Mavzu: Olimpiya o


Download 4.8 Mb.
bet8/22
Sana16.06.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1509579
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Mavzu Olimpiya o‘yinlari

o‘tkazilmagan.
XIV yozgi Olimpiya oyinlari 1948 yil 29 iyul -14 avgust kunlari London
shahrida (Angliya) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida 59 ta davlatdan 4099 nafar sportchi (3714 erkak, 385 ayol) ishtirok etib, 17 sport turidan 136 ta medallar jamlanmasi uchun musobaqalarda qatnashgan. Olimpiya o‘yinlariga SSSR, Germaniya va Yaponiya kiritilmagan. O‘yinlarda birinchi marta Venesuela, Livan, Birma, Suriya, Puerto-Riko va Shri-Lanka davlatlari jamoalari ishtirok etgan.


6 John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. - 115 p.
7 John Horne, Garry Whannel. Understanding the Olympics. Taylor-Francis Group. London-New
York, 2012. - 117 p.
11

XIV Olimpiya o‘yinlarining sport musobaqalari ilk bor milliy televideniya orqali translyatsiya qilingan. Bu Olimpiya o‘yinlaridan boshlab volontyorlarning yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan.


XIV yozgi Olimpiya o‘yinlarining natijalari – 1-o‘rin – AQSh (38-27-19), 2-o‘rin – Shvetsiya (16-11-17), 3-o‘rin – Fransiya (10-6-13)
XV yozgi Olimpiya o‘yinlari 1952 yil 19 iyul – 3 avgust kunlari Xelsinki shahrida (Finlyandiya) bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida 69 ta mamlakatdan 4955 sportchi (518 nafar ayol) ishtirok etib, 21 ta sport turi bo‘yicha 149 ta medallar jamlanmasi uchun kurashdilar. Olimpiya o‘yinlarida ilk bor Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) jamoasi ishtirok etgan. Lekin Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) jamoasi O‘yinlarga kiritilmagan.
Sobiq SSSR Milliy Olimpiya qo‘mitasi XOQ tomonidan 1951 yil 7 mayda tan olingan edi. Bu Olimpiya o‘yinlarida sovet sportchilari ilk bor ishtirok etgan. Sovet sportchilari 2 ta jahon va 6 ta olimpiya rekordlarini o‘rnatgan. Olimpiada medallari uchun raqobat kurashi asosan Sovet Ittifoqi, AQSh, Vengriya va Shvetsiya mamlakatlari o‘rtasida keskin ravishda o‘tgan. Olimpiada musobaqalari davomida 18 ta jahon va 66 ta olimpiya rekordlari o‘rnatilgan. Chexoslovakiya sportchisi Emil Zatopek 5000m, 10000m va marafon yugurish masofalarida birinchi orinni egallagan. XOQ prezidenti Zigfrid Edstryom Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimidagi nutqida “XV Olimpiya o‘yinlarini yopiq deb e’lon qilaman” so‘zlarini unutib qo‘ygan, shuning uchun XV Olimpiya o‘yinlari rasman yopilmagan, deb hisoblanadi. XV yozgi Olimpiya o‘yinlarining norasmiy umumjamoa hisobi natijalari – 1-o‘rin – AQSh (40-19-17-76), 2-o‘rin – SSSR (22-30-19-71), 3-o‘rin – Vengriya (16-10-16-42)

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling