Mavzu: O‘bekiston Respublikasiga olib kiruvchi tovarlarga aksiz solig‘ini hisoblash Mamlakatimizda aksiz solig’i
Kaysi aksiz to’lanadigan tovarlarga aksiz solig’i solinmaydi?
Download 19.05 Kb.
|
aksiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aksiz solig’i solinadigan baza
Kaysi aksiz to’lanadigan tovarlarga aksiz solig’i solinmaydi?
Aksiz solig’i to’lanmaydigan tovarlarga quyidagi lar kiradi: aksiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chikaruvchilari tomonidan eksportga realizasiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadigan aksiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno; keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona xududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan «bojxona xududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash maxsuli bo’lgan aksiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga; tabiiy ofatlar, kurolli mojarolar, baxtsiz xodisalar yoki avariyalar yuz berganda yordam ko’rsatish uchun, insonparvarlik yordami va begaraz texnik ko’mak sifatida, shuningdek xayriya maqsadlari uchun aksiz to’lanadigan tovarlarni davlatlar, xukumatlar, Xalqaro tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasining bojxona xududiga import qilishga; aksiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona xududiga aksiz solig’isolinmaydigan tovarlarni olib kirish me’yorlari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilishga; vakolatli davlat organining yozma tasdig’i mavjud bo’lgan tagdirda, telekommunikasiyalar operatorlari va tezkor-kidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-kidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarini import qilishga. Aksiz solig’i solinadigan baza Soliq kodeksining 232-moddasida soliq solinadigan baza baratafsil bayon qilingan. Bu quyidagilardir: Aksiz solig’ining stavkalari mutloq so’mmada (qat’iy) belgilangan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarning naturada ifodalangan hajmi asosida aniqlanadi. Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda (advalor) belgilangan ishlab chiqarilayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, agar boshqa cha koida nazarda tutilmagan bo’lsa, realizasiya qilingan aksiz to’lanadigan tovarlarning aksiz solig’i hamda Qo’shilgan qiymat solig’i kiritilmagan qiymati Soliq solinadigan bazadir. Ish haqi hisobiga, hisoblab chiqarilgan devidendlar hisobiga, bepul yoki boshqa tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) ayirboshlash uchun beriladigan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha, shuningdek tovarlar tannarxidan past narxlarda realizasiya qilingan taqdirda Soliq to’lovchi tovarlarni topshirish paytida uning haqikiy tannarxidan kam bo’lmagan darajada belgilaydigan narx asosida hisoblangan qiymat Soliq solinadigan bazadir. Qayta ishlashga berilgan xom ashe va materiallardan ishlab chiqarilgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan baza aksiz to’lanadigan tovarlarni ishlab chiqarishga doir ishlar qiymatini hamda qayta ishlashga berilgan xom ashe va materiallar qiymatini o’z ichiga oladi. Aksiz solig’ining stavkalari foizlarda belgilangan import qilinayotgan aksiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha Soliq solinadigan baza bojxona to’g’risidagi qonun xujjatlariga muvofik aniqlanadigan bojxona qiymati asosida belgilanadi Download 19.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling