Mavzu: Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari dasturiy modulini ishlab chiqish


Download 261.96 Kb.
bet6/10
Sana17.06.2023
Hajmi261.96 Kb.
#1532760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ochiq kalitli shifrlash algoritmlari dasturiy modulini ishlab chiqish

(2х32)-o‘lchamli jadval



Ochiq ma’lumot alifbosi (kirillcha belgilar)

А

Б

...

...

Ya

Shifrma’lumot alifbosi (standart ASCII kodi belgilari)

*, d, n

W, &, s, g

...

...

14, !, /, j, a

Ko‘p qiymatli shifrlash algoritmlarining apparat-texnik va apparat-dasturiy ta’minotlari nisbatan samarasiz bo‘lganligi sababli amalda kam qo‘llaniladi.
O‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlari, ularning asosidagi akslantirishni shifrlash jarayonida bosqichma-bosqich o‘zgarib turishiga ko‘ra bir alifboli va ko‘p alifboli shifrlash sinflariga bo‘linadi.


II. ASOSIY QISM

2.1 Bir alifboli va ko‘p alifboli o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlari akslantirishlarining matematik asoslari va xususiyatlari


Bir qiymatli va ko‘p qiymatli o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmlarining umumiy modelini mos ravishda satrlari soni ikkiga va ustunlari soni ochiq ma’lumot alifbosi belgilari soniga teng bo‘lgan (2хN) – o‘lchamli jadvallar va ularga mos keluvchi analitik formulalar bilan ifodalandi. Bu jadvallar o‘rniga qo‘yish akslantirishni ifodalaydi va shifrlash jarayonida faqat bitta jadvaldan foydalaniladi, ya’ni ochiq ma’lumot alifbosining biror alohida olingan belgisi, shifrlash jarayonida uning necha marta takrorlanishidan qat’iy nazar, har doim jadvalning shifrma’lumot alifbosi belgilari satridagi mos belgiga almashtiriladi.
Shifrma’lumot alifbosi o‘zgarmaydi. Agarda o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmi akslantirishining asosini tashkil etuvchi jadvalning shifrma’lumot alifbosi belgilari satridagi mos belgilarining joylashish tartibi shifrlash jarayoni bosqichlarida o‘zgarib turmasa, bunday algoritm bir alifboli o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmi sinfiga kiradi. Aksincha bo‘lsa, ya’ni shifrma’lumot alifbosi belgilari satridagi mos belgilarning joylashish tartibi shifrlash jarayoni bosqichlarida o‘zgarib tursa, bunday algoritm ko‘p alifboli o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmi sinfiga kiradi. Bundan kelib chiqadiki, ko‘p alifboli o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmining modelini ifodalovchi akslantirish jadvalining satrlari soni uchta va undan ortiq bo‘ladi, ularning soni qancha ko‘p bo‘lsa, mos algoritmning bardoshliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Shunday qilib, ko‘p alifboli o‘rniga qo‘yishga asoslangan shifrlash algoritmining umumiy holdagi modeli 8-jadval ko‘rinishida quyidagicha ifodalanadi.



8-jadval

Download 261.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling