’linadi. 
Nuklein kislotalar organizmda benihoya katta o’rin tutganligi uchun kitobning ayrim 
boblarida ular haqidagi ma’lumotlar batafsil bayon etilgan. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling