3. Axolining soni va tarkibi. Axolini o’rganish tartibi 12§ berilgan.
4. Sanoatining asosiy tarmoqlari. Sanoat korxonlari va ularning aloqlari.
5. Uy-joy qurilishi va shaxarni obodonlashtirilishi. Shaxar transporti, aloqa va savdo tizimi, umumiy ovqatlanish korxonalari, bozorlari, sog’liqni saqlash muassasalari.
6. Ma’orif, madaniy oqartuv va sanoat muassasalari.
7. Tarixiy va diqqatga sazovor joylari.
8. Kelajakda rivojlantirish istiqbollari.
Qishloqlarni o’rganish tartibi quyidagi bandlardan iborat:
1. Qishloqning geografik joylashishi: yaqin shaxar, tuman markazi, yo’llarga nisbatan joylashishi, tabiiy obyektlarga nisbatan joylanishi (daryo, soy, ko’l, suv ombor, tog’, tekislik va x.k.);
2. Qishloqning vujudga kelish tarixi, nomini mazmuni va mohiyati;
3. Aholisining soni va tarkibi, qishloqning ishlab chiqarish boyicha ixtisoslashganligi (markaz, bo’lim, fermer xo’jaligi);
4. Aholining bandligi: qishloq xo’jaligida, noqishloq xo’jaligida, ovchilikda, baliqchilikda band aholi. Aholining ish joylari (korxona, muassasa va x.k.);
5. Aholiga madaniy-maishiy va transport xizmat ko’rsatish: bolalar bog’chalari, maktablar, kasb-xunar kollejlari, madaniy oqartuv va tomosha tashkilotlari; kasalxonalar, tibbiy xizmat punktlari, aptekalar, savdo xizmat punktlari. Maishiy xizmat uylari, bozorlar, oshxonalar, tamirlash ustaxonalari, pochta telegraf, telefon, radio va televideniye, obodonlashtirish, suv ta’minoti, gaz ta’minoti, elektr ta’minoti, yo’llar (temir yo’l, avtomobil va suv yo’llari), transport vositalari bilan ta’minlanganligi;
6. Qishloqning tuziliish, ko’chalar qiyofasi, ko’kalamlashtirish;
7. Qishloqni kelajakda rivojlantirish istiqboli.
Savol va topshiriqlar
1. O’lkadagi shaxarni geografik joylanishini tavsifini tuzing.
2. Shaxringizdagi sanoat korxonalari jadvalini tuzing.
3. Shaxar yoki qishlog’ingizdagi dam olish va istiroxat bog’lari royxatini tuzing.
4. Qishlog’ingizdagi fermer xo’jaliklari jadvalini tuzing.
5. Qishlog’ingizdagi ma’orif muassasalari jadvalini tuzing.
6. Shaxar yoki qishlog’ingizdagi transport tizimiga baxo bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |