Pul bozori va LM*egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli IS-LM modelidan tanish bo’lgan pul bozori tenglamasini ko’rsatib beradi.
M/P = L(r, Y).
Bu tenglik real pul taklifi M/P talabga L(r, Y) tengligini ko’rsatadi. Real pulga talab foiz stavkasiga teskari bog’liq va daromadga to’g’ri bog’liq. Pul taklifi M egzogen o’zgaruvchi hisoblanadi va Markaziy bank tomonidan boshqariladi. Mandell-Fleming modeli qisqa muddatli tebranishlarni tahlil qilish uchun yaratilganligi, P narx darajasi tashqi belgilangan deb faraz qilinadi. Yana bir bor, mahalliy foiz stavkasi bilan jahon foiz stavkasiga teng degan farazlarni keltiramiz.
Shuning uchun r = r* ga teng.
M/P = L(r*, Y ).
LM tenglamasini ko’raylik. Biz buni grafikda ifodalashimiz mumkin, 14-2 rasm (b) paneli. LM egri chizig’i vertical chunki valyuta kursi LM tenglamasiga kirmaydi. Jahon foiz stavkasi berilgan, LM tenglamasi yalpi daromadni belgilaydi. 14-2 rasm LM egri chizig’i qanday qilib jahon foiz stavkasidan kelib chiqqani va LM egri chizig’i qanday qilib foiz stavksi va daromadni bir biriga bog’lashini ko’rsatadi.
Qismlarni birlashtirish.Mandell-Fleming modeliga ko’ra, mukammal capital oqimiga ega kichik ochiq iqtisodiyot ikkita tenglama bilan tasvirlanishi mumkin:
Y = C(Y − T ) + I(r*) + G + NX(e) IS*,
M/P = L(r*, Y ) * LM*.
Birinchi tenglama tovarlar bozoridagi muvozanatni ko’rsatadi, ikkinchisi pul bozoridagi muvozanatni ko’rsatadi.
Egzogen o’zgaruvchilar bular fiscal siyosat G va T, monetar siyisat M, narx darajasi P, jahon foiz stavkasi r*. Endogen o’zgaruvchilar daromad Y va valyuta kursi e.
3 rasm shu ikkita bog’liqlikni ko’rsatadi. Iqtisodiyot uchun muvozanat nuqtasi IS chizig’I va LM egri chizig’i kesishgan joydir. Bu kesishgan joy ham tovarlar bozori ham pul bozoridagi muvozanat ta’minlangandagi daromad darajasi va valyuta kursini ko’rsatadi. Mandell-Fleming modelidan biz yalpi daromad Y va valyuta kursining e siyosiy o’zgarishlarga qanday javob berishini ko’rsatish uchun foydalanamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |