Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja
Download 1.39 Mb.
|
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’lka shaxar va qishloqlarini o’rganish.
- 1. Geografik joylanishi
- Vujudga kelish tarixi
Savol va topshiriqlar
1. Aholini qaysi fan o’rganadi? 2. Aholi soni deganda nimani tushunasiz? 3. O’lkada aholining umumiy soni 50000 kishi, o’lka maydoni 4000 km2 bo’lsa, aholining o’rtacha zichligini aniqlang. 4. O’lkada tug’ilganlar soni 1438, o’lganlar soni 535 kishini tashkil qilsa aholining tabiiy o’sishini aniqlang. 5. Qaysi yoshlarda ayollar va erkaklar mexnatga yaroqli hisoblanadi? 6. O’rbanizatsiya deganda nimani tushunasiz? O’lka shaxar va qishloqlarini o’rganish. Shahar va qishloqlar axolini zich to’plangan va asosiy yashash makonidir. Har qanday axolii manzilgoxi, ya’ni shaxar va qishloqlar kelib chiqishi, rivojlanishi va joylanishi bilan boshqa joylardan keskin farq qiladi. Shaxarlarni o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganishda ularning o’ziga xos xususiyatlarini ochib berishga asosiy e’tibor beriladi. Shaxarlar joylashgan muxit, uni arxitekturasi, ko’chalarini tuzilishi, sanoat korxonalarini, madaniy va maishiy obyektlarini joylashishi aloxida o’rganiladi. Qishloqlarni o’lkashunoslik maqsadida o’rganilganda ularning soniga, zichligiga, joylanish sharoitiga, tuzilishiga, ixtisosligiga, arxitekturasiga, suv va energiya ta’minotiga katta e’tibor beriladi. O’lkadagi shaxarlar quyidagi tartibda o’rganiladi: 1. Geografik joylanishi: matematik geografik joylanishi, ya’ni uning kengligi, uzunligi, geografik koordinatasi xarita yordamida aniqlanadi; tabiiy geografik joylanishi, yirik daryolarga, tog’larga, ko’llarga, tekisliklarga nisbatan joylanishi; iqtisodiy geografik joylanishi – davlat, viloyat, tuman markaziga, yirik sanoat markazlariga, transport tugunlariga nisbatan joylanishi.Masalan, yuqoridagi ko’rsatkichlarni Andijon viloyatidagi Xonobod shaxri misolida ko’rib chiqamiz. Xonobod shaxri O’zbekistonni eng sharqiy chekkasida joylashgan. U deyarli 410 shimoliy kenglikda va 730 sharqiy uzunlikda joylashgan. Xonobod shaxri tabiiy geografik jixatdan Qoradaryoning o’ng qirg’og’ida adir oldi terrasalarda, Farg’ona vodiysining sharqiy qismida joylashgan. Uning sharqiy qismida Andijon (Kampirrovot) suv ombori qurilgan. Xonobod shaxri viloyat markazi Andijondan 50-60 km sharqda joylashgan, Tuman markazi Qo’rg’ontepa shaxridan 20km masofada joylashgan. Xonobod shaxridan temir yo’l o’tgan, mazkur temir yo’l shaxarni Andijon, Toshkent shaxarlari bilan bog’laydi. Shaxarlardan Bishkek-O’sh avtomabil yo’li o’tgan. 2. Vujudga kelish tarixi, mazkur joyda joylanish sababi, nomini kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, yirik va mashxur namoyondalar. Masalan, Xonobod shaxri Andijon suv omborini qurilish munosabati bilan Xonobod, Qorobog’ish qishloqlari o’rnida XX asrning 70-yillarida Sovetobod nomi bilan tashkil qilindi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng Xonobod shaxri deb atala boshladi. Shaxarni rivojlanish bosqichlari bevosita Andijon suv ombori va boshqa sanoat korxonalarini barpo etilishi bilan bog’liq. Xonobod shaxridan mashxur kishilar yetishib chiqqan, O’zbekiston xalq artisti Soib Xo’jayev Xonobodda tug’ilgan. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling