Mavzu: O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja


Download 42.55 Kb.
bet5/7
Sana19.01.2023
Hajmi42.55 Kb.
#1101620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu O’lkamizda qadimgi va o’rta asr shaharlari Reja

Afrosiyob – Samarqandning qadimgi xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qadimgi Samarqandga nisbatan faqat XVII asrdan boshlab uchraydi. Qadimgi Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av. IV asrda Samarqand Aleksandr Makedonskiy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Maroqanda sifatida eslatiladi. Maroqanda Smarakanve ning yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qadimgi Smarakanve IX asrdan boshlab Samarqand deb atala boshlandi. XI-XV asrlarda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15 – asrdan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi. Afrosiyob hozirgi Samarqandning shimoliy chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning maydoni 219 ga. Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam materiallar toʻplaydi. Ammo 1930 yillarga qadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar qadimgi Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya instituti olimlaridan Afrosiyob I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadqiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki qatlamidan miloddan avvalgi VI-V asrlarga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. Afrosiyob Shishkin (1958-66) va Ya. F. Gʻulomov (1967–70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik qazishlar natijasida qadimgi madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan buhronlar davri aniqlandi. Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand miloddan avvalgi VIII-V asrlarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi.
Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining shakllanishida Termizning oʻziga xos oʻrni bor. Koʻhna Termizning qalʼa qismida olib borilgan arxeologik izlanishlar natijalari va yozma manbalarning tahliliga koʻra shaharga mil. av. 1-ming yillikning oʻrtalarida asos solingan. Termiz Sugʻdiyona, Xorazm, Margʻiyona va Parfiya davlatlari bilan madaniy va savdo aloqalarini oʻrnatgan. Topilmalarga qaraganda shaharning Hindiston bilan madaniy va savdo aloqalari ham juda faol va uzviy boʻlgan. Mil. Avv. IV-III asrlarda 10 ga maydonni egallagan Termizning qadimgi qalʼasi oʻrnida aholi manzili boʻlgan. Hofizi Abruyning yozishicha, shahar nomi "Taramastxa" (baqtriycha "narigi sohildagi manzil") soʻzidan olingan boʻlib, asrlar davomida turlicha atalib kelgan (masalan, Antioxiya, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo), X asrdan Termiz deb atala boshlagan. Termiz mil. av. III-II asrlarga kelib Baqtriyaning eng rivojlangan, siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. Ashyoviy dalillarga koʻra bu davrlarda shaharda meʼmorlik va hunarmandchilikning bir qancha sohalari (kulolchilik, degrezlik va metallsozlik, shishasozlik), Salavkiylar, YunonBaqtriya shohlari tovarpul muomalasi Movarounnahrning boshqa shaharlariga qaraganda ancha oldin rivojlanganligidan dalolat beradi. Termiz shahrining gullab yashnagan davri Kushonlar hukmronligi davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda Termiz hududiy jihatdan kengayib, Shimoliy Baqtriyaning yirik shahriga aylangan. Shaharda shu davrga oid meʼmorlik va hunarmandchilik binolari va namunalari, turli nafis sopol va shisha idishlar, fil suyagi, qimmatbaho metall va toshlardan tayyorlangan zargarlik buyunlari topildi. Termizda dastlabki arxeologik qazishma ishlari B.P.Denike (1926–27), M.Ye. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (1936–38) tomonidan olib borilgan. Eski Termizda arxeologik qazishma ishlari keyinchalik Sh.Pidayev, T.Annayev tomonidan davom ettirilib, shahar tarixi yanada oydinlashtirildi.

Download 42.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling