Mavzu: Ogahiy she’riyati - Darsning maqsadi:
- ta’limliy maqsad: - o`quvchilarni Ogahiyning hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish, mavzu yuzasidan yangi ma’lumotlar berish;
- tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarni ona tabiatga, tabiat ne’matlariga, milliy urf-odatlarimizga hurmat va muhabbat ruhida tarbiyalash;
- rivojlantiruvchi maqsad:- o`quvchilarning mustaqil va ifodali o`qish ko`nikmalarini rivojlantirish, badiiy adabiyotga bo`lgan qiziqishlarini oshirish.
Dars turi: yangi ma’lumot berish, matn ustida ishlash Dars uslubi: noan’anaviy, guruhlarda ishlash Dars jihozi: Ogahiy portreti, shoir haqidagi ilmiy va adabiy risolalar, tarqatmalar, boshqotirma, baholovchi kartochkalar, skoch, qaychi - Darsning borishi
- I.Tashkiliy qism. Sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi, o`quvchilarning davomati aniqlanadi va sinf jurnaliga qayd qilinadi. Sinf o`quvchilari oldindan guruhlarga ajratilgan bo`lib, ularga guruh nomlarini tanlash uchun tarqatmalar beriladi. Tarqatmani guruh sardori chiqib oladi va uni o`qib ehittiradi.Unda quyidagi nomlar yozilgan:
- “Shoirlar” “Tarjimonlar” “Tarixnavislar” “Miroblar”
- 1-topshiriq.Guruh a’zolari o`zlari tanlagan nomlarga sharx berishlari lozim. Bu topshiriqqa javob berihlari uchun o`quvchilarga 5 daqiqa vaqt beriladi.
II.Yangi ma’lumot berish - Ogahiy juda iste’dodli va serqirra ijodkor ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.
- Ogahiyning asosiy she’riy merosi ona tilida yozilgan bo`lib, ‘Ta’viz ul-oshiqin” devonida to`plangan. “Ta’viz ul-oshiqin”- “Oshiqlar tumori” degani. Devon ma’rifatparvar shoh va shoir Feruz- Muhammad Rahimxon Soniyning taklifi va talabi bilan tuzilgan. Bu devon XIX asr o`zbek she’riyatining benazir namunasi hisoblanadi. Devonda shoirning yigirmadan ortiq janrdagi sal kam yigirma ming misrali lirik merosi jamlangan. Ularning 1300 misradan ortig`I fors tilida bitilgan bo`lib, bu Ogahiyning zullisonaynlik an’anasini munosib davom ettirganligining yorqin dalilidir.
- Ogahiy devonidan turli: ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-didaktik, tabiat tasviri va boshqa mavzudagi she’rlar joy olgan. Lekin ularning aksariyati ishqiy mavzudadir.
- Shoir ijodida tabiat taviriga bag`ishlangan bir qator g`azallar bor. Qish va bahor tasviri chizilgan bu she’rlarda Ogahiyning peyzaj ustasi, o`tkir nigoh egasi ekanligi namoyon bo`ladi. Fasl tarovati, go`zalligini berishda shoir tashbih, tashhis (jonlantirish), sifatlash kabi badiiy tasvir vositalarini qo`llaydi. “Ta’viz ul-oshiqin”dagi ishqiy g`azallar nafaqat Ogahiy ijodining, balki butun o`zbek mumtoz adabiyotining sara namunalari hisoblanadi. “Yuzing ochkim, quyosh sadqang bo`lub boshigdin aylansun”, “Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina”, “Ey sho`x ko`z-u qoshiga olam gado, man ham gado” g`azallari Ogahiyning yuksak badiiy mahoratini, chinakam san;atkor shoir ekanligini tasdiqlaydi. Ayniqsa, “Ustina” radifli g`azali o`zining jozibasi, badiiy kashfiyotlarga boyligi biolan ajralib turadi.
Bugun biz siz bilan birgalikda ushbu g`azalni o`qib o`rganamiz. Hozir men sizga ushbu g`azalni ifodali qilib o`qib beraman, diqqat bilan tinglang: - Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina,
- Qatlim uchun “nas” keltirur”nun” eltibon “sod” ustina.
- Qilg`il tamosho qomati zebosi birla orazin,
- Gar ko`rmasang gul bo`lg`onin payvand shamshod ustina.
-
- Noz-u adou g`amzasi qasdim qilurlar dam-badam
- Vah, muncha ofatmu bo`lur bir odamizod ustina.
- Man xastag`a jon asramoq emdi erur dushvorkim,
- Qotil ko`zi bedod etar har lahza bedod ustina.
- Ul gul yuzi shavqi bila shaydo ko`ngul shom-u sahar,
- Bulbuldek aylar yuz navo ming nav’I faryod ustina.
- Boshimg`a yoqqan g`am toshin mingdin biricha bo`lmag`ay,
- Gardun agar ming Besutun yog`dursa Farhod ustina.
-
- Ey shah, karam aylar chog`I teng tut yamon-u yaxshini
- Kim, mehr nuri teng tushar vayron-u obod ustina.
- Xoki taning barbod o`lur oxir jahonda necha yil
- Sayr et Sulaymondek agar taxting qurub bod ustina.
- Ne jur’at ila Ogahiy ochg`ay og`iz so`z dergakim,
- Yuz xayli g`am qilmish hujum ul zor-u noshod ustina.
Endi ushbu g`azalning mazmunini baytma-bayt tahlil qilamiz - G`azalning 1-bayti, ya’ni matla’da arab alifbosidagi “nun” qoshga, “sod” ko`zga o`xshatilganligidan foydalanib, shoir yor go`zalligining o`ziga xos tasvirini yaratadi. “Nun”ni “sod”ning ustiga qo`yilsa(ya’ni avval”nun”, keyin unga qo`shib “sod” yozilsa), “nas”, ya’ni “hukm” so`zi hosil bo`ladi. Bu hukm (nas)ga ko`ra oshiq qatl etilishi kerak. Chunki “nun”ga o`xshash mushk rangli qora qosh bilan “sod”ga ko`z o`zlarining yor yuzidagi ko`rinishi (hay’ati) bilanbu hukmni chiqarganlar. Ogahiygacha ko`z-u qoshni mazkur harflarga tashbeh qilish, chashm (ko`z)ni jallod deyish an’anaviy tasvir edi. Lekin harflardan so`z yasab va uni mazmunga, tasvirga tadbiq etih- bu yangilik edi.
- G`azalning mazmuni shu tarzda tahlil qilinadi va o`quvchilarga 2-topshiriq beriladi
2-topshiriq. G`azaldagi she’riy san’atlarni toping. Bu topshiriqqa ko`ra guruh a’zolari g`azalda qo’llangan she’riy san’atlarni topadilar va uni tarqatilgan oq qog`ozlarga yozadilar. Guruh a’zolaridan bittasi uni taqdimot qiladi. - 3-topshiriq. Boshqotirmani yeching. Bunda guruh a’zolariga boshqotirmalar tarqatiladi.Boshqotirmada Ogahiyning hayoti va ijodiga,yozgan asarlariga oid savollar mavjud.
- Topshiriqlarning hammasi bajarilgach, o`quvchilarning umumiy bali hisoblanib, g`olib jamoa aniqlanadi.
Uyga vazifa g`azalni yod olib kelish topshirig`i beriladi. - O`quvchilar baholanadi.
- Dars yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |