Nutqning aniqligi «nutq voqelik» va «nutq tafakkur» munosabati asosida belgilanadi. (B.Golovin «Основы культуры речи») Aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos kelishidir. Bunda lug‘aviy birlik (so‘z, ibora)larni tanlashga alohida ahamiyat berish kerak. Uning murakkabligi so‘zlarning ko‘p ma’noliligida aks etadi. Bu muammoni nutqning uslubiy jihatiga aloqador holda hal etish talab qilinadi.
Nutqning tozaligi. Bunda nutq adabiy til normasiga mos kelishi, g`ayriadabiy til unsurlaridan holi bo`lishi kerak. Bunga ta’sir qiluvchi lisoniy unsurlar: dialektizmlar, varvarizmlar, kanselyarizmlar, parazit so`zlar, vulgarizmlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |