Mavzu: Oliy ta’limda ochiq mashgʻulotlarni oʻtkazish va hujjatlarni


Kurs ishining obyekti va predmeti


Download 41.58 Kb.
bet2/6
Sana27.01.2023
Hajmi41.58 Kb.
#1133747
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suyunov kurs ishi

Kurs ishining obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti uchun darslik va qoʻllanmalarda berilgan umumnazariy ma’lumotlar, davriy matbuot sahifalaridagi va boshqa sohalardan olingan materiallar belgilandi. Ishning predmeti esa talabalar bilan ochiq mashgʻulotlarni oʻtkazish va oʻrgatish jarayonlaridan iborat.
Kurs ishining manbalari. Kurs ishimizning manbalari sifatida oldin bu sohada amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, maktab, oʻrta maxsus va oliy ta’lim muassasalari uchun yaratilgan darslik va qoʻllanmalar, izohli lugʻatlar, shuningdek, badiiy asarlar fikrimizni tasdiqlash uchun xizmat qiladi.
Kurs ishi maqsadi. Talabalarda darsdan hamda oʻquv muassasasidan tashqari mashgʻulotlarni rejalashtirish va sinflar, maktablar, tumanlararo koʻrgazmalarni tashkil etishni tashkillashtirish hamda boshqarish qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
Kurs ishi vazifasi. Talabalarda darsdan hamda oʻquv muassasasidan tashqari mashgʻulotlarni rejalashtirish va sinflar, maktablar, tumanlararo koʻrgazmalarni tashkil etishni tashkillashtirish hamda boshqarish qobiliyatlarini shakllantirishga tizimli va tartibli mashgʻulotlar asosida erishish.
Kurs ishida kompetensiyaga asoslangan ta’lim modeli kontekstida oliy ta’lim muassasasida talabalarning mustaqil ishlarini, darsdan tashqari mashgʻulotlarni tashkil etishning asosiy bosqichlarini aniqlashga harakat qilingan.
Kurs ishi 2ta bob 4ta paragrafdan iborat.

I.Oliy ta’limda ochiq mashgʻulotlarning mazmun mohiyati
1.1. Ochiq mashgʻulotlarni tashkil etish
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta’limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda paydo boʻlgan va rivojlangan.
Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari katta, uni sinf - dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. Y.A.Komenskiy "Buyuk didaktika" asarida oʻquv mashgʻulotlarini guruh shaklida tashkil etish, oʻquv yili va oʻquv kunini bir vaqtda boshlash, mashgʻulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil boʻlishiga alohida e’tibor berdi. Dars davomida oʻquvchilar diqqatini toʻplash, materialni batafsil tushuntirish, oʻquvchiga savollar berish, oʻzlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta’kidlaydi.
Biz hammamiz sinf-dars tizimida oʻqiganmiz. Xoʻsh, bu tizimning  mohiyati nimadan iborat va u qanday tuzilishga ega?
Ta’limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qoʻsha oladigan "barkamol avlod"ni tarbiyalash.
Ta’limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, koʻnikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - oʻqituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini oʻquvchilarga bildirishi va oʻquvchilar oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalarni tekshirib koʻrish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni oʻqituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma’noga ega matn tashkil etadi. Uni oʻquvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf-deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil boʻlgan oʻquvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni koʻzlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi oʻquvchi, yoshlar bilan oʻqituvchi rahbarligida olib boriladigan mashgʻulotlardir. Dars - oʻz oldiga qoʻyilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. Dars oʻquv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda oʻquvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil boʻlishi lozim.
- Dars qat’iy jadval boʻyicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
- Dars oʻqituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida oʻquvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi.
- Dars, oʻquv fanining xarakteri, oʻqitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta’lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni oʻzlashtirmoq uchun zamin yaratadi. Shuni unutmaslik kerakki, ta’lim ishlari darsdan tashqari ham toʻgarak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Dars oldiga qanday talablar qoʻyiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat?
Har bir dars oldiga quyidagi talablar qoʻyiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.
Darsga qoʻyilgan didaktik talablar sirasiga quyidagilar kiradi:
1.Har bir dars aniq maqsadni koʻzlagan holda puxta rejalashtirilmogʻi lozim. Bu jarayonda oʻqituvchi darsning ta’limiy va tarbiyaviy maqsadini belgilaydi. Dars bosqichlarini, ya’ni qanday tamomlash, koʻrgazmali materiallardan foydalanish kabilarni oldindan hal qilib oladi.
2.Har bir dars aniq gʻoyaviy mafkurafiy izlanishga ega boʻlishi lozim. Oʻqituvchi esa ulardan tarbiyaviy maqsadda foydalanmogʻi lozim.
3.Har bir dars maktabning, ijtimoiy muhitning imkoniyatini hisobga olgan holda amaliyot bilan bogʻlanmogʻi, koʻrsatmali vositalar bilan jihozlanmogʻi lozim.
4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6.Dars jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi faol munosabatda boʻlishi lozim, oʻquvchi-talaba passiv tinglovchiga aylanmasligi lozim.
7.Mashgʻulotlar butun sinf bilan va har bir oʻquvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olgan holda olib borilishi kerak.
8.Oʻqitilayotgan mavzuni mazmuniga bogʻliq holda mustaqil yurtimizdagi oʻzgarishlardan talabalarni xabardor qilish.
Dars bilim va koʻnikma, malakalar bilan oʻquvchilarni qurollantirishda asosiy rol oʻynaydi. Shu sababli oʻquv mashgʻulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars oʻtish uchun sarflanadi.
Darsga qoʻyilgan tarbiyaviy talablar:
-Darsda oʻrganiladigan oʻquv materiallari boʻyicha tarbiyaviy xulosalar chiqarish;
-Nazariy bilimlar asosida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
-Bolalarda oʻqishga oid ijobiy motivlarni uygʻotish, bilish, oʻqish-oʻrganishga havas, 
ishtiyoq, qiziqishni shakllantirish;
-Dars jarayonida pedagogik takt qoidalariga rioya qilish.
Darsga qoʻyilgan tashkiliy talablar:

  1. Dars uchun puxta oʻylangan konspekt yoki reja tuzish;

  2. Darsning logikasiga (dars etaplarining oʻzaro bogʻliqligi, darsda amalga oshiriladigan ishlar, oʻquv topshiriqlarining oʻzaro aloqadorligiga) rioya qilish;

  3. Dars tempini oʻquvchilarning tayyorgarligiga moslashtirish;

  4. Dars uchun ajratilgan vaqtdan ratsional foydalanish;

  5. Darsda ongli intizomni tashkil etish.

Dars tiplari nima, ular qanday tiplarga ajratiladi?
Dars turlari - darsning maqsadi va mazmuni, oʻquvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil boʻladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq koʻrsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz. Dars qanday tiplarga ajratiladi?
Ular quyidagilarga ajratiladi.

  1. Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga boʻlish.

  2. Darslarni oʻqitish jarayonining analiziga qarab turlarga boʻlish.

  3. Darslarni tuzilishiga qarab turlarga boʻlish.

Dasrlarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda koʻrsatilgan boʻladi.
Darslarni saralash dars tuzilishini bilishimizga oʻrganishimizga yordam beradi.
Ta’lim tizimida tajribadan oʻtgan dars turlari quyidagilardan iborat.
1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi.
2. Oʻquv materiallarini mustahkamlash.
3. Takrorlash va bilimlarni umumlashtirish darslari.
4. Oʻquvchilarning oʻzlashtirishini nazorat qilish va baholash darslari.
5. Dars turlari uygʻunlashgan (aralash)darslar.
Yangi mavzuni oʻtish darsida yangi mavzuni oʻtish kerak ekan deb mashq qildirish yoki oʻtgan mavzularni qaytarish mumkin emas deganlari notoʻgʻri. Oʻquvchilarga biron nazariy mavzuni amaliyotga tadbiqini oʻrgatganimizda, shu ishni qanday bajarilishini oʻquvchilarning oʻzlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor oʻzlari sekin - asta shu ishni bajarishga koʻnikma hosil qiladilar. Shunday qilib oxirgi tegishli natijaga erishamiz. Oʻtilgan mavzuni qaytarish mashq qildirish darsi oʻqitilgan bilimlarnigina emas oʻrgatilgan ishni qaytarish, mehnat malakalarini beradigan malakalarni oʻtkazishdan iborat boʻlmogʻi lozim. Oʻquvchining bilimi, malaka va koʻnikmalarini tekshirish va ularga baho berish darsi bunda oʻquvchilarning olgan bilimi tekshirilib ular qanchalik oʻzlashtirilganligiga qarab baho qoʻyiladi. Yuqoridagi asosiy turlardan boshqa yana qoʻshimcha darslar turi ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olinganda, oʻquvchilarni oʻzlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni oʻtish va uni pishiqtirish uchun qaytarish kabi turli ishlar qoʻshilsa ham lekin qoʻshimcha darslarning asosini bu ishlarning bittasi, qoʻshimcha darslarning maqsadga toʻlaroq javob bera oladigani tashkil qiladi qoʻshma darsdagi boshqa ishlar esa shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini bajaradi.Ta’lim tizimida takrorlash va bilimlarni mustahkamlash darslari ham koʻp qoʻllaniladi. Oʻqituvchi darsning ma’lum bir qismi, yirik mavzularni oʻtib boʻlganidan soʻng bunday darslar uyushtiriladi. Bu darslar oraliq nazorat baholashda ham xizmat qiladi. Har bir darsning muvaffaqiyati koʻp jihatdan mashgʻulotni toʻgʻri tashkil qilishga bogʻliqdir. Bu davrda sinfning tayyorgarligini sinchiklab kuzatish, bolalarni darsni tinglashga ruhiy jihatdan tayyor ekanliklarini oʻrganish darkor. Shundan soʻng mahoratli pedagog fursatni qoʻldan boy bermay, shogirdlarini diqqatini chalgʻitmay darsning asosiy qismini boshlab yuboradilar, chunki sinf oʻkuvchilarini tezlik bilan mashgʻulotga faol kirishishlarini ta’minlash lozim. Dars oʻqituvchi va oʻquvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina oʻquvchilarda mustaqil fikrlay olish, iroda tarbiyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali oʻz yoʻlini topa oladilar.
Oʻquv ishlarini tashkil etishing darsdan tashqari shakllari ham bormi? Ularga
nimalar kiradi?
Oʻquv mashgʻulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qoʻshimcha qator
ta’lim shakllari mavjud boʻlib, bular amaliy-tajriba mashgʻulotlari, qoʻshimcha
darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilardir.
Bular darsda berilgan bilimlarni toʻldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bogʻlash uchun uyushtirilgan qoʻshimcha mashgʻulotlardir.Bulardan tashqari oʻquv yurtlari 
tajribasida fan toʻgaraklari, ishlab chiqarish amaliyoti,oʻyin shaklidagi mashgʻulotlardan ham foydalanmoqda.
Laboratoriya mashgʻulotlarida bolalar turli oʻquv predmetlari boʻyicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov ishlari oʻtkazishadi. Laboratoriya mashgʻulotlari
amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda oʻquvchilar guruhlarga ajralib,
turli eksperimental topshiriqlarni bajarishadi. Seminar mashgʻulotlari nazariy muammolarni faol oʻrganish shakli hisoblanadi. Oʻrta umumta’lim maktablarida seminarlar quyidagicha oʻtkaziladi:
seminar uchun mavzu tanlanadi; 
mavzu boʻyicha reja, koʻrsatmalar beriladi; 
tayyorgarlik uchun yetarli vaqt ajratiladi; 
asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga barcha 
oʻquvchilar tayyorgarlik koʻrishadi. Seminarning oxirida oʻqituvchi yakunlovchi 
suhbat oʻtkazib, kelgusi seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.
Uzluksiz ta’limning hamma bosqichlarida ta’limning oʻziga xos tashkiliy 
shakllari mavjud. Jumladan: ikki bosqichli oliy ta’lim tizimida oʻziga xos ta’lim 
shakllari mavjud. Bularga: ma’ruzalar, seminar va amaliy mashgʻulotlar, kafedra 
oʻqituvchilarining ochiq ma’ruzalarida qatnashish, ma’ruza matnini tayyorlash va 
muhokama qilish,oʻquv kurslari boʻyicha dasturlar tayyorlash ishlari kabilar kiradi.
Oliy ta’lim tizimida ma’ruza oʻquv jarayonining ham usuli, ham shakli hisoblanib,
u talabalarga fan asoslarini ogʻzaki, uzviy va muntazam singdirishga xizmat qiladi. 
Ma’ruza tufayli talaba shu fanning mohiyatini tushunib boradi hamda ularni erkin 
fikrlashga, fan ustida oʻylashga majbur etadi. Shu sababli ma’ruza ilmiy tafakkurni 
rivojlantirishning oʻziga xos maktabiga aylanadi. Ma’ruzani shunday oʻqish 
lozimki, uning ta’sirida talabalarda shu fanga, uning vazifa va kelajagiga nisbatan 
turli qarashlar, ilmiy e’tiqod, gʻoya va milliy mafkura asoslari shakllansin. Buning 
uchun oʻqituvchi har bir ma’ruzaning mazmunini, fandagi yangiliklar bilan boyitishi 
va tanlay bilishi lozim. Ma’ruza ijobiy hamkorlikka tayanib tashkil qilingandagina 
samarali natija beradi. Buning uchun ma’ruza jarayonida ham ta’limiy ham tarbiyaviy vazifalarni samarali amalga oshirish yoʻllaridan biri-oʻqituvchilar bilan talabalar 
oʻrtasidagi doʻstona, faol munosabatlarni tiklab olishdan iborat.Bundan tashqari dars 
va ma’ruzaning samarali natijasi oʻquvchi talabalarning oʻquv jarayonidagi ruhiy 
holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bogʻliq. Shunday ekan ta’limni 
samarali tashkil etish, uning dars, ma’ruza va boshqa shakllaridan oʻqitish jarayonida foydalanishlari uchun shubhasiz, oʻqituvchining pedagogik mahorati, pedagogik 
madaniyati, oʻz fanini puxta bilishligi va oʻquvchi-talabalar bilan umumiy til topa 
olishlari gʻoyat katta ahamiyatga egadir.
Ochiq darslarning maqsadi, darsni ilmiy asosida tashkil etish ta’lim mazmunini ta’minlashda yuqori bilim saviyasiga erishishni namoyish qilish, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda ilgʻor shakl va uslublardan real foydalanishni tashkil etish didaktik va koʻrgazma vositalaridan optimal foydalanish tizimini yaratishdan iboratdir. Ochiq darsning asosiy maqsadi oʻqituvchining dars oʻtishdagi ilgʻor tajriba va uslublarining samaradorligini koʻrsatish va uni ommalashtirishdir. Ochiq darslarni o‘tkazish vazifalariga quyidagilar kiradi: - oʻquvchilarga fandagi soʻnggi yutuq va yangiliklarni yetkazish; - ta’lim sifatini boshqarishda fan, ishlab chiqarish va jamoatchilik ishtirokini ta’minlash; - ilmiy-uslubiy jihatdan yetuk dars materiallarini targʻibot etish; - yosh pedagog kadrlarning kasb-mahoratini oshirish; - yuqori saviyadagi ochiq dars mualliflarini moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirish. Ochiq darslar, odatda oʻz sohasi boʻyicha taniqli yoki ilmiy daraja va unvonlarga ega boʻlgan tajribali oʻqituvchilar tomonidan oʻtkaziladi. Ochiq darslar oʻquv rejadagi barcha fanlardan oʻtkazilishi mumkin. Umumkasbiy va mutaxassislik fanlaridan oʻtkaziladigan ochiq darslarga alohida e’tibor berish tavsiya etiladi. Ochiq darsni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklif pedagog kadrlar tomonidan oʻquv semestri boshlanishiga qadar kafedra mudiriga ma’lum qilinadi. Kafedra mudiri, ochiq darsga taklif etilishi mumkin boʻlgan tajribali pedagoglar, etakchi olim va yuqori malakali mutaxassislar(tashqi ekspertlar) roʻyxatini tuzadi hamda belgilangan jadval shaklida ochiq darsga oid zarur ma’lumotlarni muassasa oʻquv ishlari boʻyicha direktor muoviniga topshiradi. Ochiq darslarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi kafedralar takliflari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar boʻyicha umumlashtirilib, direktor tomonidan tasdiqlanadi. Ochiq dars, odatda ikki akademik soatga moʻljallanadi. Ma’ruzachi savol va javoblar uchun kamida 5-daqiqa vaqt zahirasiga ega boʻlishi tavsiya qilinadi. Ma’ruza mavzusi, uslubi, texnik vositalari ma’ruzachi tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Ochiq dars oʻtkazilishi haqidagi axborot, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida bir hafta oldin e’lon qilinadi. E’londa ochiq dars mavzusi, ma’ruzachining familiyasi, ismi-sharifi, ilmiy darajasi, unvoni va toifasi hamda ochiq darsni oʻtkazish kuni, joyi va vaqti koʻrsatiladi. Ochiq darsga boshqa akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridan tajribali oʻqituvchilar, korxonalarning yuqori malakali mutaxassislari taklif etilishi mumkin. Ochiq darsda ushbu darsni tashkil etayotgan kafedraning yosh pedagoglari, magistrantlar, aspirantlar va muhandis-pedagoglarining qatnashishi tavsiya etiladi. Ochiq darslarni odatda tajribali pedagog xodimlar, yangi metodik usullarni tavsiya qiluvchi oʻqituvchi, muxandis-pedagog shuningdek kasb-hunar kollej direktori hamda uning oʻrinbosarlari oʻtkazadilar, ishni yangi boshlayotgan oʻqituvchi yoki muhandis-pedagoglar ulardan mashgʻulotlar oʻtkazish metodikasini oʻrganib olishlari mumkin. Darsning stsenariyasi va rejaga oʻqituvchiga tomonidan tuziladi hamda kafedraning e’tiboriga havola qilinadi. Ochiq darslarning rejasini tuzishda, darslarning barcha turlarida samaradorligiga erishish oʻquv jarayonini vositalariga ahamiyat berish talab qilinadi. Ochiq darslarni oʻtkazish rejasi kasb-hunar kollejda direktori yoki uning oʻquv ishlab chiqarish ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari tomonidan tasdiqlanadi. Ochiq darslarning mavzusi mualif tomonidan belgilanadi va oʻquv adabiyotlarida kam yoritilgan yoki uddalashtirilishi qiyin boʻlgan mavzularga koʻproq e’tibor qaratish lozim. Har bir ochiq darsga puxta tayyorgarlik koʻrish kerak, bu tayyorgarlik ochiq darsning hamma elementlarini ishlab chiqarish, ish bosqichlarni, vaqtlarga boʻlish, darsni koʻrgazmali materiallar bilan darsni samarali amalga oshirish maqsadida yangi faol mezonlaridan unumli foydalanish. Ochiq darsdan soʻng 2-3 kun oʻtgach oʻquvchilarning shu darsdan olgan qoldiq bilim koʻnikmasini aniqlash uchun sinov oʻtkaziladi. Sinov natijalaridan ochiq darsning yakuniy muhokamasida foydalaniladi. Dars boshlanishdan oldin oʻquvchilar yoʻqligida direktor, direktorning oʻrinbosari, muhandis-pedagog rahbari yoki metodik komissiya raisi dars qatnashchilariga ularning nimaga e’tibor berishlari kerakligini taminlab darsning maqsad hamda vazifalari haqidagi guruhning xususiyatlari toʻgʻrisida axborot beradi. Ochiq darsga qo‘yiladigan talablar - ochiq dars ta’lim-tarbiya, intellektual rivojlanish, jismoniy va ruhiy barqarorlanish jarayonining tashkiliy qismlaridan biri boʻlishi kerak. Dars ssenariysida darsning ilmiy ahamiyati ilmiy asoslanganligi, yoritilayotgan mavzuning aniqligi, ilm-fan rivojining oʻrni, mavzu boʻyicha ilmiy muammolar borligi aks ettirilishi lozim: - darsning metodik optimalliligiga oʻqitishning texnikaviy vositalarning toʻgʻri tanlanishiga alohida ahamiyat berish kerak. - dars shaklidan qat’iy nazar, maqsad oʻquvchini mustaqil fikrlash va mustaqil tahlil olishga yoʻllash oʻquv jarayonining asosiy omili ekanligini koʻzda tutish zarur: - ochiq dars oʻqituvchining oʻquv jarayonidagi ilmiy-metodik izlanish natijasi boʻlib, uning taxliliy mehnati natijasi ekanligini koʻrsatish lozim. Ochiq darslarni tayyorlash Oʻqituvchi ochiq darsga tayyorlanishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak: - dars vaqtini optimal rejalashtirish - manbalarni chuqurlashtirish - shu darsdagi guruh oʻquvchilarining oʻzlariga xos imkoniyatlarini hisobga olish (dars mavzusini tushuntirish uchun avval olgan bilimlarning koʻnikma darajasini bilish) - dars berishning uslub va vositalarini toʻgʻri tanlash - iqtidorli yoshlarga chuqur ta’lim berish tarbiyalariga javob berish: - ochiq dars mavzusini shunday tanlash oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini, metodik ta’limini va dars oʻtish vositalarini aniq koʻrsatish. - ochiq dars tayyorlanish davrida oʻqituvchi ilmiy-metodik izlanishi, koʻrgazmali qurollar va texnik vositalarning zamonaviy maktablaridan foydalanishi kerak. Bu oʻqituvchilarda tahlil olishga qiziqish uygʻotib, zamonaviy yutuqlardan bexabar boʻlish imkoniyatini yaratadi. - dars stsenariyasida belgilangan vaqt davomida oʻqituvchi va oʻquvchini kerakligini aniq koʻrsatilishi kerak. - darsning moddiy-texnikaviy ta’minotini ilgaridan tayyorlash, barcha koʻrgazma va namioyish vositalardan foydalanish ketma-ketligini avvaldan rejalashtirish kerak. - kafedralar ochiq darsga tayyorlanish vaqtida, muallifga texnikaviy, metodik ash‟yoviy va tahliliy yordam berishi kerak. Ochiq darsning metodik ta’minoti 1. Darsning metodik majmuasi quyidagilardan iborat: - fanning taqvim-mavzu rejasi: - Ma’ruza matni yoki mashgʻulotlar (laboratoriya, amaliyot, mustaqil ish va hokazo) ning rejasi: - dars stsenariysida koʻrsatilgan didaktik, koʻrgazmali materiallari va boshqa texnikaviy vositalar: - nazorat ishi uchun savollar toʻplami - uy vazifasi savollari yoki masalalari toʻplamlari: - oʻz-oʻzini nazorat qilish savollari: 2. Metodik majmuaning tarkibida dars turi bilan bogʻliq holda tanlanadi. Ochiq darsning metodik maqsadi quyidagicha ta’riflanishi mumkin: - amaliy darslarda kompyuter texnikasidan foydalanish: - ta’lim-tarbiyaviy jarayondagi muammoli tahlilning oʻrni: - yangi mavzuni oʻzlashtirishdagi texnikaviy vositalaridan foydalanishning oʻrni: - fanlararo bogʻliqlik, bilimni sinovdan oʻtkazish: - oʻquvchining mustaqil ishlashini tashkil qilish: - oʻquvchilarning oʻzlashtirish jarayonini jadallashtirish: - oʻquvchining koʻrsatma va didaktik manbalar bilan ishlashini optimallashtirish va hokazo. 3. Darsning metodik qo‘llanmasi. Ochiq dars muhokamasida koʻrsatilgan ijodiy takliflar bilan boyitilgan holda qayta ishlab chiqiladi, ta’lim muassasasi metodik kengashi tomonidan tasdiqlangandan soʻng ommalashtirishga tavsiya qilinadi. Ochiq dars, barcha darslardek doimiy ishchi sharoitda oʻtkaziladi. Ochiq darsga tashrif byuruvchilar, oʻqituvchi va oʻquvchilarga xalaqit qilmaslik uchun, oʻz oʻrinlarini avvalroq egallaydilar. Ochiq darsga tashrif buyurgan shaxslar dars vaqtida va oʻquvchilar oldida hech narsaga aralashmaydilar va darsga halal bermasdan oʻqituvchi hamda oʻquvchilarning harakatlarini oʻrganib turadilar. Ochiq darsga tashrif buyurganlar muallifning oldiga qoʻygan maqsadigan qanday erishishini diqqat bilan kuzatadilar va oʻz fikrlarini tashrif varaqalarida qayd qilib beradilar. Ochiq dars oʻtkazilgan kuni darsni tahlil qiluvchilar oʻz fikrlarini oʻzaro muhokama qilib, qaror bayonnomasini tayyorlaydilar. Ochiq darsdan soʻng 2-3 kun oʻtgach, ochiq dars mavzusi boʻyicha, oʻquvchilarning qoldiq bilim (koʻnikma) darajasi sinov orqali aniqlanadi. Ochiq darsning muhokamasi va tahlili 1. Ochiq darsning tahlili, unda qatnashgan oʻquvchilarning qoldiq bilim darajasi aniqlangandan soʻng oʻtkaziladi. 2. Ochiq darsning tahlili kafedrada ta’lim muassasasi ma’muriyati ishtirokida oʻtkaziladi. 3.Muhokamaning maqsadi-darsni toʻgʻri oʻtkazilganligini baholash, tanlangan uslub va vositalarning muvofiqligini aniqlash, muallifga u tanlagan ayrim uslub va vositalardan foydalanishning samaradorligini koʻrsatish. 4. Muhokama quyidagi tarkibda oʻtkazilishi tavsiya qilinadi: - darsni olib borgan oʻqituvchi: - dars tahlilida ishtirok etgan oʻqituvchilar: - kafedra a’zolari: - ta’lim muassasasi ma’muriyati, oʻquv va metodik ishlar boʻyicha Ma’sul xodimlar: 5.Muhokama ishtirokchilari toʻliq fikrga ega boʻlishi uchun, dars muallifiga birinchi soʻz beriladi. Muallif darsning maqsadi va unga erishi uchun qoʻllangan uslub va foydalanilgan vositalar haqida aniq ma’lumot beradi. 6. Muhokamada soʻzga chiquvchilar darsning barcha yutuq va kamchiliklarini toʻliq ochib berishlari lozim. Muhokamada darsda erishilgan yutuq, qoʻllanilgan uslublarning samaradorligiga, jihoz va texnikaviy vositalardan foydalanish darajasiga alohida e’tibor berilishi zarur. Muallifning kelgusidagi ishida yordam berish uchun, barcha yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ortiqcha harakatlar aniq koʻrsatilishi kerak. 7. Muhokamada soʻzga chiqqanlar, tahlil qilingan metodik majmuaning tarbiyaviy tomonini, oʻquvchilarda mustaqil ishlash qobilyatlarini rivojlantirishga ta’sirini, ular orqali kelgusidagi mutaxassisga kerak boʻlgan sifatlarni shakllantirishdagi oʻrin haqida fikr bilidirishlari kerak. 8. Muhokama oqilona va doʻstlarcha vaziyatda fikr almashish, baxslashish sharoitida oʻtishi lozim. 9. Muhokama oxirida muallifga yana soʻz beriladi. Ochiq dars natijalarini o‘quv jarayoniga joriy etish 1. Kafedraning taklifiga binoan ochiq dars tahlili natijasi oʻquv jarayoniga joriy etilishi kerak boʻlgan ilgʻor pedagogik tajriba hisoblanadi. 2. Ochiq darsning metodik majmuasini keng joriy etish uchun uning barcha manbalari (stsenariy, texnikaviy vositalar, Ma’ruzalar matni va hokazo) oʻqituvchilar oʻrtasida ommalashtiriladi. 3. Ochiq darsda qatnashgan oʻqituvchilar varaqada toʻldirilgan ochiq dars tahlilini oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosariga topshiradilar. 4. Ochiq dars boʻyicha metodik qoʻllanmalarni tayyorlash, taklif va xulosalarning tahlili ilgʻor pedagogik tajriba tatbiqlariga kiritiladi. 5. Ta’lim muassasasi pedagogik kengashida ochiq dars natijalari kengash a’zolariga etkaziladi. Pedagogik kengash qaroriga ilgʻor pedagogik tajribalardan foydalanish toʻgʻrisidagi aniq taklif va tavsiyalar kiritiladi. 6. Ta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya berish uslublarining yangi, ilgʻor shakllarini amalda qoʻllab-quvvatlashi kerak. Ochiq darslar muhokamasini uyushtirish. Ochiq darslarning mazmun-mohiyati va ilmiy-uslubiy saviyasi boʻyicha muhokamasi ochiq darsdan soʻng, kafedrada davom ettiriladi. Ochiq darsning muhokamasi kafedra majlislari bayonnomasida qayd etiladi. Ochiq dars haqidagi tashqi taqriz va fikr-mulohazalar yozma ravishda muassasa rahbariyatiga yuboriladi va kafedra majlisida va ilmiy-pedagogik kengashda muhokama etilib, tegishli xulosalar chiqariladi. Ochiq darsni baholashda ilgʻor texnologiyalar joriy etilgan yirik korxonalardan taklif etilgan mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarining taqrizlari asosiy hisoblanadi. Ochiq darslar mualliflarini ragʻbatlantirish professor-oʻqituvchilarning muvaffaqiyat bilan oʻtkazgan ochiq darslari, ularni oʻrnatilgan tartibda moddiy va ma’naviy ragʻbatlantirishda inobatga olinadi. Professor-oʻqituvchilar tomonidan muvaffaqiyatli oʻtkazilgan ochiq darslar ularni reytingini aniqlash malaka oshirish kurslariga jalb etish va attestatsiyadan oʻtkazishda inobatga olinadi. Oʻquv jarayonini tashkil qilishda asosiy shakli dars hisoblanadi. Dars deb, bir xil yoshdagi oʻquvchilardan bitta guruhga oʻqituvchi rahbarligiga aniq mavzu aniq maqsad, aniq reja, aniq rejim va oʻquv vositalari yordamida tashkil etilgan mashgʻulotga tayyorgarlik tashkil etiladi. Demak, dars ta’limning asosi boʻlib hisoblanadi, chunki darsda asosiy ta’lim tarbiyaviy vazifalar hal etiladi. Har bir dars pedagogik mahorat koʻrigi boʻlishi, har bir darsdan qoniqish va yangi narsa oʻrganish lozim. Shuni alohida takidlash kerakki, hozirgi kunda pedagog va oʻqituvchilarning darsini kuzatish va uni tahlil qilish ichki nazoratning muhim shakli xisoblanadi. Dars kuzatish orqali ta’lim-tarbiya ishlari holatini yaxshi oʻrganish, mavjud kamchiliklarni tezda bartaraf qilish va yanada yaxshilash amalga oshiriladi. Shuningdek, dars kuzatish orqali har bir oʻqituvchi va muhandis-pedagogning gʻoyaviy, ilmiy metodik va umumiy pedagogik saviyasini va pedagogik mahoratini aniqlash mumkin. Darsni kuzatish va nazorat qilish turlaridan qat’iy nazar, uning asosiy maqsadi oʻqituvchilarning bilim va malakasini yanada yaxshilashga, darsning sifat va samaradorligini oshirishga qaratilgan. Darsni tahlil qilganda muhandis-pedagog va oʻquvchilarning kamchiliklarini gapirish, kamsitish emas, balki ular xato qilgan, bilmagan joylarida pedagogik yordam berish, xatolarini oʻz vaqtida toʻgʻirlashga yordam berish lozim. Dars tahlillarining quyidagi turlari mavjud: - ilmiy tahlil. - metodik tahlil. - didaktik tahlil. - umumpedagogik tahlil. - psixologik tahlil. - ilmiy tahlil. Metodik tahlil. Oʻqituvchining dars jarayonida qoʻllagan metodlarining maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va uning oʻziga xos xususiyatlariga qarab belgilanadi.Oʻquv materialini bayon qilish va tushuntirish jarayonida qoʻllanilgan metodlarining shu materialga mosligi yoki mos emasligini metodik tahlil davomida aniqlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oʻqituvchi darsda qoʻllagan metodlarining samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi, uning oʻtgan yangi mavzu materialini oʻquvchilarning qay darajada oʻzlashtirilganligi bilan belgilanadi. Shu boisdan har bir dars kuzatuvchi (oʻqituvchi, direktor, ilmiy boʻlim mudiri, metodist yoki nazoratchi) dars tahlilining bu turiga alohida e’tibor bilan qarashi kerak. Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. Dars jarayonida oʻqituvchining foydalangan metodlari - hikoya metodi; - ogʻzaki bayon metodi; - suhbat metodi; - aqliy hujum; - kichik guruhlarda ishlash; - munozara; - rolli oyinlar; - muommali vaziyat; - klaster metodi va boshqalar. 2. Darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash. 3. Laboratoriya asboblari bilan ishlash. 4.Texnika vositalaridan (kodoskop, kompyuter, kinofilm, diafilm, radio, televizor kabilar) foydalanish. Didaktik tahlil. Bu oʻqituvchining oʻz darsini ta’lim tamoyillariga amal qilgan holda olib borilganligi, ta’lim turlari samaradorligi va uni belgilovchi qonun va qoidalarning, atama nomlarning darsda qanchalik toʻgʻri hamda mukammal bayon etilganligini tahlil qilish demakdir. Darsni didaktik tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish oʻrinli boʻladi. 1. Darsni oʻqituvchi tomonidan yangi pedagogik texnologiya asosida olib borilganligi. 2. Oʻqituvchi bayonining gʻoyaviy jihatdan ta’lim-tarbiya talablariga mos boʻlganligi. 3. Oʻqituvchi fikrining guruh oʻquvchilari jamoasiga toʻla tushunarli boʻlishi va bu bayonning izchil ravishda oʻquvchi ongiga etib borishi. 4. Barcha oʻquvchilarning oʻqituvchi berayotgan mavzuni ongli ravishda oʻzlashtirishlari. 5. Oʻqituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning mavjudligi. 6. Oʻqituvchi fikrining izchilligi. 7.Dars jarayonida koʻrsatmali qurollardan, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan foydalanishning qanchalik maqsadga muvofiqligi. 8.Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarda maqsadga erishilganligi. 9. Darslik bilan ishlashning toʻgʻriligi. 10. Misollarning ta’lim-tarbiya birligi asosida yoʻnalishi. 11. Darsning ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar. Umumpedagogik tahlil. Bu darsdagi hamma jihatlarning qisqa va oʻzaro bogʻliqligi tahlilidir. Bunda quyidagilarni hisobga olish oʻrinli boʻladi. 1. Oʻquv yoki oʻquv xonasining dars oʻtishga tayyorgarlik holati (dars jihozlari). 2. Oʻquv kabineti yoki guruh xonasida sanitar-gigiyena holati. 3. Oʻqituvchining dars mavzusi boʻyicha ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ta’lim bobidagi maqsadi. 4. Oʻqituvchining mazkur darsga ilmiy-metodik va umumiy pedagogik jihatdan qanchalik tayyorlanganlik darajasi. 5. Oʻqituvchining darsni tashkil etish va dars bosqichlaridan toʻgʻri foydalanilganligi. 6. Oʻqituvchining oʻquvchilarga ta’lim-tarbiya berishida pedagogik jihatdan namunalilik shaxs darajasiga koʻtarila olinganligi. 7. Oʻquvchilar bilimiga qoʻyiladigan bahoning adolatli va izohli boʻlishi. 8. Oʻquvchilarning darsdagi faolligi, intizomi, mustaqil fikr yuritish hamda mazkur fan asoslarini oʻzlashtirib olganlik darajasi. 9. Oʻquvchilarning oʻqituvchi darsiga munosabati va hurmat bilan qarashi. 10. Oʻqituvchining darsdagi rahbarlik roli va ish uslubi, ta’limni tarbiyaga bogʻlashi. 11. Dars jarayonida oʻlkashunoslik materiallaridan foydalanishi. 12. Darsda oʻquvchilarning oʻzlashtirish sifati. 13. Oʻqituvchining darsda asosiy maqsadga erisha olganligi. 14. Oʻqituvchining ilmiy, metodik va umumpedagogik jihatdan yordamga muhtojligi kabilar. Psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilish. Darsni psixologik-pedagogik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir: 1. Darsning aniq maqsad va vazifalariga bogʻliq ravishda tuzilishiga psixologik baho berish. a) darsning mavzusi, maqsad va vazifalari: b) darsning tuzilishi va uning psixologik jihatdan maqsadga muvofiqligi. 2. Darsning mazmuniga psixologik jihatdan baho berish. a) oʻquv materiallarining sifati (tasvirlovchi, tushuntiruvchi koʻrgazmalilik, aniqlik, mavhumlik va umumlashganlik darajasi); b) oʻquvchi bilan faoliyatni faollashtirish, oʻquv axborotini idrok etishi (obrazli, ogʻzaki mantiqiy xotirani, hayoliy tafakkurni, hayotni his-tuygʻularni uygʻotadi) mazkur material oʻquvchilar bilim faoliyatining yosh xususiyatlariga, ularning hayotiy tajribasi va bilimlari darajasiga mos kelishi; d) oʻqituvchining murakkab oʻquv materialini mazkur yoshdagi oʻquvchilarning idrok etishi uchun qulay, tushunarli va qiziqarli uyushtirish (bayon qilishning ravshanligi, oddiyligi, yorqin misollar, oʻxshatishlar, qiyoslashlarning mavjudligi, koʻrgazmali materiallardan foydalanishi, hayot bilan bogʻlanishi; e) oʻrganilayotgan materialning tarbiyaviy (axloqiy, estetik va hokazo) ta’siri. Oʻqituvchi uning tarbiyaviy imkoniyatlarini qay darajada amalga oshiradi. 3. Darsda oʻquvchilar bilim faoliyatining namoyon boʻlishi va uni boshqarish. Dars samaradorligi va oʻqituvchining ish faoliyatini yanada yaxshilashga oid dars kuzatuvchi tomonidan beriladigan takliflar ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirishga yordam berishi lozim. Ma’lumki, dars tahlili faqatgina metodik ahamiyatga ega boʻlib qolmay, kasb-hunar kollejlarda oʻquv-tarbiya ishlariga rahbarlik va nazoratning muhim shakli hamdir. Darsni kuzatish. Dars tahliliga kirish uchun quyidagi qoidalar majburiydir: - dars boshlanguncha va mazmuni bilan tanishmay turib oʻqituvchi yoki muhandis-pedagoglarni, oʻquvchilarni turli savollarga jalb etmaslik; - savollarni faqat fan dasturi va rejasi yuzasidan berish; - dars paytida oʻquv xonasi, ustaxonasida yurish, daftarlarga qarash va oʻquvchilarni turli savollar bilan chalgʻitmoq mumkin emas; - darsga kech kirish va qoʻngʻiroq chalinguncha chiqib ketish mumkin emas; - dars jarayonida kuzatuvchi oʻqituvchining ishiga aralashishiga haqi yoʻq, xattoki oʻqituvchi qaysi bir sohada hatoga yoki kamchilikka yoʻl qoʻysa ham (dars materialini xato tushuntirishi yoki dars usulida xatoga yoʻl qoʻygan paytlarda). U barcha kamchilik va hatolarni darsdan soʻng koʻrsatib oʻtishi mumkin. - kuzatuvchi diqqat va e’tibor bilan darsni kuzatishi lozim va tez tanqidiy nuqtai-nazar bilan darsdagi barcha xolatlarni daftariga yozib borishi kerak. Darsni tahlil qilishda quyidagi faoliyat mezonlarini asos sifatida olish mumkin: 1. Darsga tayyorgarlik: - Dars oldindan rejalashtirilganligi va tayyorlanganligi haqida dalil (Masalan: dars rejasi, dars ishlanmasi, texnologik xarita, baholash paketi). - Dars rejasi aniq maqsad va vazifalarga egaligi haqidagi dalil. - Dars rejasi tuzilishi mantiqan toʻgʻri tashkil etilganligi haqida dalil. 2. Dars taqdimoti: - Oʻqituvchi oʻquvchilarga darsning maqsad va vazifalarini aniq tushuntiradi. - Dars tuzilishi mantiqan tashkil etilgan va bosqichma bosqich tushuntiriladi. - Oʻqitish natijalariga erishish uchun oʻqituvchi tegishli turli model va ta’lim metodlarini qoʻllaydi. - Oʻqituvchi soʻzlashish balansini yaratib beradi, ya’ni oʻqituvchi va oʻquvchi dars davomida bir xil vaqt soʻzlashadi - Oʻqituvchi oʻquvchining oldingi bilim va tajribalarini dars bilan bogʻlaydi. - Oʻqituvchi darsni oʻquvchining kundalik tajribasi va atrof-muhiti bilan bogʻlaydi. - Oʻqituvchi tushuntirishda va yoʻriqlar berishda aniq va oddiy nutqdan foydalanadi. - Oʻqituvchi oʻquvchining vazifalarini aniqlaydi va ravon tushuntiradi. 3. O‘qitish va o‘rgatish manbalaridan foydalanish: - Oʻqituvchi bir qator oʻqitish va oʻrgatish manbalaridan toʻgʻri foydalanadi, shu jumladan texnik vositalardan (kodoskop, multimedia va boshq). - Oʻqituvchi yozuv doskasidan unumli foydalanadi. Yozuvi aniq. Muhim joylarning tagiga chizilgan. Kerakli joylarda diagrammalar, oʻqlar va boshqa belgilardan foydalanilgan.

Download 41.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling