Mavzu: O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja


Download 42.55 Kb.
bet2/7
Sana19.01.2023
Hajmi42.55 Kb.
#1101620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja

Sopollitepa — Surxondaryo viloyatining (Muzrabod tumani) Sherobod choʻlini kesib oʻtgan Oʻlanbuloqsoy yoqasiga joylashgan jez davriga oid arxeologik yodgorlik. U 1968-yil arxeolog L. Albaum tomonidan topilgan. 1969—74 yillarda A. Asqarov tomonidan oʻrganilgan Sopollitepaning maydoni taxminan 3 ga. Uning 1 gektarga yaqin markaziy qismi mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Qalʼa atrofidagi maydonning katta qismi buzilib, paxta dalalariga aylantirilgan. Tepaning ustki qismida sopol siniqlari qalashib yotganligi uchun u mahalliy aholi orasida SOPOLLITEPA deb atalgan. Qalʼa ichidagi turar joy majmualari uning ichki devorlari boʻylab joylashgan. Ular ana shu koʻchalar orqali 8 ta mahallaga boʻlingan. Qalʼa markazida esa ochiq maydon bor. Qalʼa darvozasidan boshlangan keng yoʻl va tor koʻchalar ana shu maydon bilan bogʻlangan. Bularning barchasi SOPOLLITEPA jamoalarining mudofaa tizimini tashkil etgan. Bunday murakkab meʼmoriy inshoot oldindan oʻylangan aniq reja va gʻoya asosida qurilgan. SOPOLLITEPA qalʼa qoʻrgʻonining meʼmoriy tarhi protoshahar tarkibini eslatadi, uni maxsus oʻylab topilgan mudofaa rejasi esa amaliy tajribadan kelib chiqib, qalʼa bosh rejasi gʻoyasiga qatiy boʻysundirilgan. SOPOLLITEPA jamoasi mazkur maskanda 150—200 yillar chamasi yashab, suv tanqisligidan, suvga qulay yangi unumdor yerlar qidirib, Sherobod daryoning qadimgi oʻzani Boʻstonsoy soxillariga koʻchib ketadilar. Bu voqealar mil. av. 2ming yillikning birinchi yarmida sodir boʻldi. SOPOLLITEPA dehqonlari yangi joyni oʻzlashtirib, Oʻzbekiston janubida eng qadimgi ilk shaharni barpo etadilar. U shahar Oʻzbekiston tarixida Jarqoʻton nomi bilan atalib, uning protoshahri Sopollitepa hisoblanadi.
Jarqoʻton — qadimgi shahar xarobasi (mil. av. 2-ming yillikning ikkinchi yarmi). Sherobod tumani (Sherobod daryo irmogʻi Boʻstonsoy oʻzanining chap sohili)da joylashgan. Sopolli madaniyatiga mansub qabilalarning jez davri yodgorligi. Jarqo’ton aholisi sugʻorma dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Oʻzbekiston FA Arxeologiya institutining A. Asqarov rahbarligidagi ekspeditsiyasi qazish ishlari olib borgan (1973 y.dan). Jarqo’ton (maydoni 100 ga) mudofaa devori bilan oʻralgan markaziy qoʻrgʻon, otashparastlar ibodatxonasi , qabriston (maydoni 20 ga), bir necha dahalardan iborat boʻlgan. Jarqo’tonda turar joy qoldiqlari, ibodatxona, kulolchilik mahallasi, metall eritiladigan ustaxonalar, 1000 dan ortiq qabrlar ochib oʻrganildi. Turar joy binolari katta bichimli xom gʻishtdan (55x29x9 sm) bir yoki bir necha xonali qilib qurilgan. Xonalar sahni va devori somonli loy bilan suvalgan. Koʻchalar tor, daha ibodatxonasiga boruvchi yoʻlga shagʻal yotqizilgan.

Download 42.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling