Mavzu. Oila va gender sotsiologiyasi fan


Download 34.33 Kb.
bet2/2
Sana28.10.2023
Hajmi34.33 Kb.
#1729952
1   2
Bog'liq
MAVZU

Uilyam Ogbern «o‗zgarib borayotgan oila» (1929) kitobi.
Bizning asrimizni o‗rtalarida yangi gipotezalarni tekshirishga harakat qilindi. Tadqiqotning asosiy yo‗nalishi aniqlandi, shuningdek olingan natijalar asosida empirik materiallar yig‘ib borildi. Bu davrda miqdoriy usullarning statistikadan foydalanishning ahamiyati o‗sib bordi. Sotsial-psixologiyaning rivojlanishi boshlanib, ruhshunoslarning ta‘siri ko‗zga tashlana boshlandi va oilaga nisbatan ijtimoiy psixologik nuqtai nazar shakllanib bordi.
1945 yil E.Berdjes va X.Lokkning «Oila – institutdan ham do‗stlikka» kitobi chop etildi. Chikago maktabining vakillari, oila hayotidagi o‗zgarishlar institutlardan, (ya‘ni) (oilaning an‘anaviy shaklidan) hamdo‗stlikka (oilaning zamonaviy shakli) o‗tishi munosabati bilan ro‗y berayotganligini isbot qilmoqchi bo‗ldilar. Oila va nikoh mustahkamligi asosan er-xotinlarning psixologik sa‘y-
harakatlariga bog‘liq. Boshqacha qilib aytganda, oila ijtimoiy institut sifatida o‗zining barcha xususiyatlarini yo‗qotganda, o‗zining xohish va ehtiyojlarini amalga oshirish niyatida o‗zaro harakatdagi shaxslarning mustaqil uyushmasiga – hamdo‗stlikka aylanganda o‗zgaradi. Berdjess va Lokkning bu asari sotsiologik jihatdan sodda bo‗lgan. Lekin oilaning o‗zgarishi haqidagi fikrlar boshqa olimlar tomonidan ahamiyatga olinib rivojlantirilgan. Bu davrni amerika olimi Kristenen «Paydo bo‗layotgan fan davri» deb atadi. Bu paytda oila teoriyasida zarur bo‗lgan masalalar: oilaning shakllanishi, er-xotinlarning mosligi, nikoh, qoniqish va uning muvaffaqiyati, uning mustahkamligi haqidagi fikrlar juda ko‗p uchradi. Olimlar ko‗pgina nazariy konsepsiyalar ishlab chiqdilar.
XX asrning 2-yarmidan oila sotsiologiyasining rivojlanishida
«tizimli yondashuv qurilishi davri» deb nomlangan davr boshlandi. Aynan shu davrdan boshlab, oila-nikoh munosabatlariga oid ko‗p sonli empirik ma‘lumotlar yig‘ishi boshlandi. EXM ning tez suratlarda rivojlanishi olingan ma‘lumotlarni yanada chuqurroq va jiddiyroq o‗rganishga imkon yaratdi. Bu davrda oila muammosi – oila va nikoh barqarorligining buzilishi aktual va muhim masalaga aylandi. Nikoh barqarorligining buzilishi jamiyatda o‗z aksini topadi. Natijada oila va nikohni tadqiq qilishga ijtimoiy talab ortdi. Avvaliga AQShda, keyin Angliya, Avstriyada, Kanadada, Finlyandiyada, Fransiyada va boshqa Yevropa davlatlarida kechroq sobiq SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlarida tadqiqot markazlarining soni ortib bordi.
Oilaviy jarayonlarni tahlil qilish uchun zarur bo‗lgan tushunchalarni tartibga solishga intilish, bu tushunchalar o‗rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash muhim bo‗lib qolgan. Bu jarayonda amerikalik sotsiolog Talkott Parsonsning (1902-1979) alohida o‗rnini ta‘kidlashimiz lozim. 50-yillarda u ma‘lum darajada fanlarning o‗zaro ta‘siri uchun ochiq va maxsus masalalarni yechishda yaraydigan «ijtimoiy harakat tizimi» ni ishlab chiqish. Bundan tashqari ijtimoiy borliqni tushunchaviy, lug‘aviy talqin etishiga imkon yaratdi. Amerika oilasini tahlil qilishda T.Parsons madaniy antropologiya va etiografiyada keng tarqalgan uslub, ya‘ni - qarindoshlik terminologiyasini o‗rganish uslubidan foydalangan. T.Parsons o‗z hamkasblari bilan birgalikda jamiyatda er-xotinning rolini aniqlash borasida birinchi bor tadqiqot o‗tkazdi.
Oila sotsiologiyasi bo‗yicha XX asrda chop etilgan barcha adabiyotlarni olsak, ularni yarmidan ko‗pi 1955-yildan so‗ng paydo bo‗lgan. 50% ga yaqin chop etilgan ishlar nazariya tuzish g‘oyasiga ega. Taniqli sovet sotsiologi M.S.Maskovskiy bergan ma‘lumotlariga ko‗ra oila sotsiologiyasining rivojlanish davrida 80-yillarning oxiriga qadar 3000 dan ortiq shu sohaga oid ishlar chop etishdi. Ammo hozirgacha oila va nikoh sotsiologik nazariyasida rivojlanishga ehtiyoj sezilib turibdi. Sovet va zamonaviy avtorlarning ishlarida ilmiy tizimga murakkab nazariy tushunchalar kiritilgan, oilaga bog‘liq hodisa va jarayonlarning tipologiya va klassifikasiyalari yaratilgan.
Oila sotsiologiyaning nazariy ishlaridagi yutuqlarga turli ilmiy sohalarning umumlashuvini dalil qilib ko‗rsatish mumkin:

  • demografiyaning (ayniqsa tug‘ilish va avlod yaratish ancha rivojlangan);

  • sotsial-psixologiyaning (oilaviy kelishmovliklarni o‗rganish va oila rivojlanish dinamikasi);

  • pedagogikaning (oilaning tarbiyaviy vazifasini o‗rganish);

  • huquqning (nikoh va ajralishlarning hayotiy tomonlarini, oila a‘zolarining mavqyeini);

  • iqtisodning (oila byudjeti, oilaning iste‘mol, oilaviy daromad, oilaning ishlab chiqish faoliyati);

  • etnografiyaning (turli etnik guruhlardagi oilaning turmushi va madaniy xususiyatlari).

Sobiq SSSR dagi mashhur oila sotsiologlari – A.G.Xarchyov,
M.S.Maskovskiy, N.G.Yurkevich, V.A.Susenko, A.I.Antonov,
S.I.Golod, N.Ya.Solovyev. Sobiq sovet oila sotsiologiyasida
A.G.Xarchyovning «SSSR da nikoh va oila» va M.S.Maskovskiyning
«Oila sotsiologiyasi, nazariya, metodologiya va metodika muammolari» kabi ishlari katta ahamiyat kasb etgan.


1 Харчев А.Г. Брак и семья в СССР. – М.: Наука, 1979. – С. 34.

2 Тощенко Ж.Т. Социология. Общий курс. 2-е изд. доп. и перераб. – М.: Прометей, Юрайт, 1999. – С. 201.

3 Психология. Словарь. М.: Политиздат, 1990; Левкович В.П. Особенности супружеских взаимоотношений в разнонациональных семьях // Психол.журн. 1990. Т. 11. № 2. - С. 25-36; Олейник Ю.Н. Исследование уровней совместимости в молодой семье // Психол. журн. 1986. Т. 7. № 2. - С. 59-65.

4 Социальная работа. – Ростов н/Д: Феникс, 2003. – С. 291.

5 Социальный портрет узбекистанца. Результаты социологического исследования. – Ташкент: Центр «Ижтимоий фикр», 2002. – С.

6 * Орентация - қарашларга таяниш (олимларга акс).

Download 34.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling