Mavzu: Olimpiya o


Download 4.8 Mb.
bet6/22
Sana16.06.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1509579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu Olimpiya o‘yinlari

XI yozgi Olimpiya o‘yinlari 1936 yil 1 - 16 avgust kunlari Berlin shahrida (Germaniya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarga 49 ta davlatdan 4066 nafar (328 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o‘yinlarida Afg‘oniston, Bermud, Boliviya, Kosta-Rika va Lixtenshteyn sportchilari ilk bor qatnashgan.
Olimpiya o‘yinlari davomida Adolf Gitler targ‘ib etgan irqchilik va millatchilik siyosati yaqqol ko‘zga tashlanib turgan. Germaniya natsional- shovinistlari tomonidan Osiyo, Afrika qit’alari vakillari, yahudiylar, turli mamlakatlardan kelgan negr irqiga mansub sportchilar kamsitilgan. Shunga qaramasdan, AQSh sportchisi Jeyms Ouens yengil atletika bo‘yicha 4 ta oltin medallarga sazovor bo‘lib va 4 ta olimpiya rekordlarini o‘rnatib, Olimpiada

7

qahramoniga aylangan. AQSh terma jamoasining yana 10 nafar qora tanli sportchilari 11 medallarni (ulardan 6 ta oltin) egallashga muvaffaq bo‘lganlar.
Olimpiya o‘yinlarida 19 ta sport turlari bo‘yicha 129 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o‘tkazilgan. Olimpiya dasturi basketbol, gandbol, baydarkada eshkak eshish sport turlari bilan to‘ldirilgan. XI yozgi Olimpiya o‘yinlarining natijalari – 1-o‘rin – Germaniya (33-26-30), 2-o‘rin – AQSh (24-20-12), 3-o‘rin – Vengriya (10-1-5).

1920 -1936 yillarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya oyinlarining
asosiy xususiyatlari:

 Olimpiya o‘yinlarida birinchi marta olimpiya bayrog‘i ko‘tarilgan va sportchilarning olimpiya qasamyodi kiritilgan.


 ilk bor olimpiya shiori - “Citius, Altius, Fortius” yangragan.
 Qishki olimpiya o‘yinlari alohida o‘tkazila boshlagan.
 olimpiya mash’alasini yoqish an’anasi kiritilgan.
 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va sportchilar uchun ilk bor maxsus
olimpiya shaharchasi qurilgan.

Urushlаr orаligidа: kommunizm vа fаshizm. Gеrmаniya, Rossiya, Buyuk Britаniya vа Frаnsiya ortаsidа 1914 yilgа kеlib tаrаnglikning ortishi Xаlqаro Olimpiya Qo‘mitаsigа tа’sir korsаtdi, Bеrlin 1916 yilgi Olimpiya oyinlаrining poytаxti sifаtidа tаnlаngаn edi. Birinchi jаhon urushi boshlаngаnidа Xаlqаro Olimpiya Qo‘mitаsining Buyuk Britаniyalik а’zosi Tеodor Kuk nеmis ishtirokchilаrini chiqаrib tаshlаnishini tаlаb qilgаn vа bu tаlаb rаd qilingаnidа, u istеfogа chiqqаn. Undаn fаrqli olаroq, Kubеrtеn Xаlqаro Olimpiya Qo‘mitаsini himoya qilishgа qаror qilgаn uning shtаb-kvаrtirаsini ytrаl shvеytsаriyagа o‘tkаzgаn, u, hozirgi vаqtdа hаm oshа yеrdа joylаshgаn.

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling