Mavzu: Ochiq iqtisodiyotda tashqi savdoning ahamiyati-Kapital va Valyutaga ta’sirlar


Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qikish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo'llaniladi


Download 0.98 Mb.
bet5/7
Sana22.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1381946
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ochiq iqtisodiyotda tashqi savdoning ahamiyati-Kapital va Valyutaga ta’sirlar

Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qikish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo'llaniladi.

Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko'paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo'llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo'llash dempinnga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko'ra taqiqlangan.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o'rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usulidir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib yechilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi.

Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdo-sotiq munosabatlarini amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va G’arb dunyosini bir-biri bilan bog’lagan Buyuk Ipak yo’li kitlararo savdoni yo’lga qo’ydi. Bu yo’l hozirgi O’zbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdo-sotiqning keng quloch yoyishiga olib kelgan edi.

Tashqi savdoning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlaraan soʻng yangi dengiz yoʻllarining ochilishi kuchli turtki boʻldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab chiqarish, xalqaro xoʻjalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoqlar, ishlab chiqarish. turlarining paydo boʻlishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki isteʼmoldan tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda ko’pchilik mamlakatlarda xom-ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldi-sotdi harakatlarini amalga oshirishni uyg’unlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi.

Ochiq iqtisodiyot kapital va valyutaga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Quyida ba'zi potentsial effektlar mavjud:

1. Kapital oqimi: Ochiq iqtisodiyotda kapital oqimi katta va o'zgaruvchan bo'lishi mumkin. Yuqori daromad olishga intilayotgan investorlar mamlakatga sarmoya kiritishi mumkin, bu esa kapital oqimining oshishiga olib keladi. Bu qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk qiymatlari kabi aktivlar narxini oshirishi va iqtisodiy o‘sishga olib kelishi mumkin.


Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling