Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda pul kredit siyosatining xususiyatlari Reja: asosiy qism kirish
Tovarlar bozori va IS egri chizig’i
Download 0.79 Mb.
|
iqtisodiyot fakulteti
Tovarlar bozori va IS egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli tovar va xizmatlar bozorini IS-LM modeliga qaraganda ko’proq tasvirlab beradi va sof export uchun yangi termin qo’shadi. Ayniqsa, tovarlar bozori quyidagi tenglama bilan ifodalanadi. Y=C(Y-T) + I(r) + G + NX(e). Bu tenglama shuni bildiradiki, jami daromad Y iste’mol C, investitsiya I, davlat xarajatlari G va sof exportning NX yig’indisiga teng. Iste’mol sof daromadga (Y-T) to’g’ri proporsianal, Investitsiya foiz stavkasiga teskari proporsianal. Sof export valyuta kursiga (e) tengkari bog’liq. Oldingiga o’xshab, biz valyuta kursini (e) har bir milliy valyutaga to’g’ri keladigan xorijiy valyutalar miqdori sifatida bilamiz – misol uchun (e) 100 yena bir dollar bo’lishi mumkin. Siz yana eslashingiz mumkin ya’ni biz 5 bobda sof exportni nominal valyuta kursiga qaraganda (milliy va xoriji valyutalar narxlari) real valyuta kursiga bog’lagandik (ya`ni mamlakatdagi va xorijdagi tovarlarning o’zaro narxlari).10 Agar e nominal valyuta kursi bo’lsa, real valyuta kursi eP/P* ga teng, bu yyerda P mahalliy narx darajasi va P* xorijiy narx darajasi. Mandell-Fleming modeli mamlakatdagi va jahon narxlari darajasi o’zgarmas degan farazga asoslanadi, shuning uchun real valyuta kursi va nominal valyuta kursi bir biriga to’g’ri proporsional. Bu degani, mahalliy valyutaning qadri oshsa, xorijiy tovarlar mahalliy tovarlarga qaraganda arzonroq bo’ladi va bu eksportni pasayiradi va importni oshiradi. Yuqoridagi tovarlar bozori muvozanatining tovar va xizmatlarga va xarajatlarga ta’sir qiladigan ikkita moliyaviy o’zgaruvchisi (foiz stavkasi va valyuta kursi) mavjud, ammo vaziyatni mukammal capital oqimi to’g’risidagi tahmindan foydalanib soddalashtirish mumkin. Demak, r = r*. quyidagi tenglama kelib chiqadi Y = C(Y − T ) + I(r*) + G + NX(e). Keling IS* tenglamasiga qaraylik. Biz bu tenglamani grafikda tasvirlashimiz mumkin, bunda gorizontal o’qda daromad, vertical o’qda valyuta kursi berilgan. Bu chiziq 12-1 rasmning (c) panelida ko’rsatilgan. IS* egri chizig’i pastga qaragan chunki yuqoriroq valyuta kursi sof eksportni kamaytiradi, bu esa o’z navbatida jami daromadlarni pasaytiradi. Buning qanday ishlashini ko’rish maqsadida, 14-1 rasmning boshqa panellari sof eksport va keyns xochi bilan birga olib boriladi IS egri chizig’ini keltirib chiqarish uchun. (a) panel, valyuta kursidagi e1 dan e2 ga ko’tarilish sof eksportni NX(e1) dan NX(e2) ga pasaytiradi. (b) panel, sof eksportdagi kamayish rejalashtirilgan xarajatlar grafigini pastga ko’chiradi va bu daromadni Y1 dan Y2 ga kamaytiradi. IS* egri chizig’i valyuta kursi (e) va daromad (Y) o’rtasidagi bog’liqlikni umumiylashtiradi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling