Mavzu: Olimpiya o


Download 4.8 Mb.
bet5/22
Sana16.06.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1509579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu Olimpiya o‘yinlari

IX yozgi Olimpiya o‘yinlari 1928 yil 17 may - 12 avgust kunlari Amsterdam shahrida (Gollandiya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarga 46 ta davlatdan 3014 nafar (277 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. 1928 yildan boshlab olimpiya mash’alasini yoqish an’anasi kiritilgan. Zamonaviy Olimpiya o‘yinlari mash’alasi Gretsiyaning Alfey daryosi vodiysidagi Kronos tog‘i yonida yoqiladi va Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan shaharga keltiriladi. Olimpiya o‘yinlari ochilish marosimida tinchlik ramzi sifatida ilk bor oq kabutarlar uchirilgan.
Olimpiya o‘yinlarida 14 ta sport turlari bo‘yicha 109 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o‘tkazilgan. Jonni Vaysmyuller (AQSh) suzish va Paavo Nurmi (Finlyandiya) yengil atletika bo‘yicha ikkinchi marta olimpiya chempioni bo‘lganlar. IX yozgi Olimpiya o‘yinlarining natijalari – 1-o‘rin – AQSh (22-18-16), 2-o‘rin – Germaniya (10-7-14), 3-o‘rin - Finlyandiya (8-8-9)
X yozgi Olimpiya oyinlari 1932 yil 30 iyul - 14 avgust kunlari Los-Anjeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarga 37 ta davlatdan 1408 nafar (126 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o‘yinlarida Xitoy va Kolumbiya sportchilari ilk bor qatnashgan. Olimpiya o‘yinlarida 17 ta sport turlari bo‘yicha 116 ta medallar komplekti uchun musobaqalar o‘tkazilgan. O‘yinlar davomida 116 ta olimpiya va 21 ta jahon rekordlari o‘rnatilgan. Bunda Yaponiya sportchisi Kusuo Kitamura 14 yoshida 1500 m masofaga suzish bo‘yicha ko‘rsatgan natijasi (19.12.4.) keyingi 20 yil mobaynida o‘zgarmagan. Shvetsiya sportchisi Karl Vestergren sport kurashi bo‘yicha uch karra (1920,1924,1932) olimpiya chempioni unvoniga sozovor bo‘lgan. Eng ko‘p olimpiya rekordlari suzish (36 ta) va yengil atletika (54 ta) sport turlarida o‘rnatilgan. Bu o‘yinlarda g‘olib sportchilarni podiumga chiqarib taqdirlash an’anasi kiritilgan. Los-Anjeles shahrida sportchilar uchun 700 ta turar uy-joylari qurib berilgan va keyingi davrlarda olimpiya shaharchalarini barpo etish an’anaga aylangan.
X yozgi Olimpiya o‘yinlarining natijalari – 1-o‘rin – AQSh (41-32-30), 2-o‘rin – Italiya (12-12-12), 3-o‘rin - Fransiya (10-5-4)

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling