Mavzu. Oilada ota-ona, farzand munosabatlarining ijtimoiy- psixologik muammolari. Annotatsiya: Dissertatsiyaning kirish


Download 1.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/24
Sana18.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1571986
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
TO\'LQINJONNING MAGISTRLIK ISHI 111

 
Bob yuzasidan xulosa 
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, ma’lumki, oila shaxsning 
ijtimoiy muhit ta’sirlarini o‘zida mujassam etish, bu ta’sir natijasida 
shakllanadigan insoniy sifatlarning namoyon bo‘lishi uchun eng qulay, maqbul 
ijtimoiy institutlardan hisoblanadi. Shaxsda biz kundalik hayotda ko‘radigan 
sifatlarning aksariyati aynan oila muhitida, oiladagi shaxslararo munosabatlar 
tizimida shakllanadi, kamol topadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, oilaning 
to‘liq yoki noto‘liqligi hususiyati shaxs ijtimoiylashuvi jarayoniga qanday ta’sir 
qilishini o‘rganish ilmiy nuqtai nazardan ahamiyatga molik masaladir. 
Ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasidagi emotsional munosabatlar olimlar 
tomonidan asosan ikki xil shaklda kechishi ta’kidlanadi. Birinchisida o‘zaro 
munosabatlarda yaqinlik, yaxshilik kabi ijobiy xislatlar yuqori darajada, 
ikkinchisida, qattiqqo‘llik va jazolash. 
G‘arb mamlakatlarida, shuningdek Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiyada 
o‘tkazilgan oilaviy munosabatlar borasidagi tadqiqotlardan biz shunday xulosa 
chiqardikki, bu tadqiqotlarda noto‘liq oila va uning o‘ziga xos tomonlarini ijtimoiy 
psixologik jihatdan o‘rganishga qaratilgan maxsus izlanishlar juda kam. Bu 
izlanishlar ko‘proq oiladagi shaxslararo munosabatlarning buzilishi, “tarbiyasi 


75 
og‘ir bola” kategoriyasining paydo bo‘lishi hamda oilada ota yoki onaning o‘z 
funksiyalarini qay tarzda bajarishlari doirasida o‘rganiladi.
Ota-onalarning o‘smirlik yoshidagi farzandlari bilan o‘zaro munosabatlari 
buzilishi muayyan muomala standartlaridan og‘ish namoyon bo‘lishi munosabati 
bilan sezila boshlaydi. Aynan shu sababli kattalar o‘z munosabatlaridagi 
xatoliklarning sabablarini izlab, ularni bartaraf etish yoki kamaytirishga urina 
boshlaydilar. 
Odatda oila o‘z kuchi bilan munosabatlardagi buzilishlarni aniqlashga imkon 
topmaydi, chunki ushbu munosabatlarni chuqur o‘rganish, uni tahlil qilish uchun 
uni obdon o‘rganib, tadqiq etish talab etiladi. 

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling