Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

Gipoproteksiyaning ham haddan ziyod shakli borki, unda bola ota-ona 
nazoratidan ataylab tashlab qoldirilgani sababli, uning noto‘g‘ri yo‘llarga kirib 
ketayotganligiga ham kattalar befarq bo‘ladilar. A.Ye. Lichko
15
va boshqalarning 
Rossiyada o‘tkazgan tadqiqotlarida yomon yo‘lga kirib ketgan, voyaga yetmagan 
jinoyatchilarning ota-onalarida jiddiy xatoliklar aniqlangan. Ular bolasining 
noto‘g‘ri xatti-harakatini oqlamoqchi ham bo‘ladi, yoki aybni boshqalarga, 
masalan, ko‘cha bolalariga, maktabdagi intizomsizlikka, o‘qituvchilarning 
befarqligiga to‘nkamoqchi bo‘ladi, faqat o‘zlarining aybini sezmaydi yoki tan 
olmaydi. 
Oilaviy tarbiyaning yana bir shakli – ziddiyatli tarbiya. Bunda oila 
a’zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya uslublarini qo‘llaydi, 
masalan, otasi o‘ta qattiqqo‘l, ona o‘ta mehribon, yoki ota-ona bolaning xulqini 
juda nazorat qilib, mas’uliyat bilan uning axloqiy tarbiyasi bilan shug‘ullalanadi, 
buvilari esa aksincha, uni erkalatib, izdan chiqib ketishini – “hali yosh, katta 
bo‘lganda o‘zi yaxshi bo‘lib ketadi”, qabilida ma’qullayveradi. Bunday beqaror 
15
Личко А.Е., Бартенский В.С. Подростковая наркомания.- Л., 1991 


64 
tarbiya uslublarini E.Eydemiller
16
, V.Yustiskiy, N.Lengard
17
lar o‘rganib, uning 
oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, masalan, qaysarlik, obro‘li 
shaxslarning tazyiqini noto‘g‘ri baholash kabilar shakllanishini isbotlaganlar. Ota-
ona tarbiyadagi beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni 
bilmaydi. Ko‘pincha bu – bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni tinchlantiradi. 
Aksariyat ota-onalar bolasini yo‘qotib qo‘yish yoki uning ko‘ngli qolishidan 
qo‘rqib ham noto‘g‘ri tarbiya yo‘llarini tutadi. Shuning uchun oilaviy tarbiya o‘ta 
murakkab jarayon bo‘lib, unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor 
bo‘lishlari kerak”. 
Boshqa tadqiqotlarda aniqlanishicha, bolaning o‘z oilasi to‘g‘risidagi 
tasavvurlari ko‘pincha ota-onaning tasavvurlari va asl holat bilan qisman mos 
keladi. Odatda ota-ona o‘z farzandi uchun qo‘lidan kelgan barcha choralarni 
ko‘rayotganday, buni bola anglashini va undan hamisha minnatdor bo‘lishi 
kerakligini kutadi, lekin bolalar bu xususda turlicha tasavvurga ega bo‘ladilar. 
Mehribon ota-ona og‘ushida ayrim bolalar o‘zlarini baribir yolg‘iz, kemtik, 
kamsitilgan his etadi. G.T. Xomentauskas
18
(1989) oilada ota-ona xulq-atvori va 
bolaning bu xatti-harakatlarni idrok qilishi va ota-onaga munosabatining 5 ta 
asosiy ko‘rinishlarini tahlil qilgan: 

Ota-ona va bola munosabatlari demokratik tamoyillarda amalga 
oshadigan oilada bolada o‘zi va ota-onasi to‘g‘risida quyidagicha tasavvur 
shakllandi: “Meni sevishadi va men kerakman, shuning uchun men ham ularni juda 
sevaman”. Bunday bola psixologiyasi va xarakterida ustuvor fazilatlar sifatida 
adekvat o‘z-o‘zini baholash va insonlarga ishonch, har qanday yaxshi narsalardan, 
jumladan, ota-ona bilan yaqin, samimiy munosabatlar quvonish, o‘ziga ishonch, 
xatoliklardan cho‘chimaslik, ayb ish qilib qo‘yganda ham unchalik qayg‘urmaslik, 
zaruratga qarab iltimoslar qilish va bunda real ko‘mak olishga umidvorlik, ota-
16
Эйдемиллер Э.Г., Юстицкий В.В. Психологи и психотерапия семьи.- СПб, 1999 
17
Леонгард К. Акцентурованные личности. – Киев, 1989 
18
Хоментаускас Г.Т. Семья глазами ребенка.- М., 1989 


65 
onaning hayotdagi o‘rni va ishonchlarini, umid va istaklari bilan hisoblashish 
kabilarni sanash mumkin. 

Bolaga nisbatan haddan ziyod mehribonlik (giperproteksiya), e’tibor 
ko‘rsatilgan oilada bola “Meni sevishadi va men kerakman, ular meni deb 
yashashadi”, degan tasavvur mavjud bo‘ladi. Bunday oilada bolalar o‘zining 
borligidan, tug‘ilganligidan mag‘rurlanib yashaydi va shuning uchun har qanday 
tilak va xohish amalga oshishiga ishonadi. Odatda bunday bolaning tug‘ilishini 
ota-ona uzoq vaqt kutgan bo‘ladi va buni ular hadeb bolaga eslataveradi, shuning 
uchun ham bola juda egoist bo‘lib ulg‘ayadi, ota-onasining nochorligi to‘g‘risidagi 
tasavvur o‘zining ko‘p narsalarga qodirligi bilan uyg‘unlashadi. Tantiq bolada o‘zi 
to‘g‘risida go‘yoki o‘ta iqtidorli ekanligi fikri ustuvor bo‘ladi, chunki ota-ona 
uning ayrim, ahamiyatsiz yutuqlarini ham osmonga ko‘taradi. 

Yuqoridagi holatning aksi, ya’ni, bolaga nisbatan e’tiborsizlik, 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling