Mavzu: O’lkashunoslik kursining maqsadi va vazifalari. O’lkashunoslik o’z o’lkasi haqidagi fan. O’lkashunoslikning rivojlanish tarixi tadqiqot usullari. Reja


-jadval. Shamolning turi va kuchi


Download 1.39 Mb.
bet14/43
Sana21.04.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1370399
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
20. O\'lkashunoslik-ma\'ruzalar

2-jadval. Shamolning turi va kuchi.



Shamol kuchi ballda

Shamol nomi

Shamol tezligi
(m/sek)

Shamol kuchini aniqlash uchun belgilar

1

2

3

4

0

Shtil (shamolsiz)

0-0,5

Tutun tik kо‘tariladi. Bayroq va daraxtlar bargi qimirlamaydi.

1

Tinch shamol

0,6-1,7 (1)

Tutun qiya kо‘tariladi. Ayrim barglar tebranadi.

2

Yengil shamol (shabada)

1,8-3,3 (2,5)

Yengil shabada esgani seziladi. Bayroqcha sal qimirlaydi. Barglar shitirlaydi.

3

Kuchsiz shamol

3,4-5,2 (4,5)

Daraxtlarning ingichka va nozik shoxlari doimo tebranib turadi. Baland о‘tlar tebrana boshlaydi. Bay roq xilpiraydi.

4

Mо‘tadil shamol

5,3-7,4

Daraxtlarning ingichka novdalari tebranadi. Yerdan chang kо‘tariladi. Baland о‘tlar va ekinlar ustida tо‘lqin hosil bо‘ladi. Bayroqcha chо‘ziladi.

5

Sovuq shamol

7,5-9,8 (8,5)

Daraxning shoxlari va yosh kо‘chatlar tebranadi. Katta bayroqlar chо‘ziladi.

6

Kuchli shamol

9,9-12,4 (11)

Daraxtlarning yirik shoxlari tebranadi, о‘rmon shitirlab ovoz chiqaradi. Baland о‘tlar va ekinlar yerga yotib qoladi. Simlar charsillaydi.

7

Qattiq shamol

12,5-15,2 (14)

Daraxtlar tanasi tebranadi, yirik shoxlar egiladi. Shamolga qarshi yurish qiyinlashadi. Binolar oldida shamolning g‘uvullashi eshitiladi.

8

Judda qattiq shamol

15,3-18,2 (17)

Yirik daraxtlar tebranadi, novdalar va quruq shoxlar sinadi. Shamolga qarshi yurish sezilarli darajada qiyinlashadi.

9

Dovul (shtorm)

18,3-21,5 (20)

Binolarni yengil buzilishi kuzatiladi. Daraxtlarning yirik shoxlari sinadi.

10

Kuchli dovul

21,6-25,1 (23)

Varonagarchilik sodir bо‘ladi. Ayrim daraxtlar qulaydi.

11

Falokatli dovul

25,2-29,0 (27)

Shamol kuchli vayronagarchilikni keltirib chiqaradi, daraxtlar tanalarini sindiradi.

12

Bо‘ron

>29.0

Falokatli vayronagarchilik sodir bо‘ladi.



Bulutlarni kuzatish. O’lkashunoslik ishlarida dala sharoitida odatda bulutlarning shakli va bulutlilik aniqlanadi. Meteorologiya fanida qabul qilingan bulutlarning sinflashtirishiga binoan bulutlar xosil bo’lish balandligiga ko’ra uch qatlamga bo’linadi. Yuqori qatlam bulutlari Yer yuzasidan 6000 m balandlikda joylashadi. Ularning barcha shakllari sof oq rangda, ko’lankalarsiz, yarim shaffof (ular orqali quyosh, oy, osmon va yulduzlar ko’rinib turishi mumkin) ular patsimon, patsimon qatlamli va patsimon to’p-to’p shakllarga bo’linadi.(23-rasm.)
O’rta qatlamdagi bulutlar 2000-6000 m balandliklarda hosil bo’ladi. Ular uchun yuqori zichlik, massasining tarkibiy qismlarining yirikligi, markazida oqish tus va ko’lankalarni mavjudligi xos. Mazkur bulutlar baland to’p-to’p va baland qat-qat turlarga bo’linadi. Quyi qatlamdagi bulutlarni hosil bo’lishi yer yuzasidan boshlanadi va 2000m ga davom etadi. Ular turli xil yirik elementlardan iborat bo’ladi va asosan qora rangda bo’ladi. Ularning quyidagi shakllari ajratiladi: qat-qat-to’p-to’p; qat-qat va qat-qat yomg’irli.
Boylama yo’nalishda rivojlanadigan bulutlar alohida ajratiladi. Ular bir necha yarusni kesib o’tishi mumkin. ularga to’p-to’p, to’p-to’p yomg’irli va qorli bulutlar kiradi. Bulutlarni rangi va shakli haqida to’la ma’lumotlar olish uchun «Bulutlar atlasi»dan foydalanish mumkin.
Bulutlikni aniqlash uchun 10 ballik shkaladan foydalaniladi. Bunda osmonni bulut bilan qoplanganlik darajasi aniqlanadi. Agar osmon toza bo’lsa, bulutlar bo’lmasa bulutlik «0» ball bo’ladi. Agar osmon bulutlar bilan to’la qoplangan bo’lsa bulutlik 10 ballga teng bo’ladi. Atmosfera yog’inlarini kuzatganda quyidagilarga e’tibor beriladi: yog’in turi, ularni sur’ati, boshlanish va to’xtash vaqti. Eng oson aniqlanadigan yog’in turi yomg’ir, jala tomchilari, qor, paxta qor, xo’l qor, qor donalari, do’l, shudring, qirov, mayda yomg’ir, sirpanchiq.
Bundan tashqari quyidagilar kuzatilishi va kundalikka yozib qoyilishi lozim: qor bo’roni, yer bag’irlab esadigan shamol, chaqmoq, qutb yog’dusi, tuman, yashin, momoqoldiroq, g’ira-shira. Optik xodisalar: quyosh va oy atrofidagi toj, sarob va x.k.

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling