Mavzu: Oliy ta’limda ochiq mashgʻulotlarni oʻtkazish va hujjatlarni
Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish turlari
Download 41.58 Kb.
|
Suyunov kurs ishi
2.2. Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish turlari
Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli- tumanligi. Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, oʻtkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, berilgan ma'lumotlari etishmaydigan yoki berilgan ma'lumotlari ortiqcha masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, oʻyinlar, fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy ma'lumotlar berish va boshqalar kiradi. Maktab amaliyotida hozir quyidagilar uchraydi: matematik 10 minutliklar, soatliklar, matematika kechalari, matematika toʻgarak lari, ertaliklar, viktorinalar, tanlovlar, olimpiadalar. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak: 1. Darsda oʻquvchilar olgan bilim, malaka va koʻnikmalarni hisobga olgan holda oʻtkaziladi. 2. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. 3. Sinfdan tashqari ishlarni oʻtkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli boʻladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, oʻtkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir. Shuni ta'kidlash lozimki, individual va guruhli mashgʻulotlar tizimli ravishda oʻtkazilmasligi, aksincha, asosiy ish sinfda bajarilishi kerak. Sinfdan tashqari ish sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega: 1. Oʻz mazmuni boʻyicha u davlat dasturi bilan cheklanmagan, matematik material oʻquvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak. 2. Boshlangʻich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan toʻplangan turgʻun qiziqishlari haqida hali gapirib boʻlmaydi. 3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish ragʻbatlantirilishi kerak. 4. Darslar 45 minutga rejalashtirilgan holda sinfdan tashqari mashgʻulotlar mazmuniga va oʻtkazilish shakllariga qarab 10-12 minutga ham, bir soatga ham moʻljallangan boʻlishi mumkin. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, murakkab misol va masalalarning yechishni mashq qilish, matematikaning hayot bilan booʻliq boʻlgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi. Sinfdan tashqari ishlarga matematik oʻn minutliklar, matematik ertaliklar, matematik viktorinalar, matematik kechalar, matematik oʻyinlar, matematik burchaklar, matematik gazetalar, matematik toʻgaraklar, matematikadan olimpiadalar kiradi. Sinfdan tashqari ishlarda qiziqarli matnli masalalar, oʻtkir zehnlilikka oid masalalar, hazil masalalar, koʻp yechimli masalalar, ma’lumotlari ortiqcha yoki ma’lumotlari yetishmaydigan masalalar, mantiqiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, arifmetik rebuslar, matematik oʻyinlar, fokuslar, boshqotirmalar, tarixiy ma’lumotlar berish va boshqalar kiradi. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlari (qiziqarli matematika soatlari, toʻgaraklar, viktorinalar va h.k.) qarab mazmunining turli tumanligi bilan xarakterlanadi. Matematika minutliklarida-topshiriqlarga qiziqish uygʻotish va quvvatlash uchun bu topshiriqlar darslarda beriladigan oddiy matematik topshiriqlarga oʻxshash boʻlmasligi kerak. Mashgʻulot oʻtkazish uchun har xil qiziqarli arifmetik va geometrik mazmunli masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, masalalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material boʻlib xizmat qiladi. Matematik toʻgarak matematikadan tizimli sinfdan tashqari ishning eng koʻp tarqalganidan biri. Uning asosiy vazifasi - matematikaga alohida qiziqish koʻrsatgan oʻquvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ish. Matematik toʻgarak ishi qiziqarli matematika soatlaridan quyidagilar bilan farq qiladi: Matematika toʻgaragiga oʻquvchilar tanlashda ularning matematikaga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Mustaqil ravishda koʻrgazmali qurollar (abaklar, ba'zi oʻyinlar uchun misollar yozilgan kartochkalar va boshqalar) tayyorlaydilar, matematika kechalari oʻtkazishga tayyorgarlik koʻradilar va hokazo. Matematika toʻgaragini oʻtkazish uchun oldindan uning ish rejasini tuzish kerak. Namuna uchun ikkinchi yarim yillikda 1-sinfda oʻtkazilgan ba'zi toʻgarak mashgʻulotlarining taxminiy rejalarini keltiramiz: I mashgʻulot. 1. Rebuslarni oʻylab topish. 2. Qoʻshishga oid qiziqarli masalalar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Topqirlikni talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Topishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 ichida) oʻyini. II mashgʻulot. 1. Rebuslarni oʻylab topish. 2. Topqirlikni talab qiluvchi she'riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil masala. 5. "Sonni toʻldir" oʻyini. III mashgʻulot. Dars tipidagi toʻgarak mashgʻuloti. Boshlangʻich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish (imkoniyatlari) mazmuni. Darhaqiqat, oʻzbek xalqining buyuk mutafakkirlari ham uzoq oʻtmishdayoq olib borgan tadqiqotlari va amalga oshirgan kashfiyotlarida insonlarni odobli, ma'naviyati yuksak, komil, mehnatsevar, vatanparvar boʻlib tarbiyalanishiga yangi gʻoya va ta'limotlarni yaratganlar. Bular: Muso al-Xorazmiy (783-850), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Ibn Sino(980-1037); Umar Hayyom (1048-1131); Nasriddin at-Tusiy (1201-1274); Ulugʻbek (1394-1449), Gʻiyosiddin al-Koshiy; Ali Qushchi (1402-1474); va boshqalaming bizga qoldirgan boy meroslari fikrimizga asos boʻldi. Bu allomalarimizning asarlarida bolalarning oʻqishi, mehnati, odobi va bu ishda muallimlarning vazifalariga katta e'tibor berilgan. Jumladan, Nasriddin at-Tusiy fikri boʻyicha oʻqituvchi oʻquvchilarni aql-zakovatiga ta'sir qilishi uchun oʻquvchilar ishonchini qozonish va qalbidan joy olish mas'uliyatini his qilishi lozim. Abu Nasr Forobiy oʻqituvchi faoliyatida yoshlarn- ing axloqiy me'yorlari, amaliy koʻnikma va malakalarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilganligi asosiy vazifalardan biri ekanligini ifodalaydi. Ibn Sino flkricha, tarixiy manbalarni bilish olijanob va foydali faoliyatdir. U ilm narsalarning inson aqli yordami bilan oʻrganilishi shaxs faoliyatida muhim hisoblanishini ta'kidlab oʻtadi. Abu Rayhon Beruniy pedagogik ijodida tarbiyaning maqsadi, vazifalari va oʻrni, inson, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi flkrlari chin ma'noda insonparvarlik asosida qurilgan. Abu Rayhon Beruniyning pedagogik gʻoyalaridan eng muhimi bilimni puxta va mustahkam egallash zarurligidir. Ota-bobolarimizdan qolgan ilmiy merosni chuqur oʻrganib, uni ta'lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish har bir ma'naviyatli va ijodkor mutaxassisning muqaddas burchidir. Matematik tanlovlar Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan masalalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar boʻlib hisoblanadi. Asosan oʻquvchilarning xohishi boʻyicha masalalar yechishda oʻz kuchini sinaydigan, yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Quyida 2- sinflarda tanlovlar oʻtkazishga misollar keltiramiz. 2- sinf (4-chorak). 2. Ikki oʻram jun ipdan 3 ta qoʻlqop toʻqish mumkin. Shunday 9 ta qoʻlqop toʻqish uchun necha oʻram ip kerak? 3. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor yedi. Ular baravardan yeyishgandan keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan konfet eyishgan? uchtalab qoʻshganda 15 soni chiqadigan nechta misol keltirish mumkin. Tanlov mavzusi va uni oʻtkazish vaqti oldindan belgilanadi: 1. Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan taqqoslash yordamida hisoblash. 2. Mantiqiy masala va mashqlarni. 3. Topqirlik, ziyraklikka oid mashqlar. 4. Hisoblashlari murakkab boʻlgan masalarni. 5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar. Matematik olimpiadalar. Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng koʻlamda oʻtkaziladigan va matematika oʻrganishda oʻquvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir. Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bogʻliq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda oʻtkazish mumkin. Olimpiadani 4- sinfdan boshlab oʻtkazib, gʻoliblar maktabning devoriy gazetalarida va oʻquvchilar yigʻilishlarida ragʻbatlantiriladi. Matematik gazeta va viktorinalar Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni oʻz ichiga olgan topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqtirish xarakterida boʻladi. Viktorinada esa oʻquvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda oʻquvchilarga yetkaziladi. Matematik viktorinalar - gazetalardan farqli ravishda faqat oʻquvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat boʻladi. Javoblar yozma ravishda ma'lum vaqt ichida oʻqituvchi tomonidan gʻolib oʻquvchi aniqlanib, e'lon qilib boriladi. Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qoʻyiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli ma'lumotlar ham berib boriladi. "Bilasizmi?" ruknida qiziqarli materiallar beriladi. Masalan: 1. Odamning boʻyi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha oʻzgarishi mumkin. 2. Dunyodagi eng uzun temir yoʻl 9302 km ni tashkil etadi. 3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika burchagini tashkil qilishni oʻquvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ekskursiya oʻtkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli boʻlishi nihoyatda muhimdir, shunday boʻlganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va oʻzlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan oʻrniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, shirkat xoʻjaligi va fermer xoʻjaligi hamda boshqa joylarga ekskursiyalar oʻtkaziladi. Qurilish materialidan, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba’zilarini keltiramiz: 1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (oʻra) kovlaydi? 2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi boʻlib qancha odam band? Qurilish materiallaridan mehnat darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak. 1. Darsda oʻquvchilar olgan bilim, malaka va koʻnikmalarni hisobga olgan holda oʻtkaziladi. 2. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarning xoxishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyiliga asoslanishi va har bir oʻquvchini fikriga qarab ularni qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi. 3. Sinfdan tashqari ishlarni oʻtkazish shakllari darslardan farq qilib qiziqarli tomoni kuchli boʻladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, oʻtkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir. Sinfdan tashqari ishlar sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator oʻziga xos xususiyatlarga ega: 1. Oʻz mazmuni boʻyicha u davlat dasturi bilan chegaralanmagan , matematik material oʻquvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak. 2. Boshlangʻich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan turgʻun qiziqishlari haqida aniq bir fikr bildirib boʻlmaydi. 3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashlar, yechishning samarali usullaridan foydalanish orqali yechilgan misol va masalalar uchun oʻquvchilar raoʻbatlantirilishi kerak. 4. Sinfdan tashqari ishlar mashgʻulot turlari va shakliga qarab 10-12 minutdan to 1 soatgacha boʻlishi mumkin. 5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlariga qarab mazmunining turli tumanligi bilan farqlanadi. Sinfdan tashqari mashgʻulotlardagi misol va masalalar darsdagi misol va masalalardan farqli oʻlaroq qiziqarliroq yoki muammoliroq boʻlishi kerak. Sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazish uchun har xil qiziqarli mazmundagi arifmetik va geometrik masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, tenglamalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material boʻlib xizmat qiladi. Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning eng koʻp tarqalgani matematika toʻgaragidir. Matematika toʻgaragining asosiy vazifasi-matematikaga qiziqqan oʻquvchilarning matematik bilimlarini kengaytirishdan iboratdir. Xulosa Dastlabki davrlarda ta’lim berish ishlarini odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi bilan uzviy bogʻlangan hamda bilim berish, oʻrgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan. Davr oʻtishi bilan koʻpchilikka bilim berish ehtiyoji paydo boʻladi, ta’lim tizimi mazmuni, bilimlarni murakkablashuvi bolalarni guruh-guruh qilib, toʻplab oʻqitishni taqazo qilgan hamda ta’lim bilan shugʻullangan mutaxassislar-oʻqituvchi tayyorlash zaruriyati kelib chiqadi. Shu davrda dars va sinf - dars tizimi paydo boʻla boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega boʻlgan kishilar murabbiy, oʻqituvchi boʻlib faoliyat koʻrsatadi. Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shugʻullanganligi "Avesto" va boshqa tarixiy manbalardan ma’lum. Ammo qadim davrlardan ta’limni qat’iy chegaralangan vaqtda bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma - bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi. Forobiyning "Fan va aql zakovat" asarida oʻquv fanlarini guruhlarga boʻlib oʻqitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga e’tibor berilgan. Bugungi kunda darslarni samarali o’tish, talaba-o’quvchilar bilimini oshirish maqsadida zamonaviy pedagogic texnologiyalardan foydalanish muhim. Ochiq mashg’ulotlarni tashkil qilishdan maqsad esa o’qituvchi-pedagoglarning zamonaviy dars mashg’ulotlari uchun yangi bilimlar, metodlar va tajribasi bilan o’rtoqlashishdan iborat. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi. Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchi-larning bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o‘quvchilarning bir-biriga bo‘lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O‘quvchi o‘qituvchiga taqlid asosida yoki do‘stlari orasida o‘rgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilishi mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o‘quvchining o‘ziga bo‘lgan muomalasini, e’tiborini o‘rganishi kerak. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o‘quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to‘ldiradi. Ularning dunyoqarashi to‘g‘ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko‘maklashadi. Download 41.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling