Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda pul kredit siyosatining xususiyatlari Reja: asosiy qism kirish
-Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli
Download 0.79 Mb.
|
iqtisodiyot fakulteti
3-Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli
Ichki muvozanat - inflyatsiya jarayonlari mavjud bo’lmagan ( yoki uning barqaror past darajasidagi) to’liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir.8 Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda, byudjet-soliq va pul-kredit siyosati vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali ta’minlanadi. Tashqi muvozanat qayd qilingan, yoki suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida to’lov balansining nolga teng qoldig’ini ta’minlab turilishni anglatadi. Alohida holatlarda bu muammo ikki o’zaro mustaqil qismga bo’linadi: joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish; valyuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish. Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: byudjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib ko’rsatiladi. Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi ( mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan o’zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi. Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valyuta bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir. Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi o’zgaruvchilarning bir-biriga o’zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko’zda tutishni talab etadi. Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham baholarning o’zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o’zgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular o’rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeliyopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir. Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko’pincha, IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV egri chizig’i qo’shilib tahlil qilinadi. VV egri chizig’i to’lov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi. Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflarda turli xil siyosatlarning ta’sirlarini o’rganish uchun bu modeldan foydalanamiz. Ko’rib turganingizdek, Mandell-Fleming modeli biz oldingi boblarda foydalangan komponentlardan qurilgan. Asosiy taxmin: mukammal capital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot Mukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot haqidagi farazlardan boshlaymiz. bu faraz shundan iboratki mamlaktdagi foiz stavkasi r, jahon foiz stavkasi r* bilan belgilanadi. Matematik jihatdan, buni quyidagicha yozishimiz mumkin 9 r = r*. Bu jahon foiz stavkasi egzogen o’zgaruvchidir, chunki biz ko’rayotgan mamlakat dunyo iqtisodiyoti bilan shunchalik kichikki, u dunyo moliyaviy bozoridan qarz olishi yoki qarz berishi jahon foiz stavkasiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Mukammal kapital oqimi to'g'risidagi fikrlar oddiy tenglama bilan ifodalansada, bu tenglama ko’rsatadigan takomillashgan jarayonning ko’rinishini yo’qotmaslik muhim hisoblanadi. Faraz qiling, birorta vaziyat sodir bo’ldi buning natijasida jahon foiz stavkasi ko’tariladi. Kichik ochiq iqtisodiyotda, mamlakatdagi foiz stavkalari qisqa muddatga biroz ko’tarilishi mumkin ammo bu vaziyat sodir bo’lishi bilan xorijliklar bu mamlakatga qarz berishni boshlashadi (misol uchun shu mamlaktning obligatsiyalarini sotib olish bilan). Capitalni kirib kelishi mamlakat ichidagi foiz stavkasini r* ga tomon pasaytiradi. Xuddi shuningdek, agar har qanday hodisa mamlakat foiz stavkasini pasaytirishni boshlasa, capital yuqoriroq foiz topish maqsadida chetga oqib chiqib ketardi va bu capital oqimi ichki foiz stavkasini yana r* gacha qaytaradi. Bundan keyin r = r* tenglama kapitalning xalqaro oqimi ichki foiz stavkasini jahon foiz stavkasi bilan teng saqlab turishga yetadi degan tahminni yuzaga chiqaradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling