Mavzu: Olimpiya o


Download 4.8 Mb.
bet4/22
Sana16.06.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1509579
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Mavzu Olimpiya o‘yinlari

VI yozgi Olimpiya o‘yinlari (1916 y.) Birinchi Jahon urushi sababli o‘tkazilmagan.
VII yozgi Olimpiya oyinlari 1920 yil 20 aprel-12 sentyabr kunlari Antverpen shahrida (Belgiya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarga 29 ta davlatdan 2669 nafar (69 nafar ayol) sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o‘yinlariga Germaniya kiritilmagan, chunki bu davlat I Jahon urushi sababchisi bo‘lgan. Sovet davlati Olimpiya o‘yinlarida sovet Milliy Olimpiya qo‘mitasi XOQ tomonidan tan olinmaganligi sababli ishtirok etmagan. VII Olimpiya o‘yinlarida birinchi marta olimpiya bayrog‘i ko‘tarilgan va sportchilarning olimpiya qasamyodi kiritilgan. Belgiyaning eng yaxshi sportchisi Viktor Boen olimpiya qasamyodini aytish sharafiga ega bo‘lgan. Olimpiya bayrog‘i Pyer de Kuberten tomonidan 1913 yilda tavsiya etilib, 1914 yilda XOQning 20 yilligiga bag‘ishlangan Kongressda tasdiqlangan edi.
Sport musobaqalari 26 ta sport turi bo‘yicha 154 ta medallar jamlanmasi uchun o‘tkazilgan. Olimpiya musobaqalari natijalari bo‘yicha Finlyandiya sportchisi Paavo Nurmi yengil atletikaning 10 000 m va kross yugurish masofalarida 3 ta oltin va 1 ta kumush medallarga ega bo‘lib, Olimpiada qahramoni, deb tan olingan.
VII yozgi Olimpiya o‘yinlarining natijalari: 1-o‘rin – AQSh (41-27-27), 2-o‘rin – Shvetsiya (19-20-25), 3-o‘rin - Buyuk Britaniya (16-15-13)
VIII yozgi Olimpiya oyinlari 1924 yil 5-27 iyul kunlari Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tgan. O‘yinlarga 44 ta davlatdan 3092 nafar sportchi tashrif buyurgan. Olimpiya o‘yinlarida 17 ta sport turlari bo‘yicha 126 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalar o‘tkazilgan. Sport musobaqalarida yengil atletika bo‘yicha 8 ta jahon va 14 ta olimpiya rekordlari, suzish bo‘yicha 4 ta jahon va 11 ta olimpiya rekordlari o‘rnatilgan edi.
Finlyandiya sportchisi Paavo Nurmi yugurish bo‘yicha 5 ta oltin medalga sazovor bo‘lgan. Paavo Nurmi 1921-1929 yillar oralig‘ida 1500 m dan 20 km gacha yugurish masofalari bo‘yicha 29 ta jahon rekordlarini o‘rnatgan. Amerikalik Jonn Vaysmyuller suzish bo‘yicha 3 ta oltin medalga, fransiyalik Roje Dyukre qilichbozlik bo‘yicha 5 ta medalga (3 tasi oltin) sazovor bo‘lganlar.
1924 yildan boshlab sport musobaqalari natajalarini norasmiy jamoa ochko hisobi asosida aniqlash qoidasi kiritilgan, ya’ni oltita sovrinli o‘rinlar uchun ochko belgilangan: birinchi o‘rin – 7 ochko, ikkinchi o‘rin – 5 ochko, uchinchi o‘rin – 4 ochko, to‘rtinchi o‘rin – 3 ochko, beshinchi o‘rin– 2 ochko, oltinchi o‘rin – 1 ochko. Bu o‘yinlarda ilk bor olimpiya shiori – Citius, Altius, Fortius “Tezroq, Balandroq, Kuchliroq” so‘zlari yangragan. Bu o‘yinlar Kuberten rahbarligida o‘tkazilgan oxirgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lgan.
VIII (yozgi) Olimpiya o‘yinlarining natijalari – 1-o‘rin – AQSh (45-27-27), 2-o‘rin – Fransiya (13-15-10), 3-o‘rin - Finlyandiya (14-13-10).

6




Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling