Mavzu: Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari va kamchiliklari. Reja
Download 343.71 Kb.
|
1 2
Bog'liq1. Ochiq kon ishlarining avzallik va kamchiliklari-fayllar.org
Mavzu: Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari va kamchiliklari. Reja: 1. Ochiq kon ishlarining avzallik va kamchiliklari 2. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish usullari va texnologiyasi. ochiq usulda qazib olishning qulayliklari va kamchiliklari. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi xisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta o’rin egallaydi. Uning qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning xom ashyo ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Xar xil tog jinslarini qazib olishda va turliman qazilmalar, chukurliklarni kovlash maksadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yigindisiga ochik kon ishlari deb aytiladi. Katta mikyosdagi ochik kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy alokadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan alokador barcha ishlar va jarayonlar, ochik kon inshootlari orkali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jixozlangan yer osti inshootlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochik usul ilan qazib olishda konchilik ishlari ikki kismga bulinadi: ochish ishlari (koplovchi jinslarni kazish, tashish va joylashtirish ishlari); qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini kazish, tashish, bir joyga tuplash yoki tushirish ishlari ). Konlarni qazib olish ishlarining qisman bo‘lsada ob- sharoitlariga bog‘liq bo‘lishi va karma maydonlarning qishloq xo‘jalik oborotidan chiqib ketishi, shuningdek, yer osti suv balansining buzilishi hamda konlarni ochiq usulda qazib olishning yer osti usuliga nisbatan atrof-tga salbiy tasirining ko‘proq bo‘lishi konlarini ochiq usulda qazib olishning kamchiliklari hisoblanadi.Hozirgi vaqtda chuqurligi 500 - 700 m va undan ham chuqur bo‘lgan karyerlar qurish loyihalashtirilmoqda Ishlab chiqarish asoslari va maksadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi laximlarni birlashtiradigan aloxida kon tayyorlov ishlari utkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, kirkma xandak va yarim kirkma xandak va boshka laximlar). Kon tayyorlov ishlarini utkazishdan maksad shundan iboratki, bu kazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta’minlash uchun yul ochb berad. Ochik usulda kazish kuyidagilarni xam uz ichiga oladi: kon va uning aloxida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki kismini tayyorlash); qazib olinayotgan tog jinslari massivi mustaxkamligini ta’minlashdagi kon-zaxira muxofazasi va inshootlarini xisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta’minlash, kon jinslarining uz-uzidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasini oldini olishdagi kayta tiklash ishlari va x.k. ishlar). Aytib utilgan ishlar ma’lum bir tartibda utkazilishi kerak. Xar bir ish orasida texnik sharoitlarni ta’minlay oladigan kerakli vakt oraligidagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini tugri taksimlashni tashkil etish lozim. Karer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochik kon ishlariga kazish tizimi (sistema razrabotki) deb aytiladi. Qabul qilingan kazish tizimi kuyidagilarni ta’minlashi kerak: ishning borishidagi xavfsizlik; ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi; karerning kuzda tutilgan ishlab chiqarish kuvvati; zaxiralarning tulik olinishi; barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish; kon-zaxira (nedr) va atrof muxit muxofazasi. Uzok vakt ishlatiladigan kon laximlariga (xandak va yer osti laximlari), koplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki kismida joylashgan kabul kilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki kismidan ishlab turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni ta’minlab turuvchi ya’ni yerning ustki kismidan karer va zaboyning ishlab turgan joyigacha transportning kelishini ta’minlanishiga konni ochish tizimi (sxema vskritiya) deb aytiladi. Umumiy xolda butun ochik kon ishlari kompleksi bir biriga boglik bulgan ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlarini uz ichiga oladi. Bular kuyidagilardan iboratdir: tog jinslarini va foydali qazilmalarni qazib olishga tayyorlash ishlari; kazish va yuklash ishlari; kon massasini (qazilmani) tashish ishlari; koplovchi tog jinslaridan agdarmalar xosil kilish (otvaloobrazovaniye), foydali qazilmalarni esa omborlarda tuplash yoki bushatish (skladirovaniye) ishlari. Agar karerda foydali qazilmalarni birinchi boyituvchanlik yoki oxirgi maxsulotgacha kayta ishlash amalga oshirilsa, bular xam ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari tarkibiga kiradi. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish to‘rt davrdan tashkil topgan bo‘ladi. inchi davr kon ajratmasini tayyorlash davri bo‘lib, bunda keyingi davrlarda bajariladigan ishlarni xavfsiz va yuqori unumdorlikda olib borishga sharoit yaratiladi. Bu davrda kon yuzini karyer qurishga tayyorlash ishlari amalga oshiriladi. . Bunda, asosan, konni suvsizlantirish, agar yer daraxtzorlar bo‘lsa, ularni kesish va ildizlarini qo‘porib olish suv havzalari va daryo (soy)|larni boshqa joyga ko‘chirish, yo‘llar yelektr liniyalarini karyer maydonidan tashqariga ko‘chirish, binolar bo‘lsa, ularni buzib tashlash kabi ishlar bajariladi. Ikkinchi davr karyerni qurish davr bo‘lib,bunda foydali qazilma va qoplama jinslarni reja bo‘yicha xavfsiz qazib olishini ta’minlaydigan ish frontlari barpo yetiladi. Bu davrda bajariladigan asosiy ishlarni qazish gorizontlari bilan yer yuzini bog‘lovchi maxsus lahimlar o‘tish, karyer maydomdan ma’lum hajmdagi kon massasini chiqarib tashlash, transport kommunikatsiyalar qurish va boshqalar tashkil qiladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishning birinchi va ikkinchi davrlarida bajariladigan ishlar kapital ishlar, ularga sarflanadigan xarajatlar yesa capital xarajatlar deyiladi. Uchinchi davr karyerni yekspluatatsiya qilish davri bo‘lib, bunda kon ishlari ikkiga bo‘linadi: qoplama jinslarni qazib olish olish (ochish) ishlari va ochilgan foydali qazilmani qazib olish ishlari. Ochish ishlari foydali qazilma yotqizig‘ini qoplagan kon jinslarini uzluksiz ravishda qazib olib, foydali qazilmani bevosita qazib olish uchun zarur bo‘lgan ish frontini barpo qiladi. To‘rtinchi davr karyerni tugatish davri bo‘lib, bunda foydali qazilmani qazib olish jarayonlarida buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan ishlar konni o‘zlashtirishning dastlabki bosqichlarida birinketin, keyinchalik yesa parallel bajariladi. Biroq ayrim ishlar boshqalardan o‘zdirib bajariladi. Masalan, tayyorlov ishlari kapital ishlardan oldin, ochish ishlari yesa foydali qazilmani qazib olish ishlaridan o‘zdirib amalga oshiriladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishda kon-kapital, ochish va foydali qazilmani qazib olish asosiy ishlar hisoblanadi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash, qazib-yuklash, tashish, otval hosil qilish va qazib olingan foydali qazilmani omborlarga joylashtirish ishlari konlari ochiq usulda qazib olishning asosiy jarayonlari hisoblanadi. Kon massivini qazishga tayyorlash deganda qoplama jins yoki foydali qazilmani turli usullarda massivdan ajratib olish jarayoni tushuniladi. Karyer (razrez) larda kon massivlarini qazishga tayyorlash mexanik, gidravlik, mexanik-gidravlik va burg‘ilab-portlatish usullarida bajarilishi mumkin. Konlarni ochiq usulda qazib olish amaliyotida kon massivini qazishga tayyorlashda burg‘ilab-portlatish usulidan keng foydalaniladi. Chunki ko‘pchilik konlardagi qoplama jins massivlari va foydali qazilma (ruda) yotqiziqlari qattiq, qoyasimon var yarimqoyasimon jinslardan tashkil topgan bo‘ladi. Kon jinslarini qazishga tayyorlash uchun tanlab olingan usul kon massividan ajratib olingan (maydalangan) massadagi jins bo‘laklarining oldindan belgilab qo‘yilgan o‘lchamlarini ta’minlashi kerak. Karyerlarda qazib-yuklash ishlari kon massasini bevosita massivdan yoki maydalangan jinslar uyumidan qazib olinib, transport vositalariga yuklashga mo‘ljallangan bo‘lib, bitta qazib yuklash mashinasi (yekskavator yoki yuklagich) bilan amalga oshiriladi.Tashish ishlarining asosiy vazifasi katta hajmda karyerdan qazib olingan qoplama jins va foydali qazilmani karyer hududi va undan tashqaridagi qabul qilish punktlariga uzluksiz yetqazib berish bilan bir qatorda karyerdagi kon-transport uskunalarini xavfsiz va yuqori unumdorlik bilan ishlashini ta’minlashdir.Otval hosil qilish jarayoni karyerdan qazib olingan qoplama jinslarni maxsus tayyorlangan. (karyer hududi yoki undan tashqarida) maydonlarga, foydali qazilmani yesa omborlarga joylashtirish ishlarini tashkil qilishdan iborat bo‘lib, otvaldagi mashina mexanizmlarning yuqori unumdorlik bilan xavfsiz ishlashini ta’minlashi lozim. Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha ochiq kon ishlari jarayonlari o‘zaro bir-biriga bog‘liq bo‘lib, konlami ochiq usulda qazib olish uzluksiz texnologik kompleksining bo‘g‘inlari hisoblanadi. Ayrim hollarda texnologik kompleksning ba’zi bo‘g‘inlari bo‘lmasligi mumkin. 2. Ochiq usulda qazib olinadigan konlar va yotqiziqlarning turlari. Ochiq kon ishlari ko‘rinishlari. Qazib olish jarayonlarida kon jinslarining holati turli ta’sirlar (zarba, surilish, zichlanish va boshqalar) natijasida o‘zgaradi. Ochiq usulda kon qazish ishlarining obyekti sifatida kon jinslarini tavsiflovchi fizik-texnik xususiyatlarni ularning zichlik, g‘ovakdorlik, namlik, turli ta’sirlarga chidamlilik, timovchanlik, yopishqoqlik, mo‘rtlik, turg‘unlik, ko‘pchish (maydalanganda hajmining ko‘payishi) kabi qator ko‘rsatkichlar tashkil qiladi. Konlarni ochiq usulda qazib olishda barchakon jinslari quy idagi guruhlarga boMinadi: buzilmagan (tegilmagan), qoyasimon (qattiq), yarimqoyasimon (tabiiy holatda), buzilgan (tabiiy yoki sun’iy ta’sirda), yumshoq va sochilma, kon jinslarning qaysi guruhga mansub yekanligi asosida ulami qazib olishning turli usullaridan foydalaniladi. Namligi 3-5% bo‘lib, 50 mPa dan ortiq bosim ostida yezilganda buzilishi mumkin boigan qattiq kon jinslari qoyasimon jinslar guruhini tashkil qiladi. Magmatik, metamorfik (kvarsilar, granitlar, bazaltlar, gabbro va boshqalar), shuningdek, ba’zi cho‘kindi jinslar (pishiq ohaktoshlar, qumtoshlar, qumtoshli slaneslar, konglomeratlar va boshqalar) qoyasimon jinslar hisoblanadi. Namligi 3-5 % boigan jins boiagining 20-50 mPa bosim oralig‘ida bir o‘q yo‘nalishi bo‘yicha qisilganda buzilishga ko‘rsatadigan nisbiy qarshilikka yega jinslar yarim qoyasimon jinslar guruhini tashkil qiladi. Bularga nuragan magmatik, metamorfik va tub cho‘kindi jinslar (glinalar, qumtosh-glinali slaneslar, glinali va ohaktoshli qumtoshlar, gemotitlar, rudalar, mergellar, rakushka-ohaktoshlar, pishiq qo‘ng‘ir ko‘m:ir, argellitlar, alevrolitlar. gips, tosh tuz va boshqalar) kiradi. Qoyasimon va yarimqoyasimon jinslarni qazib-yuklash va tashish ishlarini mavjud texnik vositalar yordamida bajarish uchun jins massivlarini portlatish yoki mexanik usulda oldindan maydalab olish zarur bo‘ladi. Konchilik sanoati - zamonaviy industriyaning asosiy xom ashyo va yoqilg‘i bazasi hisoblanadi. U energetika va xalq xо‘jaligining boshqa tarmoqlarining asosiy yoqilg‘i manbaidir. Shuningdek, konchilik sanoati qora va rangli metallurgiya, ximiya sanoati, о‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun xom-ashyo bazasi hisoblanadi. Xalq xо‘jaligida foydalanilayotgan tabiiy resurslarni 70% ini mineral xom-ashyolar tashkil qiladi. Jahon miqyosida qazib olinadigan foydali qazilmalarning umumiy miqdori yiliga 9-10 mln. t ni, kon massasining yillik unumdorligi esa 35-37 mlrd. t ni tashkil etadi. Ochiq usulda qazib olish ishlarining rivojlanishi, yer osti usulida qazib olishga nisbatan unumdor, iqtisodiy jihatdan samarador va xavfsizligidadir. Ochiq usulda qazib olishda ish unumdorligi yer osti usuliga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2-4 marta kam. Ushbu farq sо‘nggi 30-40 yil ichida oshib borishda davom etmoqda. Foydali qazilma boyliklariga xо‘jalik, qurilish, sanoat va ilmiy maqsadlar uchun qazib olinadigan va xom ashyo holida yoki qayta ishlangandan sо‘ng ishlatiladigan barcha turdagi tog‘ jinslari kiradi. Foydali qazilmalar qurilish va sanoatning asosi hisoblanib, mamlakat iqtisodiyotida katta о‘rin egallaydi. Uni xom-ashyo sifatida qazib olish va qayta ishlash miqyosi esa davlatning ishlab chiqarish saviyasini, boyligi va iqtisodiy rivojlanishini belgilaydi. Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olishda qoplovchi va о‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslari ham qazib olinadi. Foydali qazilmalar va qoplovchi hamda о‘z ichiga oluvchi tog‘ jinslari birgalikda kon massasi tushunchasi bilan birlashtiriladi. Tog‘ jinslarini foydali qazilmalarga va qoplovchi jinslarga ajratish bu nisbiy tushunchadir. Qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnikalarning rivojlanishi bilan kо‘pgina qoplovchi tog‘ jinslaridan foydali qazilmalar kabi foydalana boshlandi va bularning soni yildan-yilga oshib bormoqda. Har xil tog‘ jinslarini qazib olishda va turli-tuman qazilmalar, chuqurliklarni kovlash maqsadida yer ustida turib olib boriladigan ishlar yig‘indisiga ochiq kon ishlari deb aytiladi. Katta miqyosdagi ochiq kon ishlari foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan uzviy aloqadadir. Bunda yer ostida yotgan foydali qazilma boyliklarini qazib olish bilan aloqador barcha ishlar va jarayonlar, ochiq kon inshoatlari orqali amalga oshiriladi. Yer osti usulida qazib olishda esa foydali qazilma boyliklarini maxsus jihozlangan yer osti inshoatlari yordamida qazib olinadi. Konlarni ochiq usul bilan qazib olishda konchilik ishlari ikki qismga bо‘linadi: ochish ishlari (qoplovchi jinslarni qazish, tashish va joylashtirish ishlari); qazib olish ishlari (foydali qazilma boyliklarini qazish, tashish, bir joyga tо‘plash yoki tushirish ishlari). Ochish ishlari foydali qazilmani qoplab turgan bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlashdan iborat. Ushbu jarayon foydali qazilmaga yetib borishni ta’minlashi va uni xavfsiz holda qazib olishga sharoit yaratishi lozim. Ochish va qazish ishlari natijasida karyer hosil bо‘ladi. Karyer – foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib oluvchi kon korxonasi.. Ishlab chiqarish asoslari va maqsadlari uchun ochuvchi va tayyorlovchi lahimlarni birlashtiradigan alohida kon tayyorlov ishlari о‘tkaziladi (asosiy xandak va yarim xandak, qirqma xandak va yarim qirqma xandak va boshqa lahimlar). Kon tayyorlov ishlarini о‘tkazishdan maqsad shundan iboratki, bu qazish joylariga (zaboylarga) va kon ishlarining boshlanish frontiga transportni kelishini ta’minlash uchun yо‘l ochib beradi. Ochiq usulda qazish qо‘yidagilarni ham о‘z ichiga oladi: Ø kon va uning alohida uchastkalarini tayyorlash ishlari (asosan ustki qismini tayyorlash); Ø qazib olinayotgan tog‘ jinslari massivi mustahkamligini ta’minlashdagi kon- zaxira muxofazasi va inshoatlarini hisobga olish ishlari (suv muvozanatini ta’minlash, kon jinslarining о‘z-о‘zidan yonib ketishini va yuzaning deformatsiyasini oldini olishdagi qayta tiklash ishlari va h.k. ishlar Download 343.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling