Mavzu: O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja


Download 42.55 Kb.
bet6/7
Sana19.01.2023
Hajmi42.55 Kb.
#1101620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja

Toshkent. Miloddan avvvalgi VI-IV asrlarda Qorasuv, Salor va Joʻn arigʻi yoqalarida dastlab ilk qishloqlar qad koʻtargan. Shulardan biri Joʻn arigʻi boʻyidagi Shoshtepaning ostki qatlamidan qazib ochilgan qalʼa xarobasidir. Toshkent vohasida shahar madaniyati shakllanib, qadimgi Toshkentning asta-sekin qad koʻtarishiga zamin boʻldi. Mil. av. II-I asrlarda Shoshtepada qadimgi shahar belgilari paydo boʻldi. Qadimgi qishloq xarobalari ustida atrofi qalin aylanma devor bilan oʻrab olingan doira shaklidagi qalʼa (qoʻrgʻon) qad koʻtardi. Milodiy I-II asrlarda suyakdan yasalgan yozuv tayoqchasi (stil) qadimgi Shoshda yasalib ishlatilgan. 15 smli bu suyak qalamning bir tomoni yozish uchun uchli qilib, ikkinchi oʻchirgich tomoni esa qiyshiq koʻp burchak shaklida kurakcha qilib yasalgan. Bu topilma milod boshlaridayoq Toshkent vohasida ham xattotlik mavjudligidan guvohlik beradi. Shoshtepadagi arxeologik obidalar shaharning mustahkam mudofaa devori, hashamatli meʼmoriy majmuoti, hunarmandchilik buyumlari, xatsavod va savdodan dalolat beruvchi topilmalar milod boʻsagʻasida Toshkent vohasida shahar madaniyati rivojlanib, Shoshtepadagi qadimgi qishloq shahar qiyofasini ola boshlaganini koʻrsatadi. Shoshtepani oʻrganish Toshkent hududidan shahar madaniyati tarixi huddi shu davrdan boshlangan, yaʼni uning yoshi 23 asrdan kam emas deb baholashga imkon berdi. Salor yonida joylashgan Choch shahri bu I-II asrlarda har tomonlama yetakchi mavqega ega boʻlib, uni muarrixlar haqli ravishda milodning boshlaridagi Toshkentning asosi deb hisoblaydilar. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Toshkent Yevropa mamlakatlarining Hindiston va Xitoy bilan olib borgan turli aloqalarida muhim rol oʻynagan. Bu shahar VI-VIII asrlarda, ayniqsa, ravnaq topgan. Shaharning Turk xoqonligi tarkibiga kirishi, uning Qoramozor togʻlaridagi konlar yaqinida joylashganligi, hunarmandchilik mahsulotlariga doimo muhtoj dasht koʻchmanchilarining yondoshligi, shuningdek, asosiy karvon yoʻllari, xususan, Buyuk ipak yoʻli vohaning shimoliy hududlaridan oʻtishi uni tezda Choch davlatining poytaxti boʻlib qolishiga imkon berdi. Shahar atrofi kuchli mudofaa devorlari bilan oʻrab olinib, maxsus saroyqalʼa qurilgan. Arxeologik qazishmalar vaqtida topilgan ishlab chiqarish qurollari va uyroʻzgʻor buyumlari tangalarini zarb qildirgan. IV—VII asrlarda Chochda kumush tangalar chiqaradigan zarbxona boʻlgan. Qadimgi Choch hukmdorlari old tomoniga mulkdorning surati, orqa tomoniga hujumga tayyorlanib turgan qoplon tasviri yoki sulolaviy ayri tamgʻa tushirilgan pullarni zarb etgan. Chochning huddi shu davrda zarb etilgan baʼzi tangalari orasida hukmdor bilan yonma-yon turgan malika tasviri tushirilgan pullar ham uchraydi. Bu shubhasiz, Chochning ilk oʻrta asr ijtimoiy va iqtisodiy, ayniqsa, siyosiy hayotida hukmron tabaqa ayollarining yuqori nufuzga ega boʻlganligini koʻrsatadi.
Xiva – Oʻzbekistonning qadimgi shaharlaridan biri. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, shahar mil. av. V asrda barpo etilgan. Uning nomi shaharning qadimgi qismida joylashgan Xivaq (Xeyvaq) qudug’i bilan bogʻliq. Baʼzi tadqiqotchilar shahar nomini xorazmiy tiliga yaqin boʻlgan qadimgi osetin tilidagi "Xiauv" – qalʼa soʻzidan, boshqalari bu atamani antik davrdan Xiva hududidan oqib oʻtgan Xeykaniq (hozirgi Polvonyop) kanalining oʻzgartirilgan (Xeykaniq– Xeyvaniq–Xeyvaq–Xeva–Xiva) nomidan kelib chiqqan deydilar. Xorazmlik tarixchi solnomachi Xudoyberdi Qoʻshmuhammad oʻzining 1831 yilda yozgan "Dili Gʻaroyib" asarida Xorazmning qadimgi shaharlarini nomma-nom sanar ekan, "Bu mamlakatning yana bir qalʼasi – Qalʼai Ramldir. Bu qalʼaga Som ibn Nuh asos solgan boʻlib, u hozirgi Xivaq nomi ila mashhurdir" deydi. Xalq rivoyatlarida ham shaharning bunyod etilishi Nuh zamonlariga borib taqaladi. Bunda Nuhning oʻgʻli Som boʻlajak shahar yoniga kelib quduq qazdirgan va shu bilan Xivaga asos solgan. Haqiqatan ham Xivaning Ichan qalʼasida qadimgi Xeyvaq (Xivak) qudugʻi saqlanib qolgan. Xiva toʻgʻrisidagi dastlabki ishonchli maʼlumotlar X asrdan boshlab arab-fors tilidagi tarixiy-geografik manbalarda uchraydi. Istaxriy (930) Xivani oʻsha davrdagi eng yirik 30 ta shahar roʻyxatiga kiritgan. U. Xivani Hazoraspdan 8 farsax masofada Jurjoniya (Gurganj) yoʻlida joylashganligini qayd qiladi. Muqaddasiyning maʼlumotlariga koʻra esa Xiva bilan Hazorasp oʻrtasidagi masofa 8 dovon (10 farsax)dan iborat boʻlgan. Xiva Yoqut Xamaviy (13-asr), Nizomiddin Shomiy (14- asr) asarlarida ham karvon yoʻlida joylashgan shahar sifatida eslatib oʻtiladi. Xiva oʻzining tarixiy oʻtmishi, meʼmoriy tuzilishi, obidalarining yaxlit saqlanganligi jihatidan mazkur qadimgi shaharlar orasida alohida oʻrin tutadi. Yer kurrasida mashhur boʻlgan Qohira shahriga tengdosh boʻlgan bu shaharning Ichan qalʼa qismi (1990) Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan 100 shahar boʻlib, dunyoga al-Xorazmiy, Najmiddin Kubro, Shihabuddin Xivaqiy, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rahimxon (Feruz), Munis va Ogahiy kabi buyuk zotlarni yetkazib bergan azim zamin hisoblanadi.
Mil. av. V asr oxirigacha Xiva Xorazm tarkibida Axomaniylar davlati tasarrufida,keyinchalik Xiva xonligi poytaxti boʻlgan. Xonlik 1873 yil rus qoʻshinlari tomonidan zabt qilinib, Gandimiyon shartnomasita koʻra, Rossiya imperiyasi protektoratiga aylantirilgan. 1920–24 yillarda Xiva Xorazm Xalq Sovet Respublikasi poytaxti boʻlib turgan. Xivani arxeologik jihatdan oʻrganish qisman S.P.Tolstov, Ya.Gʻ.Gʻulomov, A.I.Terenojkin va boshqalar tomonidan XX asr oʻrtalarigacha olib borilgan. 1984–1993 yillarda arxeologik qazishma ishlari rejali ravishda keng miqyosda olib borildi. Qazishmalar Oʻzbekiston FA Qoraqalpogʻiston boʻlimi arxeologlari va xorazmlik arxeologlar hamkorligida amalga oshirilgan edi.
Vazir — Xorazm vohasining oʻrta asr shahar-qalʼalaridan biri. Tarixiy manbalarga koʻra, shayboniylardan Mustafoxon tomonidan XV asr oʻrtalarida asos solingan. Koʻhna Urganchdan 60 km masofada. Shayboniylarning Xorazmdagi mulki markazi. XVI asrda Eron shohi Ismoil I Safaviy istilosiga qarshi Vair da koʻtarilgan harakat Xorazm mustaqilligini tikladi. Xonlik taxtiga Burka Sulton oʻgʻli Elbars oʻtqazilishi bilan Xorazmda 200 yil hukmronlik qilgan shayboniylar sulolasiga asos solindi. Shayboniy sultonlarning XVI asrdagi oʻzaro kurashlarining kuchayishi Vazirning vayron boʻlishiga olib keldi. Masalan, 1537 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon, 1593 —98 yillarda Abdullaxon Xorazmga bir necha marta yurish qilib Vazir, Hazorasp qalʼalarini vayron qildi. Shuning uchun ham XVII asrda Abulgʻoziy Bahodirxon xonlik markazini Yangi Urganchga oʻtkazib, Vazir aholisini ham koʻchirtirib keltirdi. Anushaxon davrida, taxminan 1681 yilga kelib Vazir va Kat shaharlari kimsasiz huvillab qolgan.

Download 42.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling