Mavzu: Odam va hayvonlarda parazitlik qiluvchi soda hayvonlar. Reja


Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa


Download 45.19 Kb.
bet3/8
Sana16.03.2023
Hajmi45.19 Kb.
#1279279
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sodda hayvonlar

Bir hujayrali hayvonlar (Protozoa) kichik olamiga 31 mingdan ortiq tur kiradi. Ko’pchilik turlari dengiz va okeanlarda, chuchuk suvlarda yashaydi. Ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ularning orasida o’simliklar, hayvonlar hamda odam organizmida parazitlik qilib yashaydigan turlari ham anchagina. Bir hujayrali hayvonlar nomidan ko’rinib turganidek morfologik jixatdan tanasi bitta hujayradan tashkil topgan bo’lsada, lekin fiziologik jixatdan mustaqil individlar bo’lib, aloxida xolda ko’p hujayrali hayvonlarga o’xshab, butun organizmga tegishli barcha vazifalarni o’zi bajaradi.
Bir hujayrali hayvonlar kichik olami o’z navbatida 5 ta tipga bo’linadi. 1. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora). 2.Sporalilar (Sporozoa). 3. Mikcosporidiyalar (Micsosporidia). 4.Mikrosporidiyalar (Microsporidia). 5. Infuzoriyalar (Infuzoria). Bulardan sporalilar, mikcosporidiyalar va mikrosporidiyalar tiplariga kiruvchi barcha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi. Sarkomastigoforalar va infuzoriyalar tiplariga kiruvchi bir hujayrali hayvonlar asosan erkin xolda hayot kechiradi. Lekin ularning orasida ham maxsuldor hayvonlar va odamda parazitlik qilib og’ir kasalliklar va xatto o’limga olib keladigan turlari bor.
SARKODALILAR (SARCODINA) sinfiga 11000 ga yaqin tur kiradi. Parazit xolda yashaydigan turlari asosan amyobalar (Amoebina) turkumiga mansubdir.
Odam va hayvonlarda amyobalar turkumining bir necha turlari parazitlik qiladi.
Dizenteriya amyobasini birinchi marta 1875 yilda rus shifokori A.F.Lesh aniqlagan va bu amyobaning patogenli (zararli) bo’lishini isbotlagan. Ichburug’ amyobasining kattaligi 20-30 mikronga teng.
Kinetoplastidalar (Kinetoplastida) turkumining ayrim turlarigina erkin xolda yashaydi. Ko’pchilik turlari esa parazitlik qilib hayot kechiradi. Bu turkumning tripanosomalar (Trypanosoma) urug’iga kiruvchi turlari odam va umurtqali hayvonlar qonida, orqa miya suyuqligida va boshqa organlarida parazitlik qilib og’ir kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Tripanosomalarning tasmaga o’xshash yassi tanasi 15-40 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo’naladi. Xivchin yupqa to’lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan.
Leyshmaniya (Leishmania) urug’ining vakillari ham tripanosomalarga birmuncha o’xshash tuzilgan, lekin ular odamning terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin xosil qilmaydi, harakatsiz bo’ladi. Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bo’ladi. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qiladi. Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica) yuz, qo’l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi.
Teri leyshmaniozining qo’zg’atuvchisini rus shifokori P.F.Borovskiy birinchi marta 1882 yilda Toshkentda aniqlagan.
Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan. Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar xosil qiladi. Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho’ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va 3-6 oy davom etadigan o’tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo xalqlari o’rtasida yomon yara yoki pashshaxo’rda nomi bilan ham ma’lum.
Ichki leyshmanioz bilan og’rigan bemor sobiq ittifoq xududida birinchi marta 1909 yilda aniqlangan. Keyinchalik Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida bu kasallikning manbalari topilgan. Ichki, ya’ni visseral leyshmaniyani (Leishmania donovani) ingliz olimi Leyshman 1903 yili shu kasallikdan o’lgan odamning talog’idan ajratib olib aniqlagan. Umuman, leyshmanioz SHimoliy Afrika, Janubiy Evropa va Junubiy-G’arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. O’zbekistonning janubiy tumanlarida ham bu kasallik tarqalgan.

O’rta Er dengizi visseral leyshmaniozida teri va shilliq pardalar oqarib, mumsimon bo’lib qoladi. Bemorning jigar va talog’i kattalashib, kamqonlik hamda leykopeniya kuzatiladi. Bemor ozib ketadi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Jigari va talog’i shishib, bemor xalok bo’lishi mumkin. Kala-azar qo’zg’atuvchisi Janubiy va SHimoliy Osiyoda, Italiyada, Turkmanistonning ayrim xududlarida uchraydi.


Professor N.I.Xodukin visseral leyshmaniozning endemik zanjiri: it-flebotomus-odam ekanligini aniqlagan.
Akademik E.N.Pavlovskiy odamlar va hayvonlar o’rtasida bo’g’imoyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi.
Har ikkala leyshmanioz bilan ham ko’proq bolalar kasallanadi. Kasalliklardan keyin muntazam immunitet xosil bo’ladi. SHuning uchun har bir kishi leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.
Kasallikni aniqlash uchun to’sh suyagi ko’migi mikroskop ostida qaralib, hujayralarida leyshmaniyalar bor-yo’qligi aniqlanadi.

Download 45.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling