Mavzu: O'lka tarixini o'rganishda muzelarni o'rni


Download 20.51 Kb.
bet1/2
Sana08.05.2023
Hajmi20.51 Kb.
#1441944
  1   2
Bog'liq
Mavzu Tarixni o’rganishda virtual muzeylarning o’rni


Mavzu: O'LKA TARIXINI O'RGANISHDA MUZELARNI O'RNI
Reja:

  1. Oddiy va virtual muzeylar haqida ma’lumot.

  2. Virtual muzeylarning o’ziga xos xususiyatlari.

  3. Bugungi kundagi virtual muzeylar.



Muzey (yunoncha. museum — muzalarga bag’ishlangan joy) — tarixiy, moddiy va ma’naviy yodgorliklarni to’plash, saqlash, o’rganish va targ’ib qilish ishlarini amalga oshiruvchi ilmiy, ilmiy-ma’rifiy muassasa. Muzey xazinasida, asosan, moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san’at asarlari jamlanadi, shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo’lgan tarixiy qimmatga ega qo’lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Muzey – uzoq va yaqin о‘tmishdan darak beruvchi maskan, ayni paytda jonli, tabiiy, kо‘rgazmali ashyolari bilan tarbiyaviy quvvatga ega bо‘lgan darsxona – ta’lim-tarbiya о‘chog‘i. Shu bois umumiy о‘rta ta’limda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini ta’minlashda fanlarni oldindan muvofiqlashtirib amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar, sayohatlar, ekspeditsiyalar bilan mujassamlashtirgan holda о‘tilishi tarbiyaviy tadbirning ta’sirchanligini orttiradi. Bu о‘rinda maktab jamoasi uchun muzeylarning ahamiyati kattadir. U ma’naviy-axloqiy tarbiya о‘chog‘i bо‘lib, moddiy va ma’naviy buyumlar tо‘plami orqali ilmiy, tarixiy, madaniy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazuvchi markaz hisoblanadi.


Virtual muzey (muzey veb-sayti) - muzey materiallarini namoyish etish uchun optimallashtirilgan veb-sayt turi. Taqdim etilgan materiallar turli xil sohalarda bo'lishi mumkin: san'at asarlari va tarixiy asarlardan virtual to'plamlarga va tabiatga aloqador. Virtual muzey veb-saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar ko‘rgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi. XX asrning 90-yillarida muzeyshunoslikka kirib kelgan “virtual muzey” iborasi bugungi kunda zamonaviy muzeyshunoslikning butun boshli yо‘nalishiga aylanib ulgurdi. Dastlabki vaqtlarda ibora о‘quvchilar orasida garchi unchalik tushunarli bо‘lmasa-da, lekin chiroyli va yoqimli yangrar edi. “Virtual” sо‘zi “mо‘jiza, haqiqiy, real” ma’nolarini ifoda etsa ham, aslida u lotinchadan tarjima qilinganda “virtus” – xayoliy, faraz qilish sо‘zlaridan kelib chiqqan. Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar Internetda 1991-yilda paydo bo‘lgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt — muzeylar paydo bo‘la boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo bo‘lgan. Biroq barcha rasm to‘plamlari ham virtual muzey bo‘la olmaydi. Virtual muzeylarning to‘plamlari ikkita o‘ziga xos xarakteristikaga ega bo‘lishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi bo‘lib, virtual muzeylarning afzalligini ko‘ra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts bo‘lgan. Virtual muzeylar nafaqat madaniy — ma’rifiy muassasasigina bo‘lib qolmay, balki o‘quvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi ko‘rgazmalarni virtual tomosha qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Virtual muzeylarning real muzeylardan farqi o‘qituvchi yordamisiz o‘quvchilar mustaqil o‘zlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat ilmiy dunyoqarashni rivojlantiradi, balki o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos bo‘ladi. Virtual muzeylardan foydalanish o‘quvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki Internet tarmog‘idan erkin foydalana olish ko‘nikmasini hosil qilishga ham imkon yaratadi.

Download 20.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling