Mavzu: O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja
Download 42.55 Kb.
|
Mavzu O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqqala
Ko‘zaliqir Xoramning qadimgi shaharlaridan biri. Bu yodgorlikda o‘tgan asrning o‘rtalaridan boshlab S.P.Tolstov rahbarligidagi Xorazm ekspeditsiyasi ko‘plab tadqiqot ishlari olib borgan. Orolbo‘yi vohasidagi qadimgi yirik kanallardan birining yaqinida joylashgan ushbu yodgorlik topilmalari mil. avv. VIII asrdan V-IV asrlargacha sanalgan. Qadimgi Xorazm tadqiqotchilari «ko‘hna shahar» va «qal’a» deb ta’riflagan ushbu yodgorlikdagi turar joylar asosan paxsa va xom g‘ishtdan qad ko‘targan. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qal’a ikkita qurilish davrini boshdan o‘tkazgan. Mil. avv. VI-V asrlarga oid pastki qatlamlardagi g‘ishtlarning o‘lchamlari mil. avv. V-IV asrlarga oid yuqori qatlam g‘ishtlaridan farqlanadi. Undan tashqari sopollarning xususiyati va bronza o‘q uchlarining yasalishida ham ayrim farqlarni kuzatish mumkin. Ko‘zaliqirning markazidan yirik bino qoldiqlari ochilgan bo‘lib, bu erda yarim metrga yaqin madaniy qatlam saqlangan. Har ikkala qurilish davrida mavjud bo‘lgan ushbu bino 285 kv.metrni egallaydi. Qat’iy rejaviy tuzilish va binoning qat’iy maydoni butun majmuaga salobat baxsh etgan. Markaziy binoning shimol tomonidan uchta minoraning asosi qazib o‘rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, ular diniy marosimlar bilan bog‘liq inshootlardir. Ko‘zaliqir tadqiqotchilar tomonidan ahmoniylargacha bo‘lgan davr bilan sanalanishiga qaraganda Orolbo‘yi hududlarida paydo bo‘lgan birinchi shahar bo‘lishi mumkin. O‘rta Osiyo o‘troq aholi vohalarining Ahmoniylar davlati tarkibiga kiritilishi bilan hududlarning ichki siyosati satrapliklar markazlarida jamlangan edi. Satrapliklar markazlari mustamlakachilik va boshqaruvning asosi bo‘lib, bu o‘rinda urbanistik markazlarning mudofaasi alohida ahamiyatga ega bo‘lib boradi. Eskilari ta’mirlanib, yangilari shakllanayotgan ushbu mil. avv. VI-IV asrlarga oid shaharlar mudofaasiga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqotlar tahliliga ko‘ra, Ko‘zaliqir ham aynan shu toifaga kiruvchi ko‘hna shaharlardan biri edi. Boshqacha qilib aytganda, mil. avv. I ming yillikning o‘rtalaridagi shaharlarning shakllanishida siyosiy-harbiy omil asosiy hisoblangan. Butun qadimgi dunyoda bo‘lganidek, Xorazmda ham shaharlar iqtisodiy, siyosiy va diniy-mafkuraviy markazlar hisoblangan. O‘z vaqtida S.P.Tolstov ta’kidlaganidek, agar Xorazmning eng qadimgi shaharlari markazlarida jamoat-diniy inshootlar joylashgan bo‘lsa, milodning boshlariga kelib shaharlarning markaziy qismini qal’a egallaydi.
Xorazmda shaharsozlik boshlanishi miloddan avvalgi VII asrga borib taqaladi (Ko`zaliqir shahri xarobalari). Mil. avv. V—IV asrlarda bu yerda mahalliy hukmdorning qarorgohi bo`lgan ulkan qal'a bunyod etilgan edi (Qalaliqir shahri xarobalari). Miloddan avvalgi III—II asrlarda Xorazm O`rta Osiyoning yirik antik davlatlari — Yunon-Baqtriya podsholigi va Parfiya podsholigi tarkibiga ham kirmagan. Bu hol Xorazmda o`ziga xos madaniyat vujudga kelishida muhim omil bo`ldi. Jonbosqal`a va Qo`yqirilganqal`a yodgorliklari ana shu madaniyat namunalaridir. Qo`yqirilganqal`a xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan. Milodiy II—III asrlarda Tuproqqal'a shahrida bundan ham ulug`vor va muhtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shahar qudratli mudofaa devorlari bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o`tgan ko`cha shaharni ikki qismga bo`lgan, undan esa yon-atrofga ko`chalar ketgan, mahallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muhtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shohlar, lashkarlar, mug`anniylar, hayvonlar va qushlar rasmlari chizilgan. Zallardan birida devor bo`ylab baland taglikka 20 dan ko`proq haykallar o`rnatilgan edi. Download 42.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling