Mavzu: Nutq odobi. Notiqlik san’ati. Kasb etikasi. Me’yor tushunchasi


Download 76.3 Kb.
bet2/8
Sana15.06.2023
Hajmi76.3 Kb.
#1484592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nutq odobi. Notiqlik san’ati. Kasb etikasi.

Notiqlik san’ati
Kishilik jamiyati paydo bo‘libdiki, so‘z va nutqdan foydalanish, uning imkoniyatlari doirasida fikr yetkazish va qabul qilishning turli usullari shakllangan. Zamon rivoji, insonlar dunyoqarashi jadal rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar davrida notiqlikning o‘rni beqiyos. Jahon miqyosida xalq qalbi va ongi uchun keskin va shafqatsiz kurash ketayotgan bir paytda bu jarayonga qarshi chuqur bilim va ma’rifat bilan javob bera olish, voizlik mahorati orqali fikr yetkazish sanʼatini egallashni davrning oʻzi talab qilib turibdi. Barcha jabhada butun jamoani oldinga boshlash, vatanparvarlik hissini uyg‘otish va insondagi ayrim illatlarni yoʻqotishda notiqlikning samarasi bebahodir.
Insonlar hayotida nutqning qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi har bir kishiga ham ma’lum. Chunki odamlar til yordamida fikr almashish, bir-birlarini tushunishdan tashqari, o‘z istaklarini, his-tuyg‘ularini, irodalarini ham izhor etadilar.
Nutq kishilarning bir-birlariga ta’sir etishning qudratli vositasidir. So‘z insonni ishontirishi, mehnat va g‘alabaga chorlashi, yomon yo‘ldan qaytarishi, quvontirishi yoki jahlini chiqarishi, hatto o‘ldirishi ham mumkin.
O‘qituvchi faoliyatida nutq juda muhim funksiyalarni bajaradi. O‘qituvchilar nutq orqali bilim, ishonchga ega bo‘ladilar. Muayyan his-tuyg‘ularga tushunib yetadilar, o‘qituvchining so‘zlari ta’sirida bolalarda muayyan psixik prosesslar va psixik holatlar vujudga keladi, shaxsiy jihatlari shakllanadi.
Nutqning fiziologik asoslari I.P.Pavlov tomonidan tushuntirib berilgan. Uning ta’limotiga asoslanib, sezgilarimiz, idrokimiz va tasavvurlarimizni atrofimizdagi tashqi dunyoning birinchi signallari deb yuritamiz. Nutq va tafakkur esa ikkinchi signal sistemasidan iboratdir. So‘z voqelikdagi narsa va hodisalarni idrok qilish hamda tasavvur etishdan iborat bo‘lgan bevosita signallarning signalidir.
Insondagi ikkala signal sistemasi birgalikda mavjuddir. So‘z asosida doimo aniq narsa, hodisa, voqelik yoki umumlashgan tushuncha tasavvuri mavjud bo‘lmog‘i zarur. Aks holda, nutq ham real hayotni aks ettira olmaydi, hamda tafakkur ham umumlashtirish vositasi bo‘lmay qoladi.
Inson tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan nutq ikkinchi funksiyani: aloqa va ta’sir ko‘rsatishni bajaradi.
Maʼlumki, notiqlik sanʼati miloddan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllangan. Aristotel, Demosfen, Sitseron kabi ijodkor notiqlarning nomi jahonga mashhur boʻlgan. Ular ritorika yaʼni notiqlik sanʼatini yuksak choʻqqilarga olib chiqqishgan.
Aristotel nutqda aniqlik boʻlmasa, koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmasligini, notiqlik sanʼatining asosiy yutugʻi ham uning aniq va tushunarli boʻlishidadir deya izohlagan. Notiq tayyorlayotgan nutqini har tomonlama oʻrganib chiqqandan soʻnggina keng ommaga tatbiq etmogʻi lozim. Bu talablar hozirgacha oʻzining ahamiyatini yoʻqotgan emas. Aristotelning ushbu fikrlari hozirgi notiqlik maktabida nazariya sifatida qabul qilingan.
Sud notiqligi bo‘yicha shuhrat qozongan Sitseron nutqlarida fikr erkinligi hukmron bo‘lgan va notiqning falsafiy, siyosiy, axloqiy qarashlari har doim uyg‘un tarzda mujassamlashgan. Sitseron notiq sifatida o‘z tinglovchisiga emotsional ta’sir etish masalasiga alohida e’tibor bergan. Shuning uchun ham uning nutqlarida balandparvoz so‘z, ibora va jumlalar ko‘p uchrar, nutqining umumiy yo‘nalishi ulug‘vor uslubga moyil edi. Biroq ana shu ulug‘vorlik orasida u oddiylik, kulgi-mutoyiba, ritorik savollardan ham foydalanardi. Shu jihatdan qaraganda, uning nutq uslubi qorishiq, umumiylashgan uslubga ham o‘xshab ketardi.
Sitseron matnning ravonligi, go‘zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, “har qanday notiqning asosiy maqsadi — tinglovchining zavqini uyg‘otib, o‘ziga moyil qilishdan iborat”. Shuning uchun ham yuqorida taʼkidlaganimizdek, Sitseron emotsional taʼsir koʻrsatishga koʻproq diqqatini qaratgan.
Hozirgi davrga kelib ham ushbu sohani oʻrganilishida muhim qadamlar qoʻyilmoqda. Deyl Karnegi, Erik Toms, Entoni Robbins kabilarni misol qilishimiz mumkin. Deyl Karnegining notiqlik toʻgʻrisidagi fikrlarida oʻziga boʻlgan ishonch yuqori baholaniladi. Sitseron ham oʻzining “Notiqlik sanʼati” kitobida “Oʻziga boʻlgan ishonchning mavjudligi ulkan boylikdir” deya eʼtiroflagan [4]. Notiq tinglovchilar huzurida oʻzini dadil sezishi uchun, goʻyo bu bosqichlarni allaqachon bosib oʻtganday his qilib, erkin tutsa oʻziga boʻlgan ishonch yanada mustahkamlanadi. Tinglovchi ham hech shak-shubhasiz notiqning gaplariga shubha bildirmay, diqqat bilan tinglaydi.


Download 76.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling