Mavzu: O’lchashlarning usullari va turlari
Download 0.57 Mb.
|
Mavzu O’lchashlarning usullari va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralari
Shartli belgilar
Magnitoelektrik ramkali Elektromagnit asbob Elektrodinamik asbob Kontrokl savollar. 1.O’lchash asboblarining sezgirligi qanday aniqlanadi? 2.O’lchash diapazoni deb nimaga aytiladi? 3.Analogi o’lchash asboblariga qanday asboblar kiradi. 4.Magnitoelektrik va elektromagnit o’lchash asboblarining afzalliklari va kamchiliklari. 5.Elektrodinamik o’lchash asboblarining shkala tenglamasi Tayanch iboralari: 1.O’zgartirish funktsiyasi 2.Sezgirli 3.O’lchash diapazoni 4.Sezgirlik ostonasi 5.xususiy energiya sarfi 6.Asbobning ishonchliligi 7.Asbobning o’lchash xatoligi. MAVZU: O’LCHASH TEXNIKASIDAGI YANGI AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMLAR VA O’LCHASH TEXNIKASINING RIVOJLANTIRISHI. Reja: 1.O’lchash texnikasidagi yangi va avtomatlashtirilgan tizimlar 2.O’lchash texnikasining xozirgi kundagi holati va rivojlanishi istiqbollari 3 O’lchash texnikasidagi yangi va avtomatlashtirilgan tizimlar. O’lchash texnikasining rivoj uchun yangi o’lchash usullari asos bo’lib xizmat qiladi. Keyingi paytlarda yangi o’lchash usullarining paydo bo’lishi nafakat atrof muxitni tekshirish uchun foydalanish mumkin bo’lgan yangi fizikaviy xodisalarning ochilishi, balki yangi xususiyatlarga esa bo’lgan birlamchi o’lchash o’zgartkichlari ishlab chikarish texnologiyasining tez rivojlanishiga xam bog’likdir. Bunday yangi o’lchash usullari ichida yarim o’tkazgichlardan yoruglik o’tkazgichlaridan, yupqa plenkali o’zgartkichlardan UYUCH-o’zgartkichlardan foydalanishga muljallangan usullarni aytib utish mumkin. Miskroprotsessorli axborotlarni qayta ishlash vositalarining yangi, zamonaviy turlarini yaratilishi o’lchashlar nazariyasi va amaliyotining rivojiga salmokli turtki bo’ladi. Mikroprotsessor-sonlarning ikkili kodidan iborat muayan arifmetik va logik opreatsiyalarni bajarishga muljallangan qurilmadan iborat. Muayyan arfmetik va logik operattsiyalarni bajarishga muljallangan qurilmadan iborat. Mikroprotsessorlarning aniq turiga bog’liq ravishda bu opreatsiya komandalar yigindisi sifat hamda mazmun jixatidan ham keskin farq qilishligi mumkin. Lekin har qanday holadda ham komandalar yigindisi uchun ular kombinatsiyasi orkali har qanday talab kilingan sonlar o’zgartirishini ta`minlaydigan komandalar yigindisining to’lalik sharti bajarilishi kerak. odatda, mikroprotsessor bir yoki bir necha integral mikrosxemalar ko’rinishda yasaladi. Mikroprotsessorlarning kichik o’lchamlari va va nisbatan arzonligi ularni o’lchash asboblari va tizimlari tarkibida muxim o’zgartkichlardan biri sifatida ishlatilish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan loyixalash tizimlari (ALT) nazariyasining muvaffaqiyati o’lchash vositalarini ishlab chikarish amaliyotining extiyoji tufayli yuzaga keladi. ALT loyihalash muddatlarini bir necha marta qisqartirish bilan birgalikda loyihalashdagi o’ta qiyin va mayda ishlarni EXM yordamida bajarishdan iborat. Bunday operatsiyalarga quyidagilar mansubdir: -mavjud texnikaviy echimlar haqidagi axborotlarni qidirish. -mumkin bo’lgan echim variantlarini ajratib olish. -tavsiflarni xisoblash va parametrlarni optimallashtirish. -loyiha xujjatlarini tayyorlash. O’lchash vositalarini ishlab chiqarish tezlashtirish va sifatini sezilarli darajada oshirish bir xil metrologik asosida kompleks loyihalash tizimlarini yaratish va keng ko’lamda tadbiq etish evaziga erishilishi mumkin. Bunday usul elementlari o’lchash tizimlarining keng avtomatlashtirilgan loyiha tizimlarida (UTKALT) ishlatiladi. UTKALT tizimlarini uslubiy ta`minlash asosida quyidagilar etadi. -o’lchashvositalarining informasiontavsiflarini baholash; -informasion operatorlar yordamida informasion jarayonlarni modellash; -informativ signallarni o’zgartirishning operatorli tenglamalaridan foydalanib strukturali sxemalarni sintez qilish; - alohida loyihali yechimlarining dastlabki berilmalarini majmui asosida muqobillashtiriosh usullaridan foydalanish. Suniy yaratish yo’lida to’rtta asosiy masalani yechish lozim. 1.Fikrlash qonunlarini tekshirish va ularga mos keladigan algoritmllarni yaratish. 2. EHM ga kelib t\ushasyotgan axborotlarni hamda fikrlashning sosial aspektlarini to’g’ri tushunishni ta’minllovchi juda ko’p miqdordagi boshlang’ich bilimlar ba’zasini EHM da yig’ish. 3. Bilim va rivojlanish jarayonining asosi sifatada sun’iy ong tizimlarining amaliy faoliyatini taminllovchi voksitalar yaratish, ya’ni biribchi navbatda inson qo’lini modellashtirish; 4. Sun’iy sezgi organlari va obrazlarini aniqlash tizimlarini yaratish. Yuqoridagi sanab o’tilgan masalalardan oxirgisi o’lchash texnikasining yutuqlariga tayanadi. Uni yechishda olimlar o’z oldilariga inson sezgi organlariga yaqin tavsiflarga erishish masalasini qo’yishmaydi. Avvalroq biz inson sezgi organlari qanchallik mukammal emasligi haqida gapirgan edik. Shuning uchun tabiat tomonidan yaratilgan narsalarni ko’rko’rona nakrorlash shart ekanmi? Ko’pinishidan sun’iy ong tizimlari ixtsoslashtirib har bir ixtisoslashtirish doirasi9da ularning sezgi organlari xuilma–xil insonnikidan mukammalroq bo’ladi. Masalan, yaqin kelajakda tibbiyot bo’yicha ixtisoslashga sun`niy ong yaratilishini juda katta extimollik bilan aytish mumkin. Bunday tizim ko’rinishida nafakat ko’rish va eshitish kobiliyatiga, balki temperatura va elektr potentsiallari aniq o’lchash vositalariga, tashhisning ul’tratovush vositalariga va boshqa o’lchash qurilmalariga ega bo’ladi. Ilmiy – texnik taraqqiyotning bosh yo’nalishlaridan biri keng ko’lamli informasion tarmoqlarni rivojlantirish bo’lib, bunda yetakchi rollardan biri o’lchash texnikasiga tegishlidi. Bunday tarmoqlarning ilg’or yutuqlari tadbirini tezlashtirish, rejalash va boshqarishni koordinatsiyalash hamda mukammallashtirishda ulkan ahamiyatgaega bo’lib , ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda ham, hukumatning muhim qarorlarida ham bir necha Marotaba ta’kidlangan. Ammo, afsuslar bo’lsinki hamisha ham bu muammoni yechishning o’ta muhim tomonlaridan biri- tarmoqqa haqiqiy ma’lumot kiritishga diqqat qilinmayapti Ma’lumot manbai informasion tarmoqqa o’lchash qurilmasi va hujjatlarni kiritayotgan operator- inson bo’lishligi mumkin. Agar birinchi ikkinchi manbaedan kelayotgan axborotlarda xatolar va aqliy chalkashtirishlar bo’lishi mumkinligini hisobga olinsa, bunda information tarmoqlatrning samaradorligini ta’minlashdagi o’lchash qurilmalarining ulkan roli aniq bo’ladi. Informatsion tarmoq tarkiubiga birinchi navbatda kiritilishi lozim bo’lgan o’lchash qurilmalari ichidan dast avval xom ashyo, materiallar, tayyor maxsulotlkar, energetik va boshqa resurslarni hisoblovchi har xil vositaqlatrni aytib o’tish kerak. Bu obyektiv va muqobil rejalash imkonini berib, yuqoridagi yuqoridagi maxsulotlar uchun korxonalar, va alohida kishilar orasidagi hisoblash ishlarini osonlkashtiradi va avtomatlashtirish imkonini beraddi. Keng ko’lamli informasion tarmoqlar tarkibiga alohida korxonalarning o’lchash informasion tizimini kiritish uning imkoniyatlarini keskin oshiradi. Bunday infarmosion tarmoqlar samaradorligining zarur sharti tarmoq uchun mo’ljallangan o’lchash axborotlarini standartlashtirilgan formada tasvirlovchi, yetarli darajada arzon va oddiy , hamda ishonchli o’lchash asboblarini ommaviy ishlab chiqarish. Ushbu shartni ta’minlash uchun metrolog-olimlar, muhandislar, loyihachilar. Davlat metrolog va standartlashtirish organlari, ishlab chiqaruvchilar hali ko’p faoliyat ko’rsatishlariga to’g’ri keladi. Mikrokontrollerlar va mikroprotsesserlar asosida ishlaydigan o’lchash asboblari yana ham ko’poaymoqda. Bu esa, turli ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning samaradorligini yanada oshirishda qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi. Darhaqiqat, mikrokontrollerlar va mikroprossessorlarning o’lchash asboblari va qurilmalarida keng qo’llanilishi o’lchash amalini birmuncha soddalashtiradi, sarf xarajatlarni kamaygtiradi, o’lchash aniqligini esa oshiradi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarning sifatlari jahon andozalariga mos bo’lishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling