Mavzu: Oliy ta’limda ochiq mashgʻulotlarni oʻtkazish va hujjatlarni
II. Darsdan tashqari ish shakllari
Download 41.58 Kb.
|
Suyunov kurs ishi
II. Darsdan tashqari ish shakllari
2.1. Darsdan tashqari ishlar Sinfdan tashqari ishlar oʻz ichiga maktabda va maktabdan tashqarida oʻquvchilarni oʻqitish va mehnatga tarbiyalashni umumlashtiradi. Darsdan tashqari ishlar oʻquv-tarbiyaviy protsessning ajralmas qismi hisoblanadi. Duradgorlik, chilangarlik, tokarlik, avtomobil, elektrotexnika, tikuvchilik, kashtachilik, zardoʻzlik, taom tayyorlash kabi toʻgaraklarni tashkil etish mumkin. Mehnat toʻgaragiga qarab tashkil qilinadigan bunday toʻgaraklarning maqsadi oʻquvchilarning maxsus texnikaviy bilimlarini va mehnat koʻnikmalarini hamda malakalarini mazkur mehnat turiga tadbiran kengaytirish va chuqurlashtirishdan iboratdir. Toʻgarak a’zolari oʻquv ustaxonalari va kabinetlarini jihozlashda, ularni koʻrgazmali qurollar va moslamalar, texnikaviy-texnologik hujjatlar va h.k. bilan ta’minlashda aktiv qatnashadilar. Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin. Yosh avlodni hozirgi zamon fani asoslari bilan qurollatirish orqali ularning aqliy jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim maktablari oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Oʻquvchilar yuqori sinflarda matematika, fizika, ximiya va boshqa fanlarni yaxshi oʻzlashtirishlari uchun boshlangʻich sinflarda matematika, tabiiy fan, texnologiya fanlarini puxta egallashi va amaliy koʻnikmalar hosil qilishlari kerak. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarning ma’lumotini oshirish va darslarni oʻzlashtirish darajasini koʻtarishga koʻmaklashishi uchun, boshlangʻich maktabda sinf mashgʻulotlari bilan bir qatorda sinfdan tashqari ishlarni ham oʻtkazish zarur. Sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ishlar bolalar bilan olib boriladigan ta’limtarbiya ishlarining ajralmas qismi boʻlishi bilan birga, oʻquvchilarni bilimga va mehnatga boʻlgan havaslarini ortiradi, shuningdek, oʻzlashtirish sifatini oshirishga va xulqini yaxshilashga ta’sir etadi. Matematikadan sinfdan tashqari mashgʻulotlar deganda oʻquvchilarni matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashkil qilingan mashgʻulotlarni tushunamiz. Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi oʻquvchilardagi fanga boʻlgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini toʻldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matematik bilim, malaka va koʻnikmalar bilan qurollantirishdan iborat. Umuman boshlangʻich maktabda sinfdan tashqari ishlar sinf ishlari bilan mustahkam bogʻlangan boʻlib, sinf ishlarining davomi boʻladi, ayrim vaqtlarda esa uni chuqurlashtiradi. Sinfdan tashqari ishlarning ikki turini bir-biridan farqlash lozim. Uning birinchisi dastur materialini oʻzlashtirishda orqada qoladigan oʻquvchilar bilan ishlash, bunga qoʻshimcha dars va konsultatsiyalar kiradi. Ikkinchisi, matematikani oʻrganishga qiziquvchi oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlar. Ma’lumki birinchi tur mashgʻulotlar hozirgi vaqtda barcha maktablarda mavjud. Bunda mashgʻulotlarni 3-4 oʻquvchidan iborat kichkina guruhlar bilan haftada bir marta oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Odatda sinfdan tashqari ishlar deyilganda koʻproq ikkinchi turdagi ishlar nazarda tutiladi va ular asosan quyidagi maqsadlarni koʻzlaydi: 1. Oʻquvchilarda matematika va uning tadbiqlariga qiziqish uygʻotish; 2. Oʻquvchilarning matematikadan dastur boʻyicha bilimlarini kengaytirish; 3. Matematik fikrlash madaniyatini tarbiyalash; 4. Oʻquvchilarni matematikadan ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlashga oʻrgatish; 5. Oʻquvchilarning matematikaning tarixiy-ilmiy qimmati haqidagi, matematika maktabining dunyo fani orasidagi roli xaqidagi tasavvurlarini kengaytirish. Bu maqsadlarning bir qismi dars paytida amalga oshiriladi, ammo dars vaqti chegaralanganidan, uning anchagina qismini sinfdan tashqari mashgʻulotlarda amalga oshirishga toʻgʻri keladi. Maktab tajribasida matematikadan kichik yoshdagi oʻquvchilar bilan bajariladigan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: 1. Qiziqarli matematika soatlari va minutlari; 2. Matematik toʻgaraklar uyushtirish; 3. Matematika gazetasi chiqarish; 4. Ekskursiya oʻtkazish; 5. Matematik burchak tashkil qilish; 6. Matematika kechalari oʻtkazish; 7. Boshlangʻich maktablarda matematika olimpiadasi oʻtkazish. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va oʻtkazish asosida quyidagi qoidalar yotadi: 1. Sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻquvchilarning darsda oladigan bilimlarini, malaka va koʻnikmalarni hisobga olgan holda oʻtkaziladi; 2. Sinfdan tashqari ish ixtiyoriylik, tashabbuskorlik prinsiplari va oʻquvchilarning harakatlari asosida tuziladi, hamda oʻquvchilarning individual talablarini qanoatlashtirish maqsadida oʻtkaziladi; 3. Sinfdan tashqari mashgʻulotlar oʻtkazilish shakliga koʻra darslardan farq qiladi va koʻpincha qiziqarlilik xarakteriga ega boʻladi. Ogʻzaki hisob koʻpincha sinfdagi hamma oʻquvchilarning «yana, yana» degan istaklari bilan oʻtkaziladi. Oʻquvchilarning talabiga koʻra, darsda boshlangan ishlarning davomini darsdan tashqari vaqtga koʻchirish mumkin. Oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan sinfdan tashqari mashgʻulotlarni oldin ularning talabiga koʻra, soʻngra yechiladigan misol, masalalar, oʻyin va qiziqishning ortishiga qarab oyida ikki marta sistemali oʻtkazib turish mumkin. Chunki dasturni bajarishda bunday qiziqarli masalalarni yechish, oʻyinlarni tashkil qilish, topishmoqlar topish, tez hisoblash mashgʻulotlarini darsda koʻproq oʻtkazishga imkoniyat yoʻq. Tajribalar bizni shu narsaga ishontiradiki, oʻquvchilar qiziqarli matematika soatlarida odatdagi darslarga qaraganda kamroq charchaydilar va koʻtarinki ruhda faollik bilan ishlaydilar. Bunday mashgʻulotni tashkil qilish va jihozlash qiziqarli va ravshan boʻlishi kerak. Bu masalalarda qiziqarli matematikaga doir koʻrsatma qurollar sanash jadvallari, figuralarni sanash, plakat formasidagi oʻyinlar, stol ustida oʻynaladigan oʻyinlar, labirintlar, kartondan geometrik figuralar yasash, krossvordlar va boshqalar oʻquvchilarga katta yordam beradi. Mashgʻulotlarni oʻtkazishga ketadigan vaqt ularga qoʻyilgan maksadga qarab aniqlanadi. Agar oʻquvchilar bilan uchrashish darsdan keyin oʻtkazilsa va oʻz oldiga biror oʻyin bilan tanishish maqsad qilib qoʻyilgan boʻlsa, bu holda bunday mashgʻulotga dastlabki paytlarda 10-15 minut vaqt yetarli boʻladi. Oʻquvchilar oʻyin bilan tanishgandan keyin, odatda ular koʻpincha oʻzlari ota-onalari, akaukalari va boshqalar bilan ham shunday oʻyinni bajaradilar, ya’ni ularni ham jalb qiladilar. Mashgʻulotlar murakkablashib ketsa, uni oʻtkazish uchun taxminan bir soat vaqt ajratish mumkin. Materiallar hamma vaqt oʻquvchilarning hisoblash malakalarini egallashiga muvofiq qilib tanlanadi, masalalarga kelganda esa, ular shu sinf uchun programmada koʻrsatilgan masalalarning koʻrinishi va tipiga qaraganda boshqacharoq boʻlishi ham mumkin. Ziyraklik masalalari esa bu chegaradan chetga chiqishi va shuning bilan birga masala yechishni oʻrganishga muvaffaqiyatli yordam berishi mumkin. Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik toʻgaraklar, olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek, matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish. Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va amaliy koʻnikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; oʻquvchilarning mantiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; matematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talabchanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va insoniylikni tarbiyalash. Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba'zi farq qiluvchi xususiyatlarga ega: 1. Oʻz mazmuni boʻyicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beriladigan bilimlar oʻquvchilarning kuchiga mos boʻlishi kerak. 2. Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha oʻquvchilarni jalb qilishi, ya'ni qiziqarli boʻlishi zarur. Past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar ham qiziqish yordamida faol oʻquvchilarga aylanishi mumkin. 3. Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin qiziqishni ta'minlash lozim. Bu mashgʻulotlarga baho qoʻyilmaydi, ammo faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi. 4. Mashgʻulot mazmuni va shakllariga qarab, 10-12 minutdan 1 soatgacha moʻljallangan boʻlishi mumkin. Download 41.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling