Mavzu: Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish Bajardi: Kuronova Shoxsanam


Download 0.64 Mb.
Sana01.05.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1419319
Bog'liq
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish


Mavzu: Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish
Bajardi: Kuronova Shoxsanam
 Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'inidir. U o'zida oila a’zolarining ehtiyojlari,qiziqishlari, mayyan, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalaming bola shaxsiga ilmiydunyoqarash asoslari, ma’naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillami shakllantirish maqsadida tizimli ta’sir ko'rsatishjarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Oilalar respublikamiz shahar va qishloqlarining yagona ijtimoiy-iqtisodiy umumiyligi asosida rivojlanadi. Ayni paytda oilaviy hayot va oilaviy tarbiya o'zining milliy xususiyatlariga ham egadir. Pedagogik tashxislashda oila tarbiyasi o'z milliy va demografik xususiyatlari bilan bir-biridan farqlanishini hisobga olish zarur.
Oilaviy tarbiyada oilaning moddiy farovonligi, madaniy-ma’naviy saviyasi,osoyishtaligi, oila a’zolarining soni, tarkibi alohida ahamiyat kasb etadi. Pedagogika va psixologiya fanlanda ota-onalar bilan ish olib borishga doir turli hil yondaShuvlar mavjud. Shulardan K. Leongard, Myunstenberg, Dembo-RubinShteyn, ye. Klimov, I. Grebennikov, A.Q. Munawarov, O. Musurmonovalartomonidan yosh va pedagogik psixologiyaga asoslangan holda yaratilgan ma’rifiy-axborotli yondoshuvlardir. Bu yondashuvlaming mazmuni va mohiyatidan kelib chiqqan holda ota-onalarga uzluksiz va ma’lum tizim asosida yordam berish maqsadida oila uchun ommaviy ta’lim dasturlari ham ishlab chiqilgan. Bu dasturlar asosida oilaning bola tarbiyasidagi rolini faollaShtirishga muvaffaq bo'linmoqda. Ma’lumki, aniq manzilga qaratilgan har qanday faoliyat o'z samarasini beradi,shuning uchun muayyan ijtimoiy pedagogik yordamga muhtoj oilalami ijtimoiypedagogik tashxis asosida aniqlab, ularga real yordam ko'rsatish, ya’ni oiladavaleologik sog'lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarga to'g'ri tarbiya berish maqsadga muvofiqdir. Oila tarbiyasida aynan oila tashxisi muhim ahamiyat kasbetadi.
Наг bir oilaning ehtiyojlanni inobatga olgan holda ularga ijtimoiy pedagogik yordam berishda maxsus amaliy ishlar (spetspraktikumlar) muhim ahamiyatga ega. Oiladaga sog‘lom muhitni tashxis etish. Oilada sog'lom turmush tarzini saqlashga doir-ota-onalaming pedagogik-psixologik tayyorgarligiga bo'lgan ehtiyojni tashxis etish bo'yicha maxsus amaliy ish quyidagicha amalga oshiriladi: -maqsadni belgilash, ya’ni oiladagi erishilgan yutuqlami aniqlab, ularga suyangan holda ota-onalarning yana qanday imkoniyatlarga ega ekanliklarini hamda qanday yordamga muhtoj ekanligini belgilash
Ota-onalar bolalarining maktab-o'quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
bolalaming darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo'l qo'ymaslik;
- bolalaming mashg'uloti uchun uyda unga qulay Sharoit yaratish;
- bolalaming uy vazifalariga halollik bilan qarashga o' rgatish, bolalaming g'ayrat va chidamliligini oshirish;
- bolalami vijdonli va rostgo'y bo lishga, mustaqil ishlarga o' rgatish.
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling