Mavzu: Olimpiya o
Download 4.8 Mb.
|
Mavzu Olimpiya o‘yinlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XXIV yozgi Oli m piya o ‘ yi n lari
- 1948-1988 yillarda o‘t k azilgan yo z gi Oli m piya o ‘ yinla r i n ing asosiy xus u
XXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari 1984 yil 28 iyul – 12 avgust kunlari Los- Anjeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida sovet sportchilari va bir qator sotsialistik davlatlar ishtirok etmagan, chunki AQSh hukumati sportchilar xavfsizligini ta’minlanishiga kafolat bermagan edi. O‘yinlarda siyosiy sabablarga ko‘ra GDR, Bolgariya, Polsha, Kuba, Mongoliya va boshqa davlatlarning sportchilari ishtirok etmagan. Olimpiya o‘yinlarida 140 mamlakatdan 6829 nafar (1566 ayol) sportchilar qatnashgan.
XXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari – 1-o‘rin – AQSh (83-61-30), 2-o‘rin – Ruminiya (20-16-17), 3-o‘rin – GFR (17-19-23). XXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari 1988 yil 17 sentyabr – 2 oktyabr kunlari Seul shahrida (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tgan. XOQ Prezidenti Xuan Antonio Samaranch va Xalqaro sport uyushmalarining rahbarlari tomonidan olib borilgan faol harakatlar tufayli Sovet Ittifoqi va AQSh sportchilari yana Olimpiya o‘yinlarida uchrashdilar. O‘yinlarda 159 mamlakatdan 8473 nafar sportchi ishtirok etgan. Olimpiya o‘yinlarida 29 sport turi bo‘yicha 237 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlari dasturiga birinchi marta stol tennisi kiritilgan, tennis esa qayta tiklangan. Bu Olimpiya o‘yinlarida 101 ta olimpiya va 28 ta jahon rekordlari o‘rnatilgan. XXIV yozgi Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari – 1-o‘rin – SSSR (55-31-46), 2-o‘rin – GDR (37-35-30), 3-o‘rin –AQSh (36-31-27). 15
1948-1988 yillarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining asosiy xususiyatlari: Xalqaro olimpiya harakatida “sport va siyosat” muammosi paydo bo‘lgan. Sobiq Ittifoq terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarida yetakchi pozitsiyalarni egallab olgan. XOQ, MOQ va XSF o‘zaro munosabatlari yaxshilangan. Olimpiya kongresslari 43 yillik inqirozdan so‘ng yana o‘z faoliyatini boshlagan. XOQ tomonidan yangi milliy olimpiya qo‘mitalarining tan olinishi hisobidan olimpiya harakati saflari yanada kengaygan. Xalqaro olimpiya harakatida doping va haqqoniy hakamlik muammosi paydo bo‘lgan. “1948 y. Olimpiya o‘yinlari. Agar 1908 yilda Imperiyaning yetakchi mavqei hali ham saqlangan, 1924 yil – u xavf ostida bo‘lgan vaqt hisoblangan bo‘lsa, 1948 yilda Olimpiya o‘yinlari Imperiyasi vayron bo‘layotgan mamlakat tomonidan tashkil qilingan. Britaniya iqtisodiyoti urush sababli inqirozga uchragan edi. Urushdan keyingi tiklash ishlari endigina o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan edi. Biroq televideniyani qayta ishga tushirilishi 1948 yilda O‘yinlarni televideniya orqali jonli efirda translayatsiya qilingan birinchi O‘yinlarga aylanishiga imkon bergan”. Londondа 1948 yili o‘tkаzilgаn O‘yinlаr tеlеvidеniyadа nаmoyish qilingаn birinchi o‘yinlаr bo‘lgаn, shu bilаn birgа Buyuk Britаniya аholisidа dеyarli tеlеvizor bo‘lmаgаn. Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling