Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

Z. Freyd
13
nazariyasiga ko‘ra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora 
agressiv bo‘lib borib, o‘zida alamni qaysidir bir ob’ektdan (o‘zidan kichiklardan
begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo‘lib o‘sadi. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerikada ko‘cha bolalarining kamida 1%i oilada ayni 
13
Фрейд З. Психология «Я» и защитные механизмы. – М., 1993 


62 
shunday tarbiyaning qurbonidirlar. Amerikalik olim S.D.Sherrits
14
oiladagi ana shu 
kabi qattiqqo‘lliklarning bola va ota-ona xulq-atvoriga salbiy ta’sirini o‘rganib, 
ularning xarakterida ro‘y beradigan o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tgan. Jismoniy 
jihatdan bolaga zug‘um qilib, uni kaltaklash holatlari deyarli barcha ijtimoiy 
qatlam vakillariga xosdir. Hayotda, ish-faoliyatida omadi kelmagan yoki baxtsiz 
muhabbat qurboni bo‘lgan, lekin farzand ko‘rgan ayollarning aksariyati achchig‘ini 
bolasidan olishga moyillik tarkib topadi, bu tobora hayotiy ko‘nikmaga aylanib 
boradi. Ayniqsa, stress omillar ta’sirida ota-ona (masalan, ishsizlar, uyi yo‘qlar, ish 
qidirib boshqa yerlarga ketib qolgan migrantlar, etnik yoki moliyaviy 
ziddiyatlarning qurbonlari, kambag‘allar) o‘z ijtimoiy muammolarini hal qila 
olmay, tug‘ilgan bolasidan o‘ch ola boshlaydi. 
Turmushdagi muammolar qanchalik ota yoki ona uchun murakkab tuyulsa
ularning bolasini kaltaklashi, undan o‘ch olish ehtimoli shuncha yuqori bo‘lishini 
olimlar o‘rganishgan. Shunisi xarakterliki, bolasini tez-tez do‘pposlaydigan ota-
ona ayrim holatlarga unga qattiqqo‘lliklarining sababini aytib, bu kabi harakatlarni 
nima uchun, nima sababdan amalga oshirayotganligini tushuntirishga ham jazm 
qiladi, bolani ularni tushunishga, hattoki, ko‘mak berishga chaqiradi. Masalan, 
topganini o‘zi ko‘chada yeb, alkogolga almashtirib kelib, achchig‘ini yana boladan 
oladi-da, puli asli kam ekanligini, ichmasa turolmasligini bolaga tushuntiradi. 
Bunda bolaning yoshi unchalik ahamiyatli ham emas, 2 yoshdan o‘tgan bolaga 
nisbatan jazo choralari ko‘rilganligini ayrim holatlarda OAVda aks ettiriladi. 
Gipoproteksiya – shunday holatki, unda ota-onaning bola bilan 
shug‘ullanishga yo vaqti yetishmaydi, yoki bu ishni boshqalarga yuklab qo‘yadi. 
Ayrim ota-onalar shu tarzda hayot kechirib, farzandlarini umuman nazorat ham 
qilmaydi, uning taqdiriga befarq bo‘ladi, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydi, bolasining 
kelajagiga qayg‘urmaydi. Gipoproteksiyaning yashirin shaklida ota-ona bola 
14
Шерритс С.Д. Жертвы побоев: Жестокое обращение с ребенком // Психологическая энциклопедия. Изд-е 
2-е. / Под ред. Р. Корсини, А. Ауэрбаха.- СПб, 2003 – С. 201-203 


63 
ustidan nomiga nimalardir qilganday bo‘ladi. Lekin aslida ularni faqat o‘zlarining 
kundalik muammolari qiziqtiradi. Bola bu holatlarni tahlil etib, o‘zining kerak 
emasligini, oilada ortiqcha ekanligini anglab boradi. 
Tashlab qo‘yilgan bolalar yoki tashlandiq bolalar – odatda yoshligidan na 
moddiy, na ma’naviy ehtiyojlari qondirilmagan bolalardir. Ular masalan, qorni 
to‘ymaganidan jismoniy taraqqiyotdan orqada qolsa, nazorat va e’tiborning 
yo‘qligidan turli jinoyat yo‘llariga kirib qoladi, yaxshi, samimiy e’tibor va 
mehrning yo‘qligidan jamiyatda, odamlar orasida o‘z o‘rnini topishga 
qiynaladigan, odamovi, savodsiz bo‘lib o‘sadi. Bularning barchasi ularning 
kelajakda jinoyat yo‘llariga kirib qolishiga yoki zararli odatlarga o‘rganishi 
(giyohvand moddalar iste’mol qilish)ga sabab bo‘ladi…

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling