Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


О‘lkashunoslik sayohatlarida bajariladigan topografik ishlar


Download 1.39 Mb.
bet3/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

О‘lkashunoslik sayohatlarida bajariladigan topografik ishlar. О‘lkani о‘rganishni asosiy usullaridan biri о‘lka tabiatini bevosita turistik sayohat yoki о‘lkashunoslik maqsadlarida olib boriladigan ekspeditsiyalarda tatqiq qilishdir.
О‘lka tabiatini о‘rganishda dastlab quyidagi ishlar bajariladi: joy kartasi о‘rganiladi; kompos yordamida azimut bо‘yicha yurish о‘rganiladi; osmon jismlariga qarab joy tomonlari aniqlanadi; karta bilan ishlanadi; rejada maydon va uzunlik о‘rganiladi; joyda nuqta va yо‘nalishlar belgilanadi; topografik plan olish amalga oshiriladi; kо‘z bilan chamalab masofa aniqlanadi.
Joy kartasi bilan ishlash. Karta о‘lkani о‘rganadiganlar uchun asosiy ish quroli, yо‘l boshlovchi va kerakli ma’lumotlar manbai bо‘lib hisoblanadi. Ammo karta bilan ishlashda kartografik qoidalarni bilish lozim bо‘ladi.
Karta – bu yer yuzasini kichraytirilgan va umumlashtirilgan yassi tasviridir. Kartada joydagi obyektlar shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
Kartalarning juda kо‘p turlari mavjud, ammo о‘lkashunosh uchun eng aniq va doimo ishlatiladigan karta topografik kartalardir. Umumgeografik va ma’muriy kartalardan ham о‘lkashunoslar kо‘proq foydalanishadi. Turistik kartalarning aniqligi va chuqurligi kam bо‘lsa ham о‘lkashunos uchun zarur bо‘lgan ekskursiya obyektlari va diqqatga sazovor joylar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ammo sayohat davomida yо‘nalish bо‘yicha amaliy harakat qilish uchun yirik masshtabli kartalardan foydalanish lozim bо‘ladi.

1-rasm. Kompas.Kompas bilan mо‘ljal olish.


Kompas bilan ishlash. Kompas yordamida joy tomonlari aniqlanadi. Kompas yordamida joy tomonlari aniqlanganda magnit og‘ish burchagi hisobga olinishi lozim. Chunki kompas kо‘rsatkichi haqiqiy geografik meridian bо‘yicha emas, balki magnit meridiani bо‘yicha о‘rnatiladi va hisob olinadi. Geografik va magnit meridianlari orasida hosil bо‘ladigan burchakka magnit og‘ish deb ataladi. (1-rasm) Agar kompas kо‘rsatkichining shimoliy uchi geografik meridiandan sharqqa og‘sa magnit og‘ish sharqiy (musbat), g‘arbga og‘sa g‘arbiy (manfiy) bо‘ladi.
Magnit og‘ishning о‘lchamlari va ishorasi turli joylarda turlichadir. Ma’lum bir joyda magnit kо‘rsatkichini og‘ishi bilgan holda haqiqiy (geografik) meridianni osongina aniqlash mumkin. Masalan, joyda magnit og‘ishi sharqiy +100 bо‘lsin, kompasni mazkur holda shunday aylantirish lozimki uning kо‘rsatkichining shimoliy uchi 00 rо‘parasida emas, balki 100 rо‘parasida tursin. Bunday holda kompas aylanasidan olinadigan hisob geografik meridianga tо‘g‘ri keladi, ya’ni 100. Agar og‘ish g‘arbiy (manfiy) bо‘lsa kompas kо‘rsatkichining shimoliy uchi 3500 rо‘parasida bо‘ladi (360-10=3500).
Azimut va azimut bо‘yicha yurish. Azimut – bu berilgan nuqta bilan shimoliy yо‘nalish о‘rtasidagi burchakdir. Azimut darajalarda 00 dan 3600 ga о‘lchanadi. Agar asosiy yо‘nalish sifatida geografik meridian olinsa azimut haqiqiy hisoblanadi, agar magnit meridiani olinsa azimut magnit azimuti deb ataladi.
Azimut bilan yurish uchun ufq tomonlarini va ularga mos keladigan azimut qiymatlarini bilish lozim. Ufqning asosiy va oraliq tomonlari mavjud. Ufqning asosiy tomonlari shimol, sharq, janub va g‘arb hisoblanadi. Ular orasida ufqning oraliq tomonlari joylashadi. Masalan, shimol bilan sharq о‘rtasida shimoli-sharq, sharq bilan janub о‘rtasida janubi-sharq, janub bilan g‘arb о‘rtasida janubi-g‘arb, g‘arb bilan shimol о‘rtasida shimoli-g‘arb joylashgan. Mazkur yо‘nalishlarning azimutlari quyidagicha(1-jadval).

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling