Mavzu: Olimpiya o


Download 4.8 Mb.
bet9/22
Sana16.06.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1509579
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Mavzu Olimpiya o‘yinlari

XVI yozgi Olimpiya o‘yinlari 1956 yilda Melburn shahrida (Avstraliya) bo‘lib o‘tgan, ot sporti musobaqalari karantin sababli Stokgolm shahrida (Shvetsiya) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida yengil atletika, suzish, og‘ir atletika, o‘q otish turlari bo‘yicha 14 ta jahon va 65 ta olimpiada rekordlari o‘rnatilgan. Sovet sportchilari 624,5 ochko bilan Olimpiada chempioni bo‘ldi. Sovet Ittifoqi Amerikaning Olimpiya o‘yinlaridagi 60 yillik hukmronligini puchga chiqardi.
XVI yozgi Olimpiya o‘yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi natijalari – 1-o‘rin – SSSR (37-29-32), 2-o‘rin – AQSh (32-25-17), 3-o‘rin – Avstraliya (13-8-14).
XVII yozgi Olimpiya o‘yinlari 1960 yil 25 avgust – 11 sentyabr kunlari Rim shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida GDR va GFR birlashgan jamoada qatnashgan. Vengriya sportchisi Aladar Gerevich 50 yoshida qilichbozlik bo‘yicha 6 karra olimpiya chempioni (1932, 1936, 1948, 1952, 1956, 1960) unvoniga sazovor bo‘lgan. Sovet sportchisi Larisa Latinina sport gimnastika bo‘yicha 6 ta (3-oltin, 2-kumush, 1-bronza) medalni qo‘lga kiritgan. Valeriy Brumel balandlikka sakrashda jahon rekordini o‘rnatgan. Yuriy Vlasov uch kurashda

12



537,5 kg (jahon va olimpiya yangi rekordi) natija bilan Olimpiadaning eng yaxshi sportchi, deb tan olingan. Efiopiya sportchisi Abebe Bikila marafon bo‘yicha olimpiya chempioni bo‘lgan, masofani oyoq yalang yugurgan. Olimpiya o‘yinlari davomida Daniya velosportchisi K.Enemark Yensen doping sababli vafot etgan.
XVII yozgi Olimpiya o‘yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi natijalari – 1-o‘rin – SSSR (43-29-31), 2-o‘rin – AQSh (34-21-16), 3-o‘rin – Italiya (13-10-13), 4-o‘rin – Germaniya (12-19-11).
XVIII yozgi Olimpiya oyinlari 1964 yil 10 – 24 oktyabrda Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlari birinchi marta Osiyo qit’asida o‘tkazilgan. Bu o‘yinlarda 94 ta mamlakat jamoalari ishtirok etgan: Yevropadan – 28, Afrikadan - 22, Osiyodan - 20, Amerikadan - 21, Avstraliya va Okeaniyadan 2 ta jamoa kelgan. Musobaqalar 23 sport turi bo‘yicha 163 medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlari dasturiga ilk bor voleybol va dzyudo kiritilgan. Sport musobaqalari davomida 81 ta olimpiya va 32 ta jahon rekordlari o‘rnatilgan. XVIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi natijalari: 1-o‘rin – AQSh (36-26-28), 2-o‘rin – SSSR (30-31-35), 3-o‘rin – Yaponiya (16-5-8), 4-o‘rin – Germaniya (10-22-18).

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling