Mavzu. Oilada jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiyaning maqsadi
Download 243 Kb.
|
OILADA JISMONIY TARBIYA
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - insonni har tomonlama jismoniy jihatdan chiniqqan, mustahkam irodali, qat’iyatli va Vatanni himoya qila oladigan sabot-matonatli shaxsni tarkib toptirishdir. Bunda kishining ijodiy imkoniyatlari doirasini kengaytiriladi va ularning mehnat tarbiyasiga hamda ijtimoiy-foydali mehnatga yo‘naltirilishiga e’tibor kuchaytiriladi. Bular bolalardagi harakat ko'nikmalarining ortib borishi, jismoniy sifatlarning takomillashuvi va sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga har tomonlama yordam beradi.
Jismoniy tarbiyaning vazifalari quyidagilar: har tomonlama, ya’ni ham jismonan, ham ma’nan rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga muhim hissa qo‘shib va ulardagi ozodalik, pokizalik, irodalilik, sabr-bardoshlilik ko‘nikmalarini tarkib toptirishdan iboratdir (bosh vazifa); sog‘liqni mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy takomillashuvga asos yaratish; yoshlar ongida harakat turlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish va ularning kishi sog‘lom turmush tarzidagi ahamiyati haqidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish; kishining harakatlanish jarayoniga tegishli faoliyatini takomillashuviga yordam berish; yoshlarning yoshiga, jinsiga mos keladigan jismoniy mashqlar tizimini aniqlash va ularning asosiy harakat faoliyatining rivojlantiruvchi mexanizmlarini (texnologiyalarini) ishlab chiqish; jismoniy tarbiya va sport, jismoniy madaniyat va onglilik sohasidagi ma’lumotlarni bayon qilishda axloqiy-irodaviy sifatlarni tarbiyalash, xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutish; yoshlarning sport bilan qiziqish va unga bo‘lgan maylligini hosil qilish yordamida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bilan muntazam ravishda shug‘ullanish uchun odatlanishiga yordam berish (ijobiy ta’sir ko‘rsatish); yoshlar turmush tarzida jismoniy tarbiyaga ongli munosabatda bo‘lishni o‘rgatish, ya’ni o‘z sog‘lig‘iga ongli munosabatda bo’lishni shakllantirish orqali ularni gigiyena qoidalariga amal qilishni va ertalabki gimnastika qilishga odatlantirish hamda doimiy ravishda sport mashg’ulotlariga qatnashishini tarkib toptirish. Download 243 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling