Mavzu: Olimpiya o
Download 4.8 Mb.
|
Mavzu Olimpiya o‘yinlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oli m piya o‘yi n lari dasturi
Olimpiya o‘yinlarining dasturi. Olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki davrida, 1896 yilda olimpiya dasturiga 9 ta sport turlari va 43 ta sport musobaqalari kiritilgan bo‘lsa, 2014 yilda ularning soni 37 ta sport turlari va 301 ta sport musobaqa turlarini tashkil etdi. 1924 yilda qishki olimpiya sport turlarining soni 7 ta va qishki sport musobaqa turlari 39 ta bo‘lgan. 2014 yilda esa qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga 15 ta sport turlari va 80 ta sport musobaqa turlari kiritilgan.
Olimpiya o‘yinlari dasturi – bu XOQ tomonidan tasdiqlangan Olimpiya o‘yinlari uchun sport turlari va sport musobaqalarining ro‘yxati. Dastur olimpiya sportining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, uning tuzilishi Olimpiya o‘yinlari 14 John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Routledge. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. - 103 p. 15 John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Routledge. Taylor-Francis Group. London and New York. 2012. - p. 24
ommaviyligining o‘sishiga ta’sir etadi va jahonda sport rivojining strategiyasini belgilab beradi. Olimpiya o‘yinlari dasturining rivojlanishi turli omillarning ta’siri bo‘yicha to‘rtta asosiy davrdan iborat: I. 1896-1912 yillarda olimpiya dasturi Tashkiliy qo‘mita tomonidan tuzilgan va barqaror bo‘lmagan. Olimpiya dasturining o‘zgarishiga Pyer de Kubertenning fikri va shaxsiy pozitsiyasi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. II. 1912-1952 yillarda olimpiya dasturining shakllanish jarayoniga XOQ faoliyatining ta’siri kuchli bo‘lgan. XOQ mustaqil ravishda olimpiya dasturlari mazmunini belgilagan. III. 1952-1980 yillarda olimpiya dasturi siyosiy va mafkuraviy omillar ta’sirida shakllangan. IV. 1980 yillardan - hozirgi davrgacha olimpiya dasturining mazmuniga siyosiy omillar bilan bir qatorda iqtisodiy omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Olimpiya dasturi bilan bog‘liq masalalar 1907 yil XOQning 7- sessiyasida ilk bor muhokama qilingan va bunda Londonda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarining dasturi tasdiqlangan. 1909 yilda XOQning 11- sessiyasida olimpiya dasturini tuzish jarayonida Olimpiya o‘yinlari xalqaro sport musobaqa ekanligi va ular tashkilotchi mamlakatlarga qulay sport musobaqalaridan iborat bo‘lishiga e’tibor berish kerakligi ta’kidlangan. 1912 yilda XOQning 15-sessiyasida sport turi 6 ta mamlakatda keng rivojlangan bo‘lsa dasturga kiritilishi mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 1920 yildan boshlab olimpiya dasturiga sport turlarini kiritish faqat XOQ tomonidan amalga oshirilgan. Sport turlariga qo‘yilgan talablar ham yildan-yilga o‘zgarib borgan va qiziqishi kamaygan sport turlari dasturga kiritilmagan. Xalqaro olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki yillarida olimpiya dasturiga faqat sportning havaskor turlari kiritilgan. Shuning uchun 1928 yilda dasturdan tennis chiqarilgan. 1979 yildan esa dastur sport turlarining kontinentlarda keng rivojlanganlik mezonlariga ko‘ra tuzilgan. Hozirgi davrda Olimpiya xartiyasiga binoan olimpiya dasturiga XOQ tomonidan tan olingan, yozgi sport turlari erkaklar uchun jahonning 75 ta mamlakatlar va to‘rtta kontinentida, ayollar uchun 40 ta mamlakatlar va uchta kontinentda keng ommalashgan bo‘lishi shart. Qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga jahonning 25 ta mamlakatlari va uchta kontinentida keng rivojlangan qishki sport turlari kiritiladi. Olimpiya o‘yinlari dasturiga sport turlarining kiritish va ularni dasturdan chiqarish huquqi faqat Xalqaro Olimpiya qo‘mitasiga berilgan. Olimpiya dasturiga oid barcha masalalar XOQ Sessiyasi, Ijroiya qo‘mitasi tomonidan muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. 1968 yilda XOQning 67-sessiyasida olimpiya dasturi 25
bo‘yicha doimiy Hay’at tuzilgan. Hay’at olimpiya dasturini tuzish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni tasdiqlagan, dasturning mazmuni va aniq mezonlarini belgilab bergan. Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling