Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


Geografik o’lkashunoslik ikkita yirik tarmoqdan iborat


Download 1.39 Mb.
bet2/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

Geografik o’lkashunoslik ikkita yirik tarmoqdan iborat: tabiiy geografik yoki tabiiy o’lkashunoslik; iqtisodiy geografik yoki iqtisodiy o’lkashunoslik.
Tabiiy o’lkashunoslik ekologiya va tabiatni muhofaza qilishni zamonaviy muammolarini global, milliy, mintaqaviy va mahalliy jihatlarini o’rganishni ta’minlaydi.
Atrofdagi landshaftlar bilan yaqindan tanishish, tabiat qonunlarini o’rganish o’quvchilarda ilmiy ishlarga qiziqishni rivojlantiradi va kelajakda yetuk mutaxassis yoki olim bo’lib yetishish uchun zamin tayyorlaydi.
Tabiatning tarkiblarini qonuniy uyg’unligi yer yuzasida turli o’lchamlarga ega bo’lgan tabiiy xududiy komplekslarni keltirib chiqaradi. Eng yirik tabiiy xududiy kompleks bo’lib geografik qobiq xisoblanadi. Geografik qobiq turli kattalikdagi tabiiy xududiy komplekslarga bo’linib ketadi (materiklar va okeanlar, tabiiy geografik o’lkalar va provintsiyalar, zonalar va x.k).
O’lkashunoslik ishlari odatda bitta landshaft doirasida olib boriladi. Geografik landshaft deganda aniq tabiiy chegaraga, bir xil geologik, geomorfologik asosga, bir xil gidrotermik sharoitga, tuproq va o’simlik qoplamiga ega bo’lgan xudud tushuniladi.
Geografik landshaftning o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganilishi quyidagi tartibda olib boriladi:

  • Topografik ishlar

  • O’lka geologik tuzilishini, relьefi va foydali qazilmalarini o’rganish.

  • O’lka iqlimini o’rganish

  • Ichki suvlarini o’rganish

  • Tuproq qoplamini o’rganish

  • O’simlik qoplamini o’rganish

  • Hayvonot dunyosini o’rganish

  • Landshaftlarini o’rganish

Yuqoridagi tabiiy gеografik tavsiflar tabiatni o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganishni asosiy yo’nalishlarini tashkil qiladi.
Iqtisodiy gеografik yoki iqtisodiy o’lkashunoslik o’lkani axolisini va xo’jaligini o’lkashunoslik maqsadlarida o’rganadi, ya’ni iqtisodiy o’lkashunoslik o’lkaning xozirgi iqtisodiy – ijtimoiy xayotini o’rganadi.
Iqtisodiy o’lkashunoslikning ob’еktlari bo’lib o’lka axolisi xo’jaligi, shaxarlari, qishloqlari, alohida sanoat korxonalari (fabrikalari, fеrmеr xo’jaliklari, ilmiy va madaniy tashkilotlar, dam olish korxonalari, ta’lim muassasalari va x. k).
Jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy xayotining barcha tarmoqlari bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Shuning uchun o’lka axolisini va xo’jaligini o’rganganda komplеks yondoshish zarur. Komplеks yondoshish o’lka ijtimoiy-iqtisodiy tizimidagi ichki va tashqi aloqalarni ochib bеrishga imkon bеradi.
O’lka axolisi va xo’jaligi quyidagi tartibda o’rganiladi:

  • O’lkaning gеografik joylashuvi

  • O’lka axolisi

  • O’lka tabiiy boyliklari

  • O’lka xo’jaligining rivojlanish tarixi

  • O’lka sanoatining asosiy tarmoqlari

  • O’lka qishloq xo’jaligi

  • O’lka transporti

  • O’lkaning tashqi iqtisodiy aloqalari.

O’lka axolisi va xo’jaligi xaqidagi statistik ma’lumotlar tuman yoki viloyat statistika boshqarmasidan, statistik to’plamlardan, iqtisodiy va iqtisodiy gеografik maqolalar, to’plamlar, monografiyalar, risolalar va boshqa nashriy manbalardan olinadi.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling