Jismoniy tarbiyaning maqsadi - insonni har tomonlama jismoniy jihatdan chiniqqan, mustahkam irodali, qat’iyatli va Vatanni himoya qila oladigan sabot-matonatli shaxsni tarkib toptirishdir. Bunda kishining ijodiy imkoniyatlari doirasini kengaytiriladi va ularning mehnat tarbiyasiga hamda ijtimoiy-foydali mehnatga yo‘naltirilishiga e’tibor kuchaytiriladi. Bular bolalardagi harakat ko'nikmalarining ortib borishi, jismoniy sifatlarning takomillashuvi va sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga har tomonlama yordam beradi.
Asosiy qisim
1. Oilada jismoniy tarbiya mazmuni. Oilada jismoniy tarbiyani yo'lga qo'yish
Jismoniy tarbiya mohiyati. Jismoniy tarbiya, shu jumladan muntazam ravishdagi jismoniy mashqlar kishi organizmining har qanday muhitga chidamliligini oshirishga, sog’lig’ini mustahkamlashga, ongli ravishda uzoq umr ko‘rish imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatdir. Bugungi kunda hukumatimiz bunday muhim omillarni e’tiborga olib qolmasdan, balki ularni muntazam ravishda amalga oshirib borishni davlat siyosati darajasigacha ko‘tarmoqda. Jumladan, «Umid nihollari» (o‘rta umumta’lim o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun), «Barkamol avlod» (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari o‘quvchilari uchun), «Universiada» (oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun) kabi respublika miqyosidagi musobaqalar davlatimiz tomonidan talaba-yoshlarimizning ham jismonan, ham ma’nan yuksakligini o‘ylab qilinayotgan tadbirlardir. Bular orqali yoshlarni barkamol shaxs darajasida tarbiyalashga erishamiz va ular yuksak unumli ongli mehnat qilishga tayyor bo’ladi hamda o‘z ona-Vatanini sodiqlik bilan qo‘riqlashdek xislatlarga ega bo’ladi. Yuqorida qayd etilgan tadbirlardan asosiy maqsad - yosh avlodni bolalik chog’ldan boshlab jismoniy jihatdan sog’lom va baquvvat hamda irodali qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |