Mavzu: Olimpiya o
Download 4.8 Mb.
|
Mavzu Olimpiya o‘yinlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX yo z gi O li m piya o ‘ yi n la r i
XIX yozgi Olimpiya o‘yinlari 1968 yil 12-28 oktyabrda Mexiko shahrida (Meksika) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida 112 ta mamlakatdan 5530 nafar (4750 erkak, 780 ayol) sportchi ishtirok etgan. O‘yinlarda 20 sport turidan 172 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o‘tkazilgan. Mexiko shahri dengiz sathidan 2240 m balandlikda joylashgan bo‘lib, uning iqlim sharoiti sportchilarga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shunga qaramasdan, sport musobaqalari davomida 79 ta olimpiya va 28 ta jahon rekordlari o‘rnatilgan. Eng yuqori natijalar yengil atletika bo‘yicha - 30 ta olimpiya va 14 ta jahon rekordlari ko‘rsatilgan. AQSh sportchisi Robert Bimon uzunlikka sakrashda 8 m 90 sm natija ko‘rsatib, jahon rekordini birdaniga 55 smga oshirgan. Richard Fosbyuri (AQSh) balandlikka sakrashning yangi texnik usulini birinchi marta namoyish qilgan. Alfred Orter (AQSh) disk uloqtirish bo‘yicha to‘rt karra (1956,1960,1964,1968) olimpiya chempioni bo‘lgan. XIX yozgi Olimpiya o‘yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi natijalari: 1-o‘rin – AQSh (45-28-34), 2-o‘rin – SSSR (29-32-30), 3-o‘rin – Yaponiya (11-7-7), 4-o‘rin – Vengriya (10-10-12).
XX yozgi Olimpiya o‘yinlari 1972 yil 26 avgust – 12 sentyabr kunlari Myunxen shahrida (Germaniya) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida 121 ta mamlakat ishtirok etgan, jumladan 11 ta mamlakat jamoalari yangi kiritilgan. Olimpiya o‘yinlariga shovinizm va siyosiy mojarolar sababli Janubiy Rodeziya kiritilmagan. Olimpiya o‘yinlarida 7170 nafar (ulardan 1095 ayol) sportchi 26 ta sport turidan 195 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashgan. O‘yinlarda 46 ta jahon va 94 ta olimpiya rekordi o‘rnatilgan. Sovet sportchilari 13
Lyudmila Turisheva va Olga Korbut (gimnastika), Valeriy Borzov (sprint) olimpiada chempioni bo‘lganlar. Kuba sportchisi Teofilo Stivenson eng yaxshi bokschi deb tan olingan va Olimpiada Kubogi ham berilgan. AQSh sportchisi Mark Spitts suzish bo‘yicha 7 ta oltin medallarni egallab, har bir suzish masofalarida jahon rekordini o‘rnatgan. Germaniya sportchisi Ulrike Mayfart balandlikka sakrash boyicha 16 yoshda, sobiq Ittifoq sportchisi Anatoliy Roshin yunon-rum kurashi bo‘yicha 40 yoshda oltin medallarga sazovor bo‘lganlar. Yaponiya sportchisi Savao Kato gimnastika bo‘yicha uch karra olimpiya chempioni bo‘lgan. 1972 yil 5 sentyabrda olimpiya sporti tarixida eng katta fojia sodir bo‘lgan. Falastin “Qora sentyabr” tashkilotining terrorchilari olimpiya shaharchasidagi 31-binoga hujum qilib, Isroil delegatsiyasi a’zolarini garovga olgan. Bavariya politsiyasi bilan otishmalar natijasida 11 kishi halok bo‘lgan. O‘yinlar vaqtincha to‘xtatilgan. XX yozgi Olimpiya o‘yinlarining umumjamoa hisobi natijalari – 1-o‘rin – SSSR (50-27-22), 2-o‘rin – AQSh (33-31-30), 3-o‘rin – GDR (20-23-23). Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling