Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda tashqi savdoning ahamiyati-Kapital va Valyutaga ta’sirlar


Download 0.98 Mb.
bet4/7
Sana22.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1381946
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ochiq iqtisodiyotda tashqi savdoning ahamiyati-Kapital va Valyutaga ta’sirlar

Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatiga bevosita va bilvosita aralashuv jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta'sir ko'rsatish orqali ichki bandlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, to'lov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko'zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati-budjet soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import va eksportni to'g'ridan-to'g'ri cheklashlar orqali tartibga solishni o'z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo'nalishdir.

Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko'pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko'proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.

Tashqi savdoni cheklash usullarining 50dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g'aznasini to'ldirishga yo'naltirilgan bo'lsa, ba'zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki rag'batlantirishga yo'naltirilgan.

Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko'p qo'llaniladigan usul importga ta'rif belgilash bo'lib, buning natijasida ichki baholarning o'sishi kuzatiladi. Importga ta'riflarni joriy qilishdan iste'molchilar ko'rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko'rgan foydadan katta bo'ladi. Importga ta'riflarni joriy qilishdan ko'riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import ta'riflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to'lov balansini tartibga solish maqsadlari keng qo'llaniladi.

Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qikish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo'llaniladi.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling