Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda pul kredit siyosatining xususiyatlari Reja: asosiy qism kirish


ASOSIY QISM 1-Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari


Download 0.79 Mb.
bet2/15
Sana31.08.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1671980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
iqtisodiyot fakulteti

ASOSIY QISM
1-Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari
Yopiq iqtisodiyot aslida real holatda kuzatilmaydi. Aslida hech qaysi davlat boshqa davlat bilan iqtisodiy aloqa qilmasdan mustaqil ravishda mavjud bo’la olmaydi va rivojlana olmaydi. Bu tushuncha fakat ochiq iqtisodiyot bilan solishtirib o’rganish uchun foydalaniladi.
Mamlakatning qanchalik darajada ochiq iqtisodiyotga moslashganlik yoki ochiq iktisodiyotdan foydalanish darajasini quyidagi ko’rsatkichlar ifodalaydi:
Import kvotasi = Import / YaIM * 100 %
Import kvotasi - import hajmining mamlakatning YaIMida tutgan ulushini ifodalaydi.
Eksport kvotasi = Eksport / YaIM * 100%
Eksport kvotasi - mamlakat YaIMida eksport salohiyati qanchalik darajada ekanligini ifodalaydi.
Tashqi savdo aylanmasi kvotasi = tashqi savdo aylanmasi / YaIM *100%
Ochiq iqtisodiyot kichik va katta ochiq iqtisodiyot kabi ko’rinishlarda bo’lib, ularning bir qancha farqli jihatlari mavjud. Xususan, ular real foiz stavkasining qo’llanilishi bilan farq qiladi.
Kichik ochiq iqtisodiyotda r real foiz stavkasi barcha davlatlarda iqtisodiyotga bir xil darajada ta’sir ko’rsatadi yoki hamma davlatlarning bir biriga bo’lgan ta’siri bir xil darajada, ya’ni sezilarli darajada farq qilmaydi, deb qaraladi.
Katta ochiq iqtisodiy modelida bu masala boshqacharoq hal qilinadi, ya’ni tashqi savdo aylanmasi bo’yicha katta ta’sirga ega bo’lgan davlatlarning ushbu real foiz stavkasini o’rnatilishida va boshqa davlatlarga nisbatan bu foiz stavkaning ta’sirini aniqlashda katta ta’sirga ega ekanliklari alohida hisobga olinadi.2
Y=C+I+G+Xn
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ta’sir etuvchi omillar eksport va importning (hajmi hisobida) o’zaro farqi , ya’ni Nx hisoblanadi.
Sof eksport Xn = X- M
bu yerda :

  1. - eksport hajmi ; M – import hajmi.

Dunyoning ko’pgina davlatlarida sof eksport hajmi asosiy ayniyatning boshqa ko’rsatkichlariga nisbatan YaIM hajmiga kam ta’sir ko’rsatadi (o’rtacha 3-4 % YaIMdagi ulushi).
Asosiy ayniyatni o’zgartiramiz :

  1. –C- G = I + Xn

Ifodaning chap tomoni Y- C- G milliy jamg’armani beradi, ya’ni uy xo’jaligi iste’moli va davlat talabini kondirilgandan so’ng qolgan qismi hisoblanadi Shuning uchun Y –C- G ifodani S bilan belgilab olamiz.
S = Y –C- G.
Endi ifoda quyidagicha tus oladi : S = I + Xn yoki (I - S) + Xn = 0
(I - S) + Xn = 0 bu ayniyat milliy hisoblarning asosiy ayniyati bo’lib, xalqaro oqimlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ifodalaydi, ya’ni oldindan belgilangan jamg’arilgan kapital (I - S) va xalqaro oqimlar Xn.
(I - S) + Xn = 0 tenglamadagi har bir ishtirokchi ko’rsatkich o’ziga xos nomlanishga ega va o’ziga xos funktsiyaga ega.
(I - S) to’lov balansida kapital harakati schyoti deb ataladi va ichki investitsiyaning ichki jamg’arishdan ortiqligini ifodalaydi.
Investitsiya mamlakatdagi jamg’armalarni oshirishi mumkin, ya’ni tadbirkorlar investitsion loyihalarni chet el kapitali ishtiroki orqali moliyalashtiradilar. Bundan kelib chiqadiki kapital harakati schyoti tashqi qarzlar orqali moliyalashtiriladi, ya’ni ichki kapital jamg’armasi hajmiga teng bo’ladi.
Xn ni biz sof eksport deb atagan edik. (I - S) + Xn = 0 tenglamada esa Xn o’zida chetdan sof eksport evaziga olingan summani ifodalaydi va to’lov balansining joriy schyot yoki joriy operatsiyalar schyoti deb yuritiladi.
(I - S) + Xn = 0 ayniyatiga kaytadigan bo’lsak agar ayniyatda (I - S) miqdor musbat (ijobiy) qoldiqqa ega bo’lsa, Xn manfiy (salbiy) bo’ladi degani. Bu o’z - o’zidan kapital harakati schyotini musbat qoldiqqa ega ekanligini va to’lov balansi schyotida defitsit bo’lganligini anglatadi, bu shuni anglatadiki, biz jahon bozoridan eksportga qaraganda importni ko’proq qilishimiz kerak.
Aksincha agar (I - S) manfiy qiymatga ega bo’lsa Xn musbat bo’ladi. Unda kapital harakati schyotida defitsit va joriy operatsiyalar schyotida musbat (ijobiy ) saldoga ega bo’lamiz. Bunda mamlakat jahon bozorida kreditor rolini bajaradi va importga qaraganda eksportni ko’payganini anglatadi.
Agarda milliy jamg’arish mamlakat ichidagi jamg’armadan ortib ketsa, ortgan qismi chet elga investitsiya qilinishi mumkin.
Agarda aksincha mamlakat ichidagi investitsiya milliy jamg’armadan ortib kets, unda biznining mamlakatga investitsiya qilinishi kerak bo’ladi.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling