Mavzu: Olimpiya o


Download 4.8 Mb.
bet2/22
Sana16.06.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1509579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu Olimpiya o‘yinlari

III yozgi Olimpiya o‘yinlari 1904 yil 1 iyul–29 oktabrda Sent-Luis shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida 13 ta davlatdan 689 nafar (ulardan 6 nafar ayol) sportchilar ishtirok etgan. Bu Olimpiada Amerika qit’asida bo‘lganligi sababli juda kam sportchilar qatnashgan. Yevropa, Osiyo va Avstraliya ko‘p jamoalari moddiy qiyinchiliklar tufayli ishtirok etmagan. Olimpiya o‘yinlari Jahon


1 John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. – 83 p.

2



texnik ko‘rgazmasi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelgan va o‘yinlar ahamiyatini pasaytirgan, chunki tomoshabinlar ko‘prok ko‘rgazma bilan qiziqqan edi.
Olimpiya o‘yinlarida 18 ta sport turidan 94 ta medallar komplekti uchun musobaqalar o‘tkazilgan. Eng yaxshi sport natijalarini amerikalik yengil atletikachilar Rey Yuri, Archi Xan, gimnastika bo‘yicha Anton Xeyda (5 ta oltin), Jorj Eyser (3 ta oltin), velosport bo‘yicha Markus Xarli (4 ta oltin) ko‘rsatgan edi. 1904 yildagi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab g‘oliblarga oltin, kumush va bronza medallar berish an’anasi kiritilgan. III yozgi Olimpiya o‘yinlarining natijalari – 1-o‘rin – AQSh (78-82-78), 2-o‘rin – Germaniya (4-4-5), 3-o‘rin - Kuba (4-2-3)
IV yozgi Olimpiya oyinlari 1908 yil 27 aprel – 29 oktabrda London shahrida (Angliya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarda 22 ta davlatdan 2035 nafar (ulardan 37 nafar ayol) sportchilar ishtirok etgan. Musobaqalar 22 ta sport turi bo‘yicha 110 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan. Dasturga ilk bor chim ustida xokkey kiritilgan. Qirol Eduard VII ning talabiga ko‘ra marafon yugurish masofasi 40 km 23 m dan 42 km 195 mga uzaytirilgan, chunki qirolning oilasi Vindzor qal’asi balkonidan marafon startini ko‘rishni istagan. Keyingi o‘yinlar dasturlarida 42,142 km klassik marafon masofasi bo‘lib qolgan.
Londonda sport musobaqalari uchun 70 ming o‘rinli stadion, 100 metrli suzish havzasi, velotrek va boshqa maxsus sport inshootlari qurilgan. Bu davrda London shahrida muz ustida uchish maydoni bo‘lganligi uchun Olimpiya o‘yinlari dasturiga ilk bor qishki sport turi konkida figurali uchish kiritilgan. Sport musobaqalari davomida yuqori sport natijalari ko‘rsatilib, yengil atletika bo‘yicha 3 ta jahon, 13 ta olimpiya rekordlari, suzish bo‘yicha 6 ta jahon va olimpiya rekordlari o‘rnatilgan. Angliya sportchisi Genri Teylor suzish bo‘yicha 3 ta oltin medalga sazovor bo‘lib, Olimpiya o‘yinlarining qahramoniga aylangan.
1908 yildagi Olimpiya o‘yinlaridan boshlab g‘oliblarni norasmiy jamoa ochko hisobi bo‘yicha aniqlash qoidasi kiritilgan. O‘yinlar davrida ingliz ruhoniysi Etel'bert Talbot tomonidan “Eng asosiysi g‘alaba emas, ishtirok etishdir” so‘zlari aytilgan. IV yozgi Olimpiya o‘yinlarining natijalari – 1-o‘rin – Buyuk Britaniya (56-51-39), 2-o‘rin – AQSh (23-12-12), 3-o‘rin - Shvetsiya (8-6-11).

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling