Mavzu: O‘bekiston Respublikasiga olib kiruvchi tovarlarga aksiz solig‘ini hisoblash Mamlakatimizda aksiz solig’i
Download 19.05 Kb.
|
aksiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakatda ishlab chiqarilib aksiz solig’iga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz solig’i stavkalari
- Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Hisob-kitobni taqdim etish va to’lash tartibi. Aksiz solig’i
Aksiz solig’i stavkalari
Aksiz solig’i to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari Prezident Karorlari bilan tasdiqlanadi. Aksiz solig’i stavkalari tovarning qiymatiga nisbatan foizlarda va (yoki) naturada ifodalangan o’lchov birligi mutlaq so’mmada (qat’iy) belgilanadi. 2011 yil uchun tasdiqlangan aksiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati va Soliq stavkalari quyida keltirildi. Jadval Mamlakatda ishlab chiqarilib aksiz solig’iga tortiladigan tovarlarga nisbatan aksiz solig’i stavkalari
*) Hajmiy ulushda etil spirti 40 foizdan ko’p bo’lgan qonyak, arok va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz solig’i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 31236 so’m miqdorida belgilanadi. Izox: Bir o’lchov birligiga so’mda belgilangan aksiz solig’istavkalari O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmi dan kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta kurib chiqilishi mumkin. «Jeneral Motors O’zbekiston» YoAJ avtomobillari, tabiiy va suyultirgan gaz, shuningdek qimmatbaho metallarga aksiz solig’ini to’lovchilar va uni to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Paxta tolasining ichki narxlari (realizasiya bo’yicha harajatlarni hisobga olgan holda ) va uni realizasiya qilishning haqikiy narxi o’rtasidagi ijobiy farq Paxta tozalash korxonalarining maxsus hisob raqamida jamlanadi va 25 foizgacha bo’lgan miqdorda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq kreditorlik qarzini so’ndirish uchun paxtachilik fermer xo’jaliklariga 25 foiz miqdorda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi xuzuridagi davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jalik masulotlarini hisob-kitob qilish jamg’armasining kreditlari bo’yicha qarzlarni so’ndirishga, qolgan qismi esa-mazkur Jamg’armaning oborot mablag’larini to’ldirishga yo’naltiriladi. O’zbekiston Respublikasi xududiga olib kelinadigan aksizli tovarlarga aksiz solig’i stavkalari Prezident qarori bilan tasdiqlanadi. Soliq stavkalari tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda yoki bir o’lchov birligi uchun AKSh dollarida belgilangan. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi. Hisob-kitobni taqdim etish va to’lash tartibi. Aksiz solig’ini so’mmasi Soliq solinadigan baza va aksiz solig’i uchun belgilangan stavkalar asosida hisoblanadi. – Aksiz solig’i stavkalari mahsulot bir birligiga belgilangan bo’lsa, uning so’mmasini quyidagi formula orkali aniqlanish mumkin: Aksiz solig’i = (Q x C) Bu yerda: Q – mahsulotning jami natura miqdori, C – mahsulot birligi uchun belgilangan aksiz solig’i stavkasi, so’m hisobida – Aksiz solig’i stavkasi aksiz solig’i va KKSni hisobga olmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizlarda belgilangan bo’lsa, aksiz solig’i so’mmasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Aksiz solig’i = (OxS):100 Bu yerda: O – sotilgan tovarlarning aksiz va Qo’shilgan qiymat Soliqlarisiz kelishilgan (erkin) narxlar bo’yicha hisoblangan qiymati (hajmi ); S – aksiz solig’ining stavkasi, foiz hisobida. Hisob-kitobni taqdim etish tartibi. Aksiz solig’ining hisob-kitobi Soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat Soliq xizmati organlariga tag’dim etiladi. Aksiz solig’i byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi: joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay – joriy oyning birinchi un kunligi uchun; joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay – joriy oyning ikkinchi un kunligi uchun; kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay – hisobot oyining qolgan kunlari uchun. Download 19.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling